Сув сарфини мослаштирувчи ва сакловчи иншоотлар


Download 0.84 Mb.
bet6/7
Sana16.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1272850
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aziza Akbaraliyeva

2. Ionalmashinuv usuli. Ionalmashinuv usuli suvda erimaydigan moddalarning suvda eruvchi materiallar kationlari bilan almashish reaksiyasiga kirish qobiliyatiga asoslangan. Mazkur usulda sho‘r suv dastlab vodorod kationit filtrlardan o‘tkaziladi. Almashinish reaksiyasi natijasida suvda eruvchi tuzlar kationlari vodorodga almashib kislota hosil bo‘ladi. Masalan,
2N(kat)+CaCl2=Ca(kat)2+2HCl
Bir bosqichli suvni chuchuklashtirish sxemasi suvda mavjud bo‘lgan barcha tuzlarning umumiy miqdorini 2-10 mg/l gacha imkonini beradi.
Ikki bosqichli suvni chuchuklashtirish sxemasi suvdagi tuz miqdorini 1-3
mg/l gacha, kremniy kislotasi miqdorini esa 0,15 mg/l gacha kamaytirish imkonini beradi.
Uch bosqichli suvni chuchuklashtirish sxemasi yordamida suvdagi tuz miqdorini 0,05-0,1 mg/l gacha va kremniy kislotasi miqdorini 0,02-0,05 mg/l gacha kamaytirish mumkin bo‘ladi.
Giperfiltratsiya – teskari osmos usuli – sho‘r suvni yarim o‘tkazgich membranalar filtridan o‘tkazish prinsipiga asoslangan. Membranalar esa yuqori molekulyar moddalarni past molekulyar moddalardan eritma holatida ma’lum bosim ostida ajratishga xizmat qiladi.
Bu usulda filtrlash uchun tarkibidagi moddalari turli disperslik darajasiga ega bo‘lgan, ikki fazadan iborat suyuqlik tizimi yuboriladi. Odatda teskari osmos usulida bir fazali eritmalar ajratib olinadi. Bu xol filtrlovchi materiallar turi va jarayon amalga oshayotgan bosimining miqdoriga binoan bog‘liq bo‘ladi. Bu usul boshqa usullardan o‘zining soddaligi va iqtisodiy afzalligi bilan farq qiladi. Suvli eritmalarni qismlarga ajratuvchi yarim o‘tkazgichlar har qanday uskunaning asosiy qismi hisoblanadi va nafaqat jarayonning texnologik ko‘rsatkichlarini balki moslamaning texnik va ekspluatatsion xususiyatlarini xam belgilab beradi. Ular eritmada mavjud bo‘lgan molekula va ionlarga to‘siq bo‘la oladigan darajada mustahkam bo‘lishi lozim. YArim o‘tkazgich membranalar turli xildagi polimer materiallardan, g‘ovak oyna va metal falgadan tayyorlanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling