Suv yer yuzining 71%ga yaqin qismini egallaydi
Download 45.55 Kb.
|
Сув
Obi hayot tanqisligi[tahrir]
Hisob-kitoblar shuni kỹrsatmoqdaki, 2020—2025 yillarga keliboq, barcha chuchuk suv resurslari inson faoliyati uchun egallab boʻlinadi, yaʼni suv ham investitsiya manbaiga aylanishi va sotilishi ehtimoli bor. Dunyo miqyosida soʻnggi 100 yilda suv sarflanishi olti marotaba oshgan. Bu ketishda 2050 yilga kelib insoniyatga hozirgiga nisbatan ikki barobar koʻproq suv zarur bỹladi. Suv esa kamaygandan kamayib boraveradi. Hozirning oʻzida dunyo miqyosida 1.1 milliard inson doimiy ravishda suv tanqisligi bilan kurashmoqda. 2 milliard odam bu muammoga vaqti-vaqti bilan duch kelib turibdi. Bu sayyoramiz aholisining yarmi chuchuk suvga zoriqqanligidan dalolat beradi. Har kuni 6000 nafarga yaqin odam (asosan bolalar) bu muammoning u yoki bu oqibatlari tufayli nobud boʻlmoqda. 2030 yilga kelib 500 ml ga yaqin odam suv izlab qitʼadan qitʼaga koʻchib yuradi. Bu muammo butun insoniyatni oʻylantirib, 22 mart kuni Butun jahon suv kuni deb eʼlon qilingani bejizga emaSuv Umuman olganda, dunyo miqyosida ichimlik suvi taʼminoti kelajakda qanday boʻlishi boʻyicha mutaxassislar quyidagi ikki taxminni bildirmoqdalar (eng qizigʻi, har ikkala taxminda Xitoy bilan Hindiston omili bor. Aynan shu ikki davlat aholisi eng koʻp boʻlishi bilan birga, rivojlanish surʼati boʻyicha ham etakchilik qilishmoqda). Yirik shaharlardagi qashshoqlik va suv tanqisligi, Afrikadagi qurgʻoqchilik. Hozirdanoq dunyodagi aholisi 10 mln. kishidan ortiq 22 megapolisli ichimlik suvi tanqisligi va oqava tizimlar etishmasligidan aziyat chekmoqda. Eng murakkab vaziyat Xitoyda yuz berayapti. Mamlakatdagi 600 shahardan 550 tasi yuqoridagi muammoga ozmi-koʻpmi duch kelgan. Hindistonda ham bu boradagi ahvol havas qilgudek emaSuv Kelajakda suvga boʻlgan talabning oshib borishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yaʼni oziq-ovqat muammosini keltirib chiqaradi. Bu muammo insonlarning yanada kuchli tabaqalanishiga olib keladi. Shundoq ham qashshoqlik hukm surayotgani kamlik qilayotgandek, yildan-yilga qurgʻoqchilik avj olayotgan Afrika qitʼsidan millionlab muhojirlar Evropa va Osiyoga qarab yoʻl olishadi. Bu esa oʻz navbatida ijtimoiy muammolarni, irqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Xitoy suvni qayta ishlash borasida etakchilikni qoʻlga oladi. Dunyo suv isteʼmoli boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqadi Ichimlik suvining tanqisligi butun dunyo olimlarining diqqat markazida boʻladi. Shỹr suvni chuchuklashtirishga milliardlab investitsiya ajratiladi. Neft hozirda qanchalik koʻp sohalarni qamrab olgan boʻlsa, kelajakda suv taʼminoti ham katta industriyaga aylanadi. Suvni chuchuklashtirish tannarxi kamaya boradi. Suvni chuchuklashtirish uchun sarf qilingan 1 dollar 5 dollardan 30 dollargacha foyda keltira boshlaydi. Bu borada ham Xitoyliklar oldinga oʻtib ketishadi. Suvni tejab ishlatish bỹyicha yangi gʻoyalar egalariga olamshumul shuhrat va mablagʻ keltiradi. Suv taʼminotini nazorat qilish davlatlarning asosiy ishlaridan biriga aylanadi. Bu hozircha ayrim olimlarning taxminlari boʻlib tuyulgani bilan kelajakda ana shunday muammoga duch kelishimiz mumkin. Shu bois suvning, yaʼni erdagi obi hayotning bir qatrasini ham uvol qilmaslik, uni behuda narsalarga sarflamaslik barchamizning zimmamizdagi ulkan masʼuliyatdir. Barchamiz suvning hatto bir tomchisini ham isrof qilmaylik. Uni kelgusi avlodlarga ham yetishini taʼminlaylik. Oʻz farzandlaringiz uchun suvni tejang. Download 45.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling