Suv, suvning xossalari, suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari
Download 34.08 Kb.
|
suv-suvning-xossalari-suvning-qattiqligi-va-uni-yo-qotish-usullari
Suvni tayyorlash.
Iste’mol uchun va texnologik jarayonlarni amalga oshrish uchun suv hayot man’bai, ham erituvchi, ham xomashyo, ham energiya tashuvchi vosita vazifasini bajaradi. Shu ehtiyojni hisobga oladigan bo’lsa, suvni tayyorlash juda ko’p mehnat va mablag’ talab qilinadigan vazifadir. Suvni iste’mol uchun tayyorlash quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Тabiiy suvni mexaniq qo’shimchalardan tozalash - tindirish. Bunda oqib keladigan suv katta sig’imli inshootlarga yig’iladi va ma’lum muddat saqlab tindiriladi. 2. Тindirish bosqichidan keyin suvda "muallaq holda qoladigan mikrogeterogen zarrachalardan tozalash uchun suv koagulyatsiyalanadi. Bu jarayonda suvga Ғe2(SO4)3; A12(SO4)3 va CuSO4 kabi elektrolitlardan tegishli miqdorda qo’shiladi. Bu moddalar koagulyantlar deyiladi, chunki suvdagi muallaq zarrachalar musbat va manfiy zaryadli bo’lgani sababli. Bu kuchli elektrolitlar Ғe3*, SO42-, A13*, CU2* ionlarini hosil qilib, zarrachalarni o’zlari bilan yirik zarrachalar hosil qilib cho’kmaga tushiradi. 3. Suvni filtrlash. Bazi hollarda yuqoridagi ikkala bosqichda ham mexaniq qo’shimchalardan suvni tozalash imkoniyati bo’lmasa, "mato"li, qog’ozli yoki boshqa turdagi filtrlar orqali suv o’tkazilib, tozalanadi. , 4. Suvni dezinfeksiyalash. suvni unda mavjud bo’lgan mikrob, zaharli ximiyaviy moddalardan tozalash uchun suv xlor gazi, xlorli ohak solishgan turubkalar, ozon, kislorod gazi bilak qayta ishlanadi. Bu moddalar kuchli oksidlovchilik xossalariga ega bo’lgani uchun mikrob va zaharli ximiyaviy moddalarni zararsizlantiradi. 5. Suvni dearatsiyalash. Suvda erigan gazlar SO2, SO2, O2, Cl2 kabi gazlardan tozalash uchun suv gazsizlantiriladi. Bunda suv maxsus qurilmalar orqali o’tkazilib. gazlar chiqarib yuboriladi. 6. Suvning pH-ni aniqlash. Suvda H* va OH lari miqdori: (pH yoki, pOH) maxsus asboblar pH-metr, ionometrlar yordashda doimiy o’lchanib, nazorat qilib boriladi. 7. Suvning qattiqligini aniqlash va uni yumshatish. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdaki, iste’mol uchun suvni yaroqli holga keltirish katta mehnat va mablag’ talab qiladigan tadbirdir. Shu sababli har qanday ishlab chiqarish jarayonida, turmushda suvdan tejab foydalanish zarur. Download 34.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling