Akademik o. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti


Download 5.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.09.2017
Hajmi5.91 Kb.
#14897
background image
Uzinfocom PDF plugin

1

AKADEMIK O.S.SODIQOV NOMIDAGI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

Tashkil etilgan yili: Bioorganik  kimyo instituti 1977 yili tashkil etilgan, 2012 yili uning tarkibiga 1967 yili

tashkil topgan Biokimyo instituti va 1975 yili tashkil topgan Fiziologiya va biofizika institutining ilmiy

potentsiali va tematikasi qo’shilgan.

 

Rekvizitlar:



manzil: O’zbekiston, Toshkent sh., 100125, MirzoUlug’bek ko’chasi, 83;

tel.: +(998-71)-262-35-40; +(998-71)262-70-62; +(998-71)262-70-63;

faks:  +(998-71)262-70-71;

e-mail: 

ibchem@uzsci.net

;

web: 

www.biochem.uz

 

Direktor: kimyo fanlari doktori, professor To’raev Abbosxon Sobirxonovich.

Xodimlar tarkibi: akademiklar – 4; fan doktorlari – 27; fan nomzodlari – 84; katta-ilmiy xodim-

tadqiqotchilar – 13; ilmiy xodimlar  -  205; jami xodimlar - 322.

 

Tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari:

- tabiiy biologik faol birikmalarning tuzilishi va funktsiyasini o’rganish;

- norma va turli patologiyalarda tirik organizmlar faoliyatining biokimyoviy, biofizikaviy va molekulyar-

genetik mexanizmlarini o’rganish;

- biologik faol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini hujayra va molekulyar darajalarda o’rganish va ular

ta’sir qiladigan samarali nishonlarni aniqlash;

- dori preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlarining bioxavfsizligini diagnostika qilish va uni baholash uchun

test-sistemalar, o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqish va biotexnologiya metodlari

yordamida ko’rsatkichlari yaxshilangan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratish;

- mahalliy o’simlik va hayvon xomashyolari asosida original dori vositalarni yaratish;

- o’simliklar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ekologik xavfsiz himoya vositalarini yaratish;

- o’simlik va hayvon xomashyosidan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlashning ilmiy hajmdor



texnologiyalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish.

Download 5.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling