Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari


Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish zaruriyati


Download 330.02 Kb.
bet3/3
Sana05.05.2023
Hajmi330.02 Kb.
#1431230
1   2   3
Bog'liq
Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga jo (Автосохраненный)

2.4 Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish zaruriyati. Sayyoramizda garchand suv bilan egallangan maydon quruqlikka nisbatan ikki barobar ko’p bo’lsa-da, uning ekologik muammosining yechimini topish juda dolzarbdir. Bunga sabab:
Birinchidan. Suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% dan ortig’ini tashkil qilgan holda u doimo aylanma (tsirkulyativ) harakatda. Aylanma harakatdagi suv chuchuk, toza va musaffo bo’lishi talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud bo’ladi.
Ikkinchidan. Chuchuk suvlar zahiralari Sayyoramizda bir tekis tarqalmagan. Yer usti suvlari (daryo, ko’l, suv omborlaridagi suvlar)ning 70% aholi yashashi noqulay bo’lgan shimoliy sovuq yoki baland tog’ mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlar (Kanada, Norvegiya, Rossiya…) da suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo’lsa, ayrimlarida (O’zbekiston, arab mamlakatlari, Turkmaniston…) suv tanqisligi juda katta muammodir.
Uchinchidan. Toza suv doimo harakatdadir. U ko’pincha daryolar orqali bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o’tib boradi. Bu degan so’z daryo suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi.
To’rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera havosida kislorodning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Chunki kislorodni «ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan okean suvlarida kamayib boryapti.
Beshinchidan. Deyarli barcha xalq xo’jaligi sohalarida suv ishlatiladi. Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko’payib bormoqda. Xo’jalikda ishlatilayotgan suv ham, afsuski, toza-chuchuk bo’lishi kerak ekan. Agrar respublika bo’lgan O’zbekistonda xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i-qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi maxsulotining 95% sug’oriladigan yerlardan olinadi.
Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zahirasi-183 km kub (undan Amudaryo 78 km kub va Sirdaryoda-36 km kub). uning aksariyati sug’orish uchun ishlatiladi va turli sun‘iy suv havzalari (kolelktor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko’llar)da va yer ostida yig’ilib, Orol ko’li muammosini yuzaga keltirdi.
Xalqimiz «Suv-hayot manbai, suv bor joyda hayot bor», deb bejiz aytmagan. Suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish nafaqat global, regional, balki o’ta dolzarb milliy masaladir.
Suv resurslarini ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish uchun mustaqil O’zbekistonimizda bir qancha ishlar qilingan. Masalan:

Download 330.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling