Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


hunarmand ahlining yig’indisi


Download 89.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.01.2023
Hajmi89.92 Kb.
#1138760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SARMATLAR VA ULARNING BIRLAShMASI (DAVLATI) - O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand..

hunarmand ahlining yig’indisi”ni ifodalovchi nom deb qaraydi.
Shuningdek, “sart” etnik nom emas”, 
2
degan fikrni ham aytgan.
Sart atamasi qachon va qanday paydo bo’lgan, qaysi elatlarga
tegishli? kabi savollar ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiydir. Bu
haqda manbalarda har xil tarzda bo’lsa-da, anchagina fikrlar
bor.
Shuni ta’kidlash lozimki, “sart” atamasi bo’yicha o’tmish
manbalarida ham ba’zi ma’lumotlar mavjud.Ammo ularda ham
“sart”etnik xususiyati har xil talqin etilgan. Masalan, Miloddan
oldin II asrda yashab o’tgan grek muarrixi Polien o’zining
“Harbiy hiylalar” nomli asarida O’rta Osiyo mintaqasi haqida
to’xtalib, Eron shohi Kirning bosqinchilik yurishlarida
sartlarning jasorati haqida ham hikoya qiladi. E’tibor bering
Polien sarmatlarni sartlar nomi bilan midiyaliklar deb
atagan. (Balki o’sha davrlarda Midiya hududlarida sarmatlar
sartlar nomi bilan ham atalgandir, ular nufuzli qabilalardan
bo’lib, hukmronlik doirasida turishgan. XIX asrning oxiri XX
asrning boshlarida yashagan tatar olimi X.A.Abushiyning
sarmatlar haqidagi fikrlari ham bu mulohazani tasdiqlashi
mumkin.) Chunonchi, Polien hikoyasida Kir sartlar bilan
Midiyadagi Midan shahri uchun jang qilgan. Midanga uch marta
hujum qilinganda sartlar shaharni yuksak jasorat ko’rsatib,
mardonavor himoya qilishgan. Kir Midanga to’rtinchi martaba
hujum qilib, sartlar qarshiligini bir muncha sindirsa-da,
shaharni to’liq qo’lga kirita olmaydi. Shunda Kir hiyla ishlatib,
sulh tuzadi va sartlarni mag’lub etishga erishadi
1
. Demak, ushbu
ma’lumotlarda “sart” etnik xususiyatga ega bo’lganligi seziladi. 
XI asrning tilshunos va elatshunos olimi Mahmud Koshg’ariy esa


“Devonu lug’otit turk” asarida esa sartlarni qabila yoki urug’
sifatida tariflanmagan, balki savdo-sotiq bilan shug’ullanadigan
kishilar toifasiga nisbatan, ya’ni “savdogar” ma’nosida
qo’llagan
2
. Shunga ko’ra, so’nggi davr olimlarimizdan ba’zilar
“sart”etnik nom emas deb qarashadi. Tilshunos olim sifatida 
Alisher Navoiy esa “sart”atamasini etnik nom sifatida qaragan. U
o’zining “Muhokamat-ul lug’atayn” (Ikki til muhokamasi) asarida
o’zbek va tojik tillari lug’at boyligini qiyoslash jarayonida “sart”
atamasini tojiklarga nisbatan qo’llaganligini kuzatamiz. Hatto,
Alisher Navoiy sortlarning siyosiy saltanatlari ham bo’lganiga
shama qilgan. Masalan, “To mulk arab va sort salotinidin turk
xonlariga intiqol topdi...Turk tili bila shuaro paydo bo’ldilar”
kabi 
3
. Shunga ko’ra V.V.Bartold ham “sart” atamasini “tojik”
ma’nosini beradi, deb qaragan
4
.
“Sart” va “tojik” atamasi bo’yicha A.Asqarovning quyidagi fikr-
mulohazalari ancha qiziqarli va diqqatga molikdir. Olim ushbu
masalada qayd etilgan kitobining bir necha sahifasida yozma
manbalar asosida fikr-mulohazalarini bildirgan. Xususan,
kitobning 296-300-sahifalarda bayon etilgan mulohazalar
xarakterlidir. Unda O’rta Osiyo mintaqasida XX asrgacha yetib
kelgan etnik holatni tahlil etib, o’lkadagi aholini uch toifaga
bo’lgan. Shundan birinchisi, Turkistonning “sart” atamasi bilan
ataluvchi o’troq aholisi; ikkinchisi qadimdan shu zaminda o’troq
hayot kechirib kelayotgan muqim turklar; uchinchisi, Dashti
qipchoq o’zbeklaridir. Bulardan ikkitasi, ya’ni sartlar va muqim

Download 89.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling