Suvchechak — alomatlari, yuqish yo’llari, davolash, asoratlari, oldini olish Re’ja
Download 179.47 Kb.
|
suvchechak
Suvchechakni davolash
Suvchechakni davolash ham ambulator sharoitda (yengil hollarda), ham statsionarda (asoratlar mavjudligida) amalga oshiriladi. Asosan ko’proq dam olish tavsiya etiladi. Eng samarali davo chorasi kompleks tadbirlar bo’lib, tartib, parhez, medikamentoz davolash, shuningdek xonani shamollatish, gigiena qoidalariga amal qilish, isitmani jismoniy ravishda tushirishlarni o’z ichiga oladi. Isitmali davrning butun davomida yotoq tartibiga amal qilish ko’rsatiladi. Qichishishni bartaraf etish uchun antigistaminlar yoki malhamlar buyurilishi mumkin. Mahalliy terapiya bakterial zararlanishni oldini olish uchun shikastlangan teri va shilliq qavatlarni dezinfektsiyalovchi eritmalar (Kastellani eritmasi, gentsian binafsharangi, metilen ko’ki, kaliy permanganat eritmasi) bilan ishlov berishni o’z ichiga oladi. Brilliant yashili zaruriy davo chorasi hisoblanmaydi. Vezikulalarni quritish uchun sintetik taninlar, terini yumshatish va tiklanishini tezlashtirish uchun allantoin, dekspantenol saqlovchi vositalar ishlatiladi. Isitmani tushirish uchun paratsetamol keng qo’llaniladi. Ehtimoliy asoratlari tufayli ibuprofen tavsiya etilmaydi. Aspirin va uni saqlovchi boshqa vositalar suvchechak (isitma chaqirishi mumkin bo’lgan boshqa kasalliklarda bo’lgani kabi) bilan og’rigan bolalarga berilmasligi kerak. Bu holda o’lim xavfi yuqori bo’lgan Rey sindrom rivojlanishi xavfi mavjud. Kasallikdan so’ng terida izlar qolmasligi uchun hosil bo’lgan qobiqlarni yulib olmaslik kerak. Shu sababga ko’ra bolalar terisini qashilashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bunday hollarda ota-ona bolaning terisini yumshoq sochiq bilan yengil urib-urib qo’yishi mumkin. Bundan tashqari, issiq vannalar qabul qilish, yengil va yumshoq kiyimlar kiyish tavsiya etiladi. Virus tufayli asoratlar yoki ikkilamchi kasalliklar rivojlanish xavfi mavjud bo’lsa, shifokor antivirus preparatlarni buyurishi mumkin. Ushbu antivirus preparatlar suvchechakni davolamaydi, ular virus faoliyatini sekinlashtiradi. Bu inson immunitet tizimini tezroq qayta tiklanishiga imkon beradi. Download 179.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling