10-mavzu. Korxonaning mujassamlashgan menejment tizimi. Reja


 ISO 14001: 2004 «EKOLOGIK MENEJMENT TIZIMI»


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1557143
1   2   3   4
Bog'liq
10-MAVZU. KORXONANING MUJASSAMLASHGAN MENEJMENT TIZIMI.

10.2. ISO 14001: 2004 «EKOLOGIK MENEJMENT TIZIMI»
 
«Tabiat bizga meros kilib koldirilgan emas, biz uni kelajak avloddan karzga 
olganmiz» 
Ekologik menejment tizimi (EMT) elementlari quyidagilar: 
Doimiy takomillashtirish 
Rahbariyat tomonidan tahlil o`tkazish 
To`g’rilovchi va ogohlantiruvchi xarakatlar 
Joriy qilish va faoliyat 
Rejalashtirish 
Ekologiya sohasidagi siyosat 
 
EMT joriy qilish afzalliklari quyidagilar kiradi: 

Resurslardan samarali foydalanish; 

Ma’lumot etkazish jarayonini yahshilash; 

Tabiatni muhafa qilish bo`yicha bugungi kundagi va kelgusida 
chiqariladigan qonunlarga amal qilishni kafolatlash

Ekologik risklarni salbiy oqibatlarini kamaytirish; 

Mahsulot sifatini yahshilash; 

Favqulotda holatlarda hodimlar tayyorgarligini oshirish; 

Mahalliy tub aholi bilan o`zaromunosabatlarni yahshilash; 

Sanksiya va moliyaviy to`lovlarni pasaytirish; 

Sug’urta to`lovlarini kamaytirish. 
 
Terminlar va atamalar 
Ekologik aspekt – korxona faoliyati elementi bo`lib, uning mahsuloti yoki 
xizmatlarini atrof muhit bilan o`zaro bog’liqligi Muhim ahamiyatli ekologik aspekt 
ekologiyaga muhim ta’sir etadi yoki ta’sir etishi mumkin. 
Ekologik ta’sir – atrof-muhitda bo`layotgan har qanday o`zgarishlar, xox salbiy 
xox ijobiy bo`lsin korxonaning ekologik aspektlari bilan bog’liq bo`ladi. 
Ekologik menedjment tizimi – korxonaning menejment tizimining bir qismi 
bo`lib, uning ekologik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek 
ekologik aspektlarni boshqarishga hizmat qiladi. 
Ekologik maqsad – korxona o`z oldiga bajarish uchun belgilab olgan umumiy 
ekologik maqsad bo`lib, ekologik siyosatga asoslangan bo`ladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling