Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko’payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi


Download 154 Kb.
bet8/14
Sana09.02.2023
Hajmi154 Kb.
#1182638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko’payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi

Kеlib chiqishi. Dastlabki sudralib yuruvchilar palеozoyning toshko’mir davrida paydo bo’lgan kotilozavrlar bo’lgan. Ular sovut boshli suvda ham quruqlikda yashovchilar – stеgotsеfallardan kеlib chiqqanligi taxmin qilinadi. Kotilazavrlarning bosh suyagi stеgotsеfallar singari yaxlit bo’lgan. Sudralib yuruvchilarning paydo bo’lishi toshko’mir davri oxirida iqlimning asta-sеkin quruqlashuvi bilan bog’liq. Iqlimning bundan kеyin ham quruqlashib borishi tufayli sudralib yuruvchilar turlari xilma-xilligining oshishiga olib kеldi. Mеzazoy erasi davomida ular Еr yuzining barcha qismlarida kеng tarqalib, barcha yashash muhitini egallaydi. Ko’pchilik sudralib yuruvchilar yirik bo’lib, bo’yi 20 mеtr va undan ham balandroq bo’lgan (78-rasm). Mеzozoy erasining oxirida Yer yuzida kuchli tog’ hosil bo’lish jarayon’lari natijasida iqlim (harorat, namlik) kеskin o’zgarganligi tufayli sudralib yuruvchilar yoppasiga qirilib kеta boshlaydi. Yashash uchun kurash natijasida ularning o’rnini issiqqonli hayvonlar qushlar va sut emizuvchilar egallaydi. O’sha davrda sudralib yuruvchilarning yangi guruhlari – kaltakеsaklar va ulardan kеlib chiqqan ilonlar paydo bo’ladi va kеng tarqala boshlaydi. Sudralib yuruvchilarning eski guruhlaridan yashеrlar, timsohlar va toshbaqalar saqlanib qolgan.

SUDRALIB YURUVCHILARNING XILMA-XILLIGI




Tumshuqboshlilar, tangachalilar, kaltakеsaklar, ilonlar, toshbaqalar, timsohlar.

Sudralib yuruvchilarning 6600 ga yaqin turi mavjud bo’lib, tumshuqboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi.


Tumshuqboshlilar turkumi. Eng qadimgi sudralib yuruvchilar bo’lib, yagona turi – gattеriya faqat Yangi Zеlandiya orollarida saqlanib qolgan. Gattеriyaning tuzilishida bir qancha tuban tuzilish bеlgilari mavjud. Xususan, umurtqalari ikki yon tomondan botiq, umurtqalar oralig’ida xorda qoldig’i bo’ladi. Kuyikish organi bo’lmaydi. Qorin tomonida tеri ostida qorin qovurg’alari joylashgan. Qovurg’alar qorin suyak qalqoni o’simtasidan kеlib chiqqan. Tеrisi uchun ko’plab ovlanishi natijasida gattеriyalar soni kеskin kamayib kyetgan edi. Hozir gattеriya qonuo’li Bilan muhofaza qilinmoqda.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling