Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari


Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1431307
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga jo

2.4 Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish 
zaruriyati. Sayyoramizda garchand suv bilan egallangan maydon quruqlikka nisbatan 
ikki barobar ko’p bo’lsa-da, uning ekologik muammosining yechimini topish juda 
dolzarbdir. Bunga sabab: 
Birinchidan. Suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% dan ortig’ini 
tashkil qilgan holda u doimo aylanma (tsirkulyativ) harakatda. Aylanma harakatdagi 
suv chuchuk, toza va musaffo bo’lishi talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud 
bo’ladi. 
Ikkinchidan. Chuchuk suvlar zahiralari Sayyoramizda bir tekis tarqalmagan. Yer usti 
suvlari (daryo, ko’l, suv omborlaridagi suvlar)ning 70% aholi yashashi noqulay bo’lgan 
shimoliy sovuq yoki baland tog’ mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlar (Kanada, 
Norvegiya, Rossiya…) da suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo’lsa, 
ayrimlarida (O’zbekiston, arab mamlakatlari, Turkmaniston…) suv tanqisligi juda katta 
muammodir. 
Uchinchidan. 
Toza 
suv 
doimo 
harakatdadir. U 
ko’pincha 
daryolar orqali 
bir 
davlatdan
ikkinchi bir
davlatga o’tib
boradi. 
Bu 
degan 
so’z
daryo suvining
muhofazasi 


xalqaro muammolar toifasiga kiradi va davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab 
qiladi. 
To’rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera havosida 
kislorodning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Chunki kislorodni «ishlab chiqaruvchi» 
okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan okean suvlarida kamayib boryapti. 
Beshinchidan. 
Deyarli 
barcha 
xalq 
xo’jaligi 
sohalarida suv ishlatiladi. 
Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko’payib bormoqda. Xo’jalikda 
ishlatilayotgan suv ham, afsuski, toza-chuchuk bo’lishi kerak ekan. Agrar respublika 
bo’lgan O’zbekistonda xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i-qishloq xo’jaligi. Qishloq 
xo’jaligi maxsulotining 95% sug’oriladigan yerlardan olinadi. 
Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zahirasi-183 km kub (undan Amudaryo 78 
km kub va Sirdaryoda-36 km kub). uning aksariyati sug’orish uchun ishlatiladi va turli 
sun‘iy suv havzalari (kolelktor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko’llar)da va yer 
ostida yig’ilib, Orol ko’li muammosini yuzaga keltirdi. 
Xalqimiz «Suv-hayot manbai, suv bor joyda hayot bor», deb bejiz aytmagan. Suvlardan 
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish nafaqat global, regional, balki o’ta 
dolzarb milliy masaladir. 
Suv resurslarini ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish uchun mustaqil 
O’zbekistonimizda bir qancha ishlar qilingan. Masalan: 
 
suv va suvdan foydalanishga oid 20 dan ziyod maxsus va 
umumiy qonunlar qabul qilindi
 
Orol dengizi muammosi BMT va uning tashkilotlari tomonidan 
xalqaro darajadagi masalalar toifasiga ko’tarildi; 
 
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga yo’naltirilgan 
me‘yoriy hujjatlar qabul qilinib, dastur va loyihalar ishlab chiqildi; 
 
milliy, regional, global miqyosda shartnomalar tuzildi va h.k. 
 
Kelajakda, bizning fikrimizcha, O’zbekiston qonunchilik 
tizimida:
 
Orol va Orol bo’yiga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan 
«alohida muhofaza hudud» maqomini berish; 
 
Orol dengizi to’g’risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul 
qilish; 


 
xalqaro suv havzalari va daryolarni muhofaza qilishga doir 
shartnomalar, monitoring –nazorat-ekspertiza-javobgarlik tizimini yaratish; 
 
suvlardan foydalanishni qat‘iy hisobga olish va to’lovni 
shakllantirish kabi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi
Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 19-moddasida bayon etilganidek, 
O’zbekiston Respublikasida suv va suv havzalaridan foydalanishning ekologik-xuquqiy 
shartlari quyidagilardan iborat: 
 
er usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy 
aylanishini saqlash, uning me‘yorida ko’rsatilgan darajada tozaligini ta‘minlash; 
 
suv o’simliklari va hayvonlarini asrash; 
 
suv havzalarining ifdloslanishiga yo’l qo’ymaslik; 
 
suvda ekologik muvozanatni saqlash va suv havzasiga landshaft 
elementi sifatida ziyon yetkazmaslik; 
 
maxsus vakolatli davlat organlari daryo irmoqlari hosil bo’ladigan 
joylarda, suv sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtlarni 
ko’paytirishlari hamda ularning saqlanishini ta‘minlashlari shart. 
Konstitutsiyamizning 55-moddasi, Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 5-
moddasiga muvofiq suv, boshqa tabiiy ob‘ektlar singari umumilliy boylik-davlat 
mulkidir, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofazalanadi. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling