Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari


Download 0.74 Mb.
bet2/2
Sana11.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1189517
1   2
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Suv xoʻjaligi - xalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Suv xoʻjaligi vazifasiga yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil boʻlishining oldini olish; yerlarni, binolar, inshoot va boshqa obʼyektlarni suv toshqini va suv bosishdan muhofaza qilish; sanoat, qishloq xoʻjaligi., aholini suv bilan taʼminlash (qarang Suv taʼminoti), suv energiyasidan foydalanish; balikchilik va baliq ovlash, kema qatnashi va yogʻoch oqizish ishlari uchun zarur boʻlgan inshoot va moslamalarni qurish; suv resurelarining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish va boshqa ishlar kiradi. Suv resurelariaan foydalanish tartibiga koʻra, xalq xoʻjaligi tarmoqlari suv isteʼmolchi va suvdan foydalanuvchi tarmokGʻiapra boʻlinadi. Suv isteʼmol chilar (sanoat, qishloq xoʻjaligi., kommunal xoʻjaligi) suvni manbadan olib, aksariyat tamomila isteʼmol qiladi yoki bir qismini oʻzlashtiradi va bugʻlantirib yuboradi, qolgan qismini esa sifatini oʻzgartirgan (oqova) holda qaytaradi. Natijada manba suvining sifati, miqdori va rejimi oʻzgaradi. Suvdan foydalanuvchilar (gidroenergetika, suv transporta, baliqchilik va boshqalar) suvning oʻzidan emas, uning energiyasidan va suvli muhitdan foydalanadilar, natijada manbadagi suv sifati, miqdori va rejimi oʻzgarmaydi.
Oʻrta Osiyoda qishloq xoʻjaligi juda koʻp suv isteʼmol qiladi. Uning hissasiga sugʻorma dehqonchilikda toʻliq sarflanadigan umumiy suv miqdorining 80—90% ga yaqini yoki yiliga 64 mlrd. m³ toʻgʻri keladi. Uning asosiy qismi sugorma dehqonchilikda sarflanadi. Arid zonalardagi suv resurslarining eng muhim xususiyati — ularning hududlar boʻyicha notekis taqsimlanganligi, shuningdek, dare oqimining vaqt (yillar va mavsumlar boʻyicha oqim oʻzgarishi) oraligʻida noqulay taqsimlanishidir. Ayrim hududlarda suv resurslari va unga boʻlgan ehtiyoj oʻrtasidagi nomuvofiklikni yoʻqotish uchun gidrotexnika inshootlari: daryo va kanallar oqimini koʻp yillik, yillik, mavsumiy va oy, hafta va sutka davomida tartiblovchi suv omborlar (qarang Suv ombori), daryo oqimini hudud boʻylab taqsimlovchi kanallar; daryo va suv omborlari va shu kabidan suv oluvchi nasos stansiyalari (qarang Nasos stansiyasi) quriladi. Gidrotexnika inshootlari kompleksining majmui suv xoʻjaligi sistemasini tashkil etadi. Sugʻorish va xalq xoʻjaligining boshqa maqsadlari uchun suvga boʻlgan ehtiyoj kuchaygan hozirgi davrda bir qancha tarmoklarga xizmat qiladigan koʻp maqsadli yirik suv omborlari qurilmoqsa (mas, Chorvoq, Norak, Toʻxtagʻul va boshqa suv omborlari irrigatsiya va gidroenergetikaga xizmat qiladi), suvni havzalararo taqsimlash va uni uzok, masofalarga olib borish ishlari amalga oshirilmoqda (mas, Amudaryo suvi Amu
Buxoro mashina kapali orqali Zarafshon daryosi havzasiga oqizilmoqda).
Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi tarixi juda qadimiy. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida mil. av. 8—7-asrlardan boshlab sugʻorma dehqonchilik qilinganligining arxeologik dalillari mavjud. Samarqand vohasi, Fargʻona vodiysida qadimiy sugʻorish inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, korizlar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yirik sugʻorish kanallaridan Boʻzsuv, Zang kabilar qadimiy tarixga ega. 10-asrda Pasttogʻ darasi (Jizzax viloyati Forish tumani)da qurilgan Xon bandi (suv sigʻimi 1,5 mln.m³), 16-asrda Samarqand viloyatida qurilgan Abdullaxon bandi oʻsha davrning noyob inshootlaridan biri boʻlgan.
Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi sistemasi 20-asrning 20y.laridan boshlab eski sugʻorish tarmoklarini tiklash, yangilarini qurish, sugʻoriladigan yangi yerlarni oʻzlashtirish (Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qumqoʻrgʻon dashtlari, Jizzax choʻli, Qizilqum chekkasi) va uning suv taʼminoti, xoʻjaliklararo sugʻorish va kollektordrenaj tarmoklarini qurish va boshqa bilan bogʻliq holda shakllanadi (qarang Kanal, Melioratsiya). Qishloq xoʻjaligi sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻzbekistonda suvni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va kerakli miqsorda yetkazib berish maqsadida koʻplab kanal, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari, kollektordrenaj tarmoqlari qurildi. Respublika Suv xoʻjaligida 4,3 mln.ga sugʻoriladigan yerlar va 19,5 mln.ga suv chiqarilgan yaylovlarni suv bilan taʼminlash uchun umumiy suv sarfi 2500 m³/sek boʻlgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd. m³ boʻlgan 53 suv ombori va 25 sel ombori, 32,4 ming km xoʻjaliklararo va 176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 5000 ga yaqin nasos agregatlari oʻrnatilgan 1479 doimiy nasos st-yalari va boshqa inshootlar qurilgan. Suv xoʻjaligi oʻz qurilish industriyasi va mexanizatsiyalashgan suv qurilish tashkilotlariga ega. Suv xoʻjaligi tizimida i.t. intlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (Oʻrta Osiyo irrigatsiya i.t. instituti, "Suvloyiha" birlashmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, kollejlar), loyihaizlanuv muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Suv xoʻjaligiga umumiy rahbarlikni Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi olib boradi. Vazirlikning viloyatlar boshqarmalari hamda irrigatsiya tizimlari gidrouzellar, kanallar, nasos st-yalari ishlarini boshqaradi. Gidrometriya xizmati joylarda suv taqsimotini hisobga oladi va nazorat qiladi.
Suv boyliklari qishloq xo‘jaligi, aholi hamda sanoatni suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi olish, baliq ovlash va dam olish maqsadlarida foydalaniladigan yerusti va yerosti suvlaridan iborat.
Suv boyliklari orasida daryolarning ahamiyati ayniqsa katta. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda daryo suvlari bilan 4,2 mln ga yer sug‘orilmoqda.
O‘zbekiston daryolari sanoat va maishiy xo‘jalikning suvga bo‘lgan talabini qondirishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki biror sanoat tarmog‘i yo‘qki, unda suv ishlatilmasin.
O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 57,781 km.kub suvdan foydalanilmoqda. Shundan yerosti suvlari 0,5 km.kub ni tashkil etadi. Mavjud ishlatilayotgan suvlarning 90,1 foizi sug‘orishga, qolganlari sanoat, maishiy-kommunal va boshqa sohalarga ishlatilmoqda.
Respublikamiz hududidagi daryolarning potensial energiya resurslari 8,8 mln kVt bo‘lib, O‘rta Osiyo daryolari energiya resurslarining 13 foiziga teng. O‘zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O‘rta Osiyoda Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Respublikamizda gidroenergiya resurslaridan foydalanish maqsadida Chirchiq daryosida — Chorvoq, Xo‘jakent, G‘azalkent, Sirdaryoda — Uchqo‘rg‘on, Farhod, Qoradaryoda — Andijon GESlari qurilgan. O‘zbekiston daryolaridan baliq ovlashda ham foydalaniladi.
So‘nggi yillarda sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining yaxshilanishi sababli zovur suvlarining ko‘payishi, sanoatdan, maishiy xo‘jalikdan, transport korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos (tarkibida har xil zaharli kimyoviy moddalar, bakteriyalar, neft mahsulotlari bo‘lgan) suvning bir qismi daryolarga tashlanmoqda. Natijada, daryo suvlari ifloslanib, undagi organik hayotga salbiy ta’sir etmoqda. Shu sababli O‘zbekiston suv boyliklarini toza saqlash, ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash lozim. Sug‘oriladigan zonadan chiqadigan va tarkibida zaharli kimyoviy moddalar, ya’ni har xil tuzlar bo‘lgan zovur suvlarini daryolarga oqizishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Daryo yoqalarida sanitar zonalar tashkil etish lozim.
O‘zbekistonda ishlatilayotgan suvlardan qishloq xo‘jaligida noratsional foydalanish, sanoat va maishiy-kommunal xo‘jalikdan chiqayotgan ifloslangan suvlarni to‘la tozalamasdan tabiiy havzalarga oqizish oqibatida suv boyliklari ifloslanmoqda. Ifloslangan suvlarning 78 foizi sug‘oriladigan yerlarga, 18 foizi sanoat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Nazorat savollari:

  1. Nasos va nasos stansiyalari deganda nimani tushunasiz?

  2. Suv xo’jaligining tuzilishini aytib bering?

  3. O’zbekiston suv resurslari qanday shakllanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling