Suv ta’minoti tizimida gidravlik va maxalliy qarshiliklar


Download 57.5 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1594711
  1   2
Bog'liq
SUV TA’MINOTI TIZIMIDA GIDRAVLIK VA MAXALLIY QARSHILIKLAR


Madaliyev M.E. Musajonov M.A. Suv ta’minoti tizimida gidravlik va maxalliy qarshiliklar

Мадалиев М.E. Мусажонов М.A. Гидравлические и местные сопротивления в системе водоснабжения


Madaliyev M.E. Musajonov M.A. Hydraulic and local resistance in the water supply system




SUV TA’MINOTI TIZIMIDA GIDRAVLIK VA MAXALLIY QARSHILIKLAR
M.E. Madaliyev
Farg’ona Politexnika Instituti, O’zbekiston. Madaliev.me2019@mail.ru
M.A. Musajonov
Farg’ona Politexnika Instituti, O’zbekiston. muhammadrasulmusajonov@gmail.com


Аннотация. С поверхности данной темы даны общие указания на токи, образующиеся из-за гидравлических и местных сопротивлений, возникающих в системе водоснабжения, их влияние на трубы, движения потоков жидкости, их расположение на осях формул и координат.
Ключевые слова: Гидравлика, гидростатика и гидродинамика, скорость, теоретические уравнения, плотины, Астрономия, изобретение, местные сопротивления, удельный вес, вязкость.
Abstract. On this topic, general instructions are given about the flows generated by hydraulic and local resistances that occur in the water supply system, their effect on pipes, the arrangement of fluid flows on the axes of the axes of the axes, formulas and coordinates.
Keywords: Hydraulics, Hydrostatics and hydrodynamics, speed, theoretical equations, dams, astranum, invention, maxillary resistances, comparative weight, roughness.
Annotatsiya. Ushbu mavzu yuzasidan suv ta’minoti tizimida yuzaga keladigan gidravlik va mahalliy qarshiliklar tufayli hosil bo’ladigan oqimlar, ularni quvurlarga ta’siri, suyuqlik oqimlarini haraktilari, formulalar va koordinatalar o’qlarida joylashishi haqida umumiy ko’rsatmalar berilgan.
Kalit so’zlar: Gidravlika, gidrostatika va gidrodinamika, tezlik, nazariy tenglamalar, to’g’onlar, astranom, ixtiro, maxaliy qarshiliklar, solishtirma og’irlik, qovushqoqlik.

Gidravlika suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va bu kuchlarning harakat davomida o’zgarib borish qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyixalashga tadbiq etish bilan shug’ullanadi. Gidravlika so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib (gydor) – suv (aulos) quvurdagi harakat degan ma`noni bildiradi. Gidravlika fani ikki qismdan iborat:


“Gidrostatika va gidrodinamika” Gidrostatika qismida suyuqliklarning tinch holatdagi qonunlari o’rganiladi. Buni o’rganishdan maqsad – suyuqliklarning chuqurligi bo’yicha ixtiyoriy nuqtalarda gidrostatik bosimni o’zgarishini aniqlash. Gidrostatik bosimning holatdagi suyuqliklarning turli nuqtalarida har xil bo’ladi. Gidrostatik bosim vaqtga bog’liq emas, u faqat koordinatalarga bog’liq.
P= f (х, y,z) (2.1)
Gidrodinamikada suyuqliklar harakat paytidagi gidrodinamik elementlarning o’zgarish qonunlari o’rganiladi, bunda suyuqlikning har xil nuqtalaridan tezlik va P bosimlarning, vaqt o’tishi bilan miqdorlari har xil bo’ladi. Bundan tashqari U va P lar biron berilgan nuqtada t vaqt ichida o’zgarishi
quyidagicha yoziladi.
U x =t1 (x, y, z, t,)
U y =t2 (x, y, z, t,)
U z =t3 (x, y, z, t,)
P =t4 (x, y, z, t,) (2.2)
Gidrodinamika qismi ikki bo’limdan iborat. Uning birinchi bo’limida gidrodinamikaning asosiy nazariy tenglamalari yoritilgan.
I.Uzliksizlik tenglamasi (suv sarfining balans tenglamasi)
II. D.Bernulli tenglamasi (solishtirma energiyaning balans tenglamasi)
III. Harakat miqdorining gidravlik tenglamasi.
IV. Suyuqlik oqimining barqaror tekis ilgarilanma harakatining asosiy tenglamasi.
V. O’zanlarda suyuqlik harakati paytida ishqalanish natijasida yo’qotilgan nopor (energiya) tenglamasi.
Gidrodinamika qismining ikkinchi bo’limida esa uning birinchi bo’limidagi asosiy nazariy tenglamalarni har xil gidrotexnik inshootlarni gidravlik hisoblashda amaliy qo’llash usullari beriladi. Bu fan sifatida meloddan oldingi 4000 ming ilgari Xitoy va Suriyadan Keyinrs. Yunoniston, Rimda suvdan foydalanish daryolarida to’g’onlar, charxpalakli tegirmonlar qurishni bilganlar. Gidravlika oid dastlabki qo’lyozma miloddan avval (287 – 212 y) yashagan Yunon fizigi Arximed tomonidan yozilgan «Jismning suzish qonunlari» asari. XV asrga kelib italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452 - 1519) gidravlikaga tegishli masalalardan yangi kashfiyotlar ixtiro etgan. Bular «Daryo va o’zanlarda suv harakatini o’rganish hamda «Suyuqlikning teshikdan oqib chiqishi deb nomlangan»
1612 yilda italiyalik fizik, mexanik hamda astranom Galeleo Goliley «Suvdagi jismning harakati» asari va uning shogirdi Torechellening suyuqliklarning teshikdan oqib chiqishi qonuni ishlab chiqdi. 1650 yilda fransuz matematigi Paskal’ «Yopiq idishdagi suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliklarning barcha nuqtalariga bir xil o’zgarmas miqdorda tarqaldi» deb aniqlagan, 1687 yilda angliyalik olim I.N’yuton suyuqlik harakatida ichki ishqalanish qonuni kashf etdi. Gidravlika fanini rivojlanishiga asos solgan olimlardan Rus olimi M.Lamanosov va Doniel Bernullilar o’zining «Gidrodinamika» kitobi bilan butun dunyoga mashhur bo’lishdi. Keyinchalik shveytsariyalik olim Leonardo Eyler «Suyukliklarning tinch holati va harakat paytidagi holatlari o’rganib, suyuqlik harakatini differentsial tenglamalarni ishlab chiqqan. Fransuz matematigi Dalanbar suyuqlikning tinch va harakatdagi holatlarini o’rgangan. XVIII asrda kelib asosan Fransiyaga gidravlika va matematika fanlari bilan bir qatorda texnika soxasi ham rivoj topdi, suyuqliklarning texnik mexanikasi maktabi tashkil toptirildi. Bu maktabda X.Pita, A.Shezi, SH.Borda kabi yirik olimlar maxaliy qarshiliklar ustida ishlab, shu soxadagi masalalarni yechimini berishdi. Gidravlika fanining rivojiga sobiq respublikalar ittifoqidagi olimlardan N.Petrov, N.Jukovskiy, R.Chugaev, Bogolomov va boshqalarni aytish mumkin. Juda kichik kuchlar ta`sirida o’z shaklini o’zgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deyiladi .Gidravlikada suyuqliklar ikki gruppaga bo’linadi tomchilanuvchi va gazsimon suyuqliklar. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha
xususiyatgalarga ega:
1) hajmi bosim ta`sirida juda kam o’zgaradi;
2) temperatura o’zgarishi bilan hajmi o’zgaradi;
3) cho’zuvchi kuchlarga deyarlik qarshilik ko’rsatmaydi;
4) sirtida molekulalararo qovushqoqlik kuchi yzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi.
Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklarga nisbatan tez harakatlanuvchi zarrachalardan iborat bo’lib, ularning hajmi bosim va temperatura ta`sirida tezroq o’zgaradi. Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat hamda harakat vaqtida doimo qattiq jismlar: suyuqlik solingan idish tubi va devorlariga turba hamda kanallarning devorlari va boshqalar bilan chegaralangan bo’ladi. Suyuqliklarni fizik xossalari hajmi birligidagi modda og’irligi suyuqliklarning solishtirma og’irligi deyiladi formulasi
γ= G/V (2.3)
SI sistemasida N/M3 Solishtirma og’irlik hajmi avvaldan ma`lum bo’lgan suyuqliklarning og’irligini o’lchash usuli bilan yoki aro metr yordamida aniqlanadi. Solishtirma hajm og’irlik birligiga to’gri kelgan hajmiga aytiladi.
γ= G/V= N/M3 (2.4)

Suyuqliklarni qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa bu qarshilikni engish uchun sarflanadigan kuch ham shuncha katta bo’ladi. Qovushqoqlik darajasi qovushqoqlik koeffitsienti deb ataladi. Qovushqoqlik aniqlanishiga qarab ikki xil bo’ladi dinamik va kinematik qovushqoqlik koeffitsienti deyiladi. Buni I.N’yuton gipotezesi aniqlab bergan.


F= ± μ *s dy/du (2.5)
Proportionallik koeffitsienti μ dinamik qovushqoqlik koeffitsienti deb qabul qilingan.
r=F/S=± μ*d4/dy (2.6)
Gidravlika nazariy tatqiqotlarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqliklardan foydalaniladi. Bosim va harorat ta`sirida o’z hajmini mutloq o’zgartirmaydigan yoki mutloqo siqilmaydigan «o’zgarmas zichlikka ega bo’lgan va ichki ishqalanish kuchi bo’lmagan qovushqoqligi bo’lmagan suyuqliklarga ideal suyuqliklar deb aytiladi. Tabiatda aslida ideal suyuqlik bo’lmaydi, ya`ni tabiatdagi barcha suyuqliklar real suyuqlikdir. Tinch turgan suyuqliklarda urinma kuchlanishlari bo’lmaydi. Harakatdagi suyuqliklarda esa urinma kuchlanish bo’ladi, bunday suyuqliklarning ichida ixtiyoriy ikki qatlam bir biriga nisbatan harakatda bo’ladi va ikki qatlam zarralari orasidagi ishqalanish kuchi paydo bo’ladi, natijada ichki ishqalanish kuchlari muvozanatlashdi.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling