Asoratlari
Quyidagi hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak:
Donachalar ko’zlar atrofiga tarqalsa;
Ular qizarib, yiring saqlasa (ikkilamchi bakterial infektsiyaning belgilari);
Bosh aylanishi yoki nafas qisilishi kuzatilsa.
Asoratlar odatda quyidagi toifa kishilarga tahdid soladi:
Bolalar;
Keksa odamlar;
Immun tizimi zaif bo’lgan odamlar;
Homilador ayollar.
Bu toifadagi insonlarda pnevmoniya, shuningdek terining, bo’g’im yoki suyaklarning bakterial infektsiyalari ham rivojlanishi mumkin. Homiladorlik davrida suvchechak bilan kasallangan ayollardan tug’ma nuqsonli bolalar tug’ilishi mumkin, xususan ularda:
Bo’yning past bo’lishi;
Kichkina bosh o’lchami;
Ko’z bilan muammolar;
Cheklangan intellektual salohiyat.
Organizm ko’pincha suvchechak bilan mustaqil kurasha oladi. Kasallik namoyon bo’lganidan bir-ikki hafta o’tgach, normal faoliyatga qaytish mumkin bo’ladi. Tuzalgach, aksariyat insonlarda virusga qarshi immunitet rivojlanadi. Qayta kasallanish kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Umuman olganda kasallikning yakuni ijobiy hisoblanadi.
Oldini olish
O’ziga xos profilaktika usuli vaktsinatisya hisoblanadi. U uzoq yillar davomida saqlanib turadigan barqaror immunitet shakllantiradi. Emlash quyidagi sxema bo’yicha olib boriladi:
«Okavaks» vaktsinasi: 12 oylikdan kichik bo’lgan barcha bolalar — bir marta bitta doza (0,5 ml);
«Varilriks» vaktsinasi: 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun 6-10 hafta oraliq bilan ikki marta;
Favqulodda profilaktika (har qanday turdagi vaktsina): aloqadan keyin dastlabki 96 soat (tavsiya etilgan muddat 72 soat) ichida 1 doza.
Ota-onalarga farzandlarini maktabga yubormaslik tavsiya etiladi. virus tarqalishini oldini olish uchun bolani to’g’ri parvarishlash kerak. Infektsiyalangan kattalar ham uyda qolishlari kerak. Viusning tashqi muhitga chidamsizligi tufayli xona dezinfektsiyasi talab etilmaydi. Shunchaki xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va nam usulda tozalash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |