Название O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
so’zlashuvchi o’troq aholining etnik qatlam
Download 89.92 Kb. Pdf ko'rish
|
SARMATLAR VA ULARNING BIRLAShMASI (DAVLATI) - O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand..
so’zlashuvchi o’troq aholining etnik qatlami bo’lib qolgan.
Bizningcha, umuman, ushbu xulosaga qo’shilsa bo’ladi. Ammo bunda ba’zi izoh talab o’rinlar bor. Chunonchi,“tojik” etnonimini “tazik” atamasiga bog’lash mumkin. Lekin ulardagi etnik xususiyat bilan “savdogar” ma’nosi unchalik to’g’ri kelmaydi. Balki taziklar arablar dunyosidagi savdo-sotik va hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchi qadimgi qabila(toifa)lardan birining nomi bo’lib, keyinchalik uzoq davrlar tarixi taqozosiga ko’ra, ular sug’dlashib yoki forslashib ketishgandir. Yoinki, qadimgi so’g’d qabilalariga tegishli urug’lardan birining nomi bo’lishi ham mumkin. Bu urug’ning nomi etnogenez jaroyonning ma’lum taraqqiyotida etnik nomga aylangandir. Eslatish o’rinliki, Mahmud Koshg’ariy devonida “sart”, atamasi bilan birlikda “tәjik” (tajik-tojik) atamasi ham uchraydi. Shu kabi ba’zan fors-tojiklarga nisbatan “tot”(tat) atamasi ham qo’llanganligi qayd etilgan. Ba’zan “tot” atamasi ikki tilli aholi(turklashgan forslar)ga va uyg’urlarga nisbatan ham qo’llanganligi ta’kidlangan 1 . Keyingi davrdagi O’rta Osiyo aholisi haqida so’z yuritilgan manbalarda bu atamalar, xususan, qadimdan sug’d va turk yoki o’zbek va tojik elatiga tegishli bo’lganligi uchun, ayniqsa, “sart”so’zi savdo-sotiq, kosib va hunarmandchilik bilan shug’ullanadigan tubjoy tojik va o’zbeklarga (asosan, aborigen o’zbek va tojik elatiga) nisbatan qo’llangan, ya’ni etnik xususiyatga ega bo’lgan nom deb ham qaralgan. Xullas, aniq qilib aytganimizda “tazik” ham, “sart” ham, qadimgi ajdodlarimiz nomini ifodalagan. Akademik A.Asqarov fikr- mulohazalaridan kelib chiqqan holda, “tazik”lar miloddan avvalgi arabiy-forsiy va sug’diy qabilalar avlodlaridan bo’lib, qadimgi etnogenez tip jarayon bilan bog’liq holda etnik tarixning ma’lum davrida hozirgi tojik xalqi va millatining shakllanishi va nomlanishiga muhim ildiz(komponent)lardan biriga aylangan, deb qarash mumkin. “Sart”lar esa qadimgi turk-sug’d qabilalaridan sanalgan“sarmat”lar avlodidan bo’lib, etnogenez tip jarayonning so’nggi bosqichida, etnik tarix davrida o’zbek va tojik xalqlari tarkibiga singib ketishgan. Bunda o’tmishda ajdodlarimiz deb qaralgan qabilalar turli nomlar bilan atalib kelinganligini va ularning barchasining hamda ular tarkibida bo’lgan urug’larning nomini hozirgi bitta xalqqa tegishli deb qaramay, umumiylik xarakterga egaligini aslo unutmasligimiz lozim bo’ladi. Har holda, sarmat va sartlarning shu kabi tazik-tojik va sart atamalarining bir-biri bilan etnik aloqasi hali to’lig’incha, batafsil aniqlanmaganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Umuman, mavzuda tahlil etilgan qadimiy ajdodlardan biri- sarmat-sart qabilalari va ularning saltanati Kafkaz va Sharqiy Yevroosiyo, xususan, Markaziy Osiyo xalqlariga, jumladan (sak, massaget, xorazmiy va boshqa etnoslardek) o’zbek va tojik xalqlariga ham tegishlidir. 1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 Обсудить данную работу Download 89.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling