Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Download 89.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.01.2023
Hajmi89.92 Kb.
#1138760
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SARMATLAR VA ULARNING BIRLAShMASI (DAVLATI) - O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand..



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti
Название
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti
страница 9/16
Дата
01.09.2013
Размер
479.52 Kb.
Тип
Документы
скачать
1
...
5
 
6
7
8
9
10
 
11
12
 
...
   
16
1. 
/У.
Санакулов
2.doc
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
samarqand davlat chet tillar instituti
SARMATLAR VA ULARNING
BIRLAShMASI (DAVLATI)
Sarmatlar ham Markaziy Osiyoda yashab o’tgan qadimgi
qabilalardan biri bo’lgan. Gerodotning ma’lumotlariga ko’ra,
ular qadim davrlarda Don daryosi bilan Azov dengizi oralig’ida
yashab kelishgan va skif qabilalari bilan urug’dosh bo’lganlar.
Sarmatlarning qadimdan shakllangan o’z tillari bo’lishi bilan
birlikda, urf-odatlari skiflarnikidan birmuncha farqlangan lekin
skif tilida gaplashganlar. Sarmatlarning qalin o’rmon bilan
o’ralgan shimol tomonidagi o’lkasida asosiy qismi
ko’chmanchilik bilan hayot kechiradigan malla sochli, ko’k ko’zli
budunlar va gelonlar yashagan. Ularning qadimiy Gelion-
Saratov deb atalgan shahri bo’lgan (ehtimol Saratov sarmat
nomidan olingandir-U.S). Budunlardan keyin keng Sharqiy Sibir
dashtlari bo’ylab, ovchilik bilan shug’ullanuvchi tissagetlar va
zirklar yashagan. Ularning asl manzili O’rol va Komega yerlari
hisoblangan. O’rol tog’lari orasida yuzlari yapaloq, sersoqqol
argoppiylar yashagan. Bu qabilalarning ham skiflar-sarmatlar
bilan aloqasi bo’lgan.Sarmatlar o’lkasidan to’rtta daryo oqib


o’tgan. Bular Tanans (Don), Oar(Volga), Lik(O’rol), Sergis nomlari
bilan atalgan.
1
Hasan Ato Abushiyning “Turkiy qavmlar tarixi” nomli asarida
yozilishicha, sarmatlar (asarda sormat shaklida nomlangan)
turkiy qavmlardan bo’lib, Don daryosining sharqida, hozirgi
Astraxon sahrolarida yashaganlar, asli ular tabiiyki , Turkiston
sahrolaridan chiqib Kafkazning shimolida, Don va Volga
oralig’ida tirikchilik qilishgan. Sisiyalik yunon tarixchisi
Diodorning(miloddan avvalgi 90-21 yy.) “Tarixiy kutubxona”
asarida yozilishicha, sarmat(sormat)lar skiflar bilan birga
Midiyadan (hozirgi Ozarboyjon va Iroq, Ajam yerlaridan) Don
sohillariga kelganlar. Massagetlar yeridagi sarmatlar siquv
ostida Don va Dunay sohillariga ko’chganlar. Skiflar zaiflashgan
davrda sarmatlar ular bilan birlashib, hukmronlikni qo’lga
kiritishgan. Natijada ular Midiya yerlaridan, Don va Volga
sohillarigacha, Azovdan Dunayga qadar yerlarda o’z ta’sirini
o’tkazib, hukmronlikni o’rnatishga muvaffaq bo’lishgan. Boltiq
dengizi sohillarida o’z ta’sirini kuchaytirib, hatto bu dengizni
“Sarmat(sormat)”nomi bilan atashgan
2
. Ba’zi tarixiy manbalarda
ularni turkiy skiflar nomi bilan ham atashgan. Sarmatlarning
jasoratligi, jangovorligi rimliklarning e’tiborini o’ziga jalb etgan.
Hatto, ulardan harbiy yurishlarida foydalanishgan (yollashgan)
3
.
Zamondosh olimlarimiz asarlarida tarixiy manbalardagi
ma’lumotlarga tayangan holda sarmatlar ham skif, sak, massaget
va xunn avlodlari qatorida sanab o’tilganligini guvohi bo’lamiz.
Ular miloddan avvalgi III–II asrlarda Qozog’iston hududlarida
ham yashagan va ancha yuqori mavqyega ega bo’lgan qabilalar
sifatida ta’kidlangan
1
. Jumladan, Xontepa, Dorintepa, Qizilqir
kabi manzilgohlardan qo’lga kiritilgan arxeologik topilmalar
guvohligi asosida miloddan avvalgi II asrlarda sak-sarmatlar
avlodlari O’rta Osiyoning o’troq qabilalariga kelib qo’shilishgan
degan xulosaga kelingan. Ular janubiy-g’arbiy tomondan hozirgi
Krasnovodsk yarim oroligacha va janubdan Qizilqum va
Markaziy Sug’d orqali qadimgi Buxoro vohasi hamda Shimoliy
Baqtriyagacha tarqalishgan
2


Ushbu o’rinda qayd etish lozimki, yuqorida aytilgan fikrlar
asosida “sarmatlar” va “sartlar”ning etnogenetik jihatdan bir-
biriga aloqasi bormikin degan mulhazani davom ettirish
mumkin. Zero, bular nomining lug’aviy ma’nosi ham
umumiylikka ega (bu nomlar manbalarda sormot va sort
shakllarda ham qo’llangan
3
). “Sarmat”ning lug’aviy ma’nosi
forscha-“sar omad”- bosh keldi
4
, ya’ni boshlovchi keldi;
“sart”ning lug’aviy ma’nosi esa hind va forscha-“sartavan” yoki
"sorbon(sarbon)” so’zlaridan aniqrog’i “sar”-bosh yoki “sor”-
tuya; sorbon/sarbon-tuya karvon boshi, tuya yetaklovchi
(umuman tuya karvonning boshida bo’lib, uni yetaklovchi
ma’nolarini ifodalagan)
5
. Shuningdek, manbalarda har ikkala
ko’rinishdagi nom bilan atalgan aholi dastlab sharqda
ko’chmanchi qabilalar qatori dasht va sahrolarda ham
yashaganligi qayd etiladi
6
. Demak, ularning dastlabki turmush
tarzi ham o’xshash bo’lgan. Ular til jihatdan ham ikki tilli turkiy-
o’zbek va forsiyzabon tojik avlodlari bo’lganlar. 
Xususan, Sh.Karimov, R.Shamsutdinovlarning “Yaqin
o’tmishlarga qadar dasht va sahrolarda yashovchi xalqning
maishiy turmushiga ko’ra ularga nisbatan “sahrat”(sahroyi-U.S.),
“sartlar” kabi nomlar qo’llangan”
7
, degan fikri diqqatga
molikdir. Bu fikr sarmatlarning turmush tarziga ham mos keladi.
Chunki sarmatlar asosan ko’chmanchi qabilalardan bo’lib, dasht
va sahrolarda hayot kechirgan, keyinchalik ularning bir qismi
o’troqlashgan ham. Chunonchi, etnograf I.Jabborov sarmatlarni
II asr o’rtalarida O’rta Osiyoga o’troq aholi orasiga ko’chib kelib
chatishib ketgan etnik qatlam sifatida tariflaydi. A.Asqarovning
“O’zbek xalkining etnogenezi va etnik tarixi” nomli kitobida
yozishicha “so’nggi o’rta asrlarda Xorazm aholisining asosini
sartlar tashkil etgan. Shu kabi kelib chiqishi turkiy bo’lib,
allaqachonlar o’troqlashgan muqim, turg’un turklar hamda
Movarounnahrning “sart” nomi ostida yuritilgan turkiy tilli
o’troq jamoasi Temuriylar davrida hozirgi O’zbekiston hududlari
aholisi etnik tarkibining asosini tashkil etgan”
1
. Ushbu fikrlar bu
ikki nomning etnik qatlami (ildizi) bir bo’lganligini taxmin qilish
mumkin. 


Sarmatlar nomi bilan atalgan qavmlar haqida tarixiy
manbalarda aniq va yetarli ma’lumotlar bor. Ammo sartlar nomi
bilan atalgan qavmlar haqida aniq bir ma’lumot yetarli emas,
bor ma’lumotlar ham xar xillikka ega. Masalan, akademik
A.Asqarovning bu masaladagi aytgan fikrlarida ham birlik yo’q.
Chunonchi, uning yuqorida qayd etilgan fikrida “sart” nomi
ostida yuritilgan turkiy tilli o’troq jamoa” desa, boshqa bir
o’rinda“u (sart-U.S.) kelib chiqishi jihatidan turkiylashgan
sug’diylar bo’lib, tojik va o’zbeklarga tegishli savdo-sotiq va

Download 89.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling