Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


turklar-shahar va qishloqlarda turg’un holda yashovchi


Download 89.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.01.2023
Hajmi89.92 Kb.
#1138760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SARMATLAR VA ULARNING BIRLAShMASI (DAVLATI) - O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand..

turklar-shahar va qishloqlarda turg’un holda yashovchi
aholi hisoblangan. Shu kabi olim “sart”atamasidagi turkiy tilli
etnik qatlamning kelib chiqish ildizlarini tahlil etadi.
Jumladan, olimning fikricha “sart”ning ildizlari ilk o’rta
asrlarga borib taqaladi, ya’ni arablar bosqini davrida O’rta
Osiyoga istilochi arab qo’shni bilan yana ikki toifa arablar kirib
kelishgan.Ularning birinchisi payg’ambar avlodlari-saidlar
bo’lsa (bular, asosan, aholi orasida islom dinini targ’ib-tashviq
qilish bilan shug’ullanishgan), ikkinchisi-tazik nomi bilan kirib
kelgan arab savdogarlari toifasi bo’lgan. O’sha kezlarda va
ungacha ham tubjoy sug’d aholisi savdo-sotiqda jahonga ma’lum


edilar”, degan fikrni aytib, Mahmud Koshgariyning “Devonu
lug’otit turk” asaridagi “savdogar” tushunchasiga bog’langan,
ya’ni “sart atamasi dastlab arab va sug’d savdogarlariga
nisbatan ishlatilsa, X-XI asrlardan boshlab, umuman, savdo bilan
shug’ullanuvchi aholi qatlamiga nisbatan ishlatilgan. Umuman,
olim “o’sha kezlarda, ya’ni o’rta asrlarda savdo bilan
shug’ullanuvchi toifanining etnik kelib chiqishidan qat’i nazar,
“taziklar” deb atalgan”, degan mulohazani aytadi. 
Shu kabi u “sart” atamasi XIII asr yozma manbalarida ham
“sartak, sartaul, sartaktoy” so’zlari tarkibida uchrashini qayd
etadi: “Masalan, Rashididdinning (XIII asr) yozishicha,
mo’g’ullarga tobe bo’lgan qarluqlar hukmdori Arslonxonni
(musulmon) Ching’izxon “sartaktoy”... musulmon davlatlaridan
birining vaziri Abu Bakri Xubilayxon (XIII asr) “sartavail odami”
deb atalgan. Shuningdek, olimning yozishicha, O’rta Osiyo
Mo’g’uliston tomoniga kelgan musulmonlarning tili, etnik kelib
chiqishidan qa’iy nazar “sartak”, “sartaktay”, “sartaul” deb
qaralgan. Umuman, bu so’zlarning asosini “sart” atamasi tashkil
etib, musulmon yozma manbalarida dastlab bu so’z ostida fors
tilida so’zlovchi taziklar (tojiklar)tushunilgan. Chunonchi, u
Navoiy “sart” atamasini fors-tojiklarga nisbatan qo’llagan bo’lsa,
Bobur sart bilan tojikni til jihatdan ajratgan, shuningdek,
Indiana universitetning professori Yu.Bregel fikrini, ya’ni
Abulg’ozi Bahodirxon tomonidan “Shajarai turk” asarida XVII
asrlar oxirlarida Xorazm sartlarini alohida etnik gruh sifatida
o’zbek va turkmanlar qatorida eslab o’tilganligini ta’kidlaydi.
Ushbu aytilganlardan kelib chiqib, olim “sart” atamasi
masalasida hozirgi fanda ikki xil qarash mavjudligini ta’kidlaydi.
Birinchi qarash tarafdorlari “sart” bu etnos, forsiyzabon
tojiklardir”, deyishgan (ilk bor G.Vamberi, V.Radlov,
N.Ostroumovlar shunday fikrlar bilan chiqqanlar). V.V.Bartold
ushbu birinchi qarash tarafdorlarga qo’shilib, “sart” forsiyzabon
etnik birlik-tojikdir, desa-da, zamon o’tishi bilan uning mazmun
va mohiyati o’zgarib borgan, uni na o’zbek, na tojiklar bilan
aralashtirib bo’lmaydi, deydi. Shu kabi u, dastlab sartlar til

Download 89.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling