Suvga cho’kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan odamlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish
Suvga sakrashda, sho’ng’ish, qorin yoki jinsiy a’zolar suvga urilganda yoki bosh bilan suv ostiga urilish tufayli
Download 24.27 Kb.
|
Suvga sakrashda, sho’ng’ish, qorin yoki jinsiy a’zolar suvga urilganda yoki bosh bilan suv ostiga urilish tufayli jarohatlanish shoki avj olishi natijasidn odam cho’kib ketishi ham mumkin. Shikastlanib, suv ostida qolganda, suv nafas yo’llariga, alveolalarga o’pkaga kiradi va odam cho’kishiga sabab bo’ladi. Bunday cho’kish xolati, ikkilamchi cho’kish deyiladi.
Vestibulyar analizatorlarning buzilishi, asfiksiya bilan birga rivojlanishi ham ba’zan odamning cho’kishiga olib keladi. Suvda bo’lgan odamning qulog’iga sovuq suv tushganida (quloq pardasi nuqsoni yoki Yevstaxiy nayi orqali) vestibulyar apparatning kuchli ta’sirdanishi oqibatida odam suvda tik tura olmaydi, boshi aylanadi, ko’ngli aynaydi va h.k. Ma’lumki, odam suvga sho’ng’iganida boshi bilan pastga yoki yuqoriga qilayotgan harakatini bemalol his eta oladi. Vestibulyar apparati zararlangan kishi esa suvda qaysi xolatda harakatlanayotganini yoki suvning ma’lum qatlamidan pastga yoki yuqori tomon siljiyotganini bilolmay qolib asfiksiyaga uchraydi va ko’pincha g’arq bo’lib ketadi. Odatda, kar-soqovlarning vestibulyar apparati zararlanganligiga ko’ra, ularning yoz oylarida cho’milishlari ancha xavflidir. Chunki bunday kishilar orasida shu kabi xodisalar ro’y berish extimoli ko’proq bo’ladi. Suv ostida suzuvchi sportchilarda ham o’ziga xos cho’kish xolatlari uchraydi. Suvning ostida tura olish muddatini uzaytirshy maqsadida suvga sho’ng’uvchi o’zini suvga tashlashdan avval, bir necha marta tez-tez va chuqur nafas oladi (giperventilyasiya). Bunda qondagi karbonat angidrid (suv tanqisligidan gazning suyuqlikdagi bosimi (20 mm sim ustgacha) pasayadi. Suv ostida esa qondagi karbonat angidridning tanqisligi odatda, osha-i va lveolalar havosidagi karbonat, angidridning tanqisligi darajasiga (38-42 si. m ust. ga) yetadi. Qonda kislorod tanqisligi yeskin kamayishi natijasida miya gipoksiyasi rivojlanib, suzuvchi hushidan ketshpi mumkin. Cho’kayotgan odamni qutqarish. Cho’kayotgan odamni qutkarish Har bir insonning burchidir. Bu burchni ado etvsh uchun albatta, suzishni yaxshi bilish kerak. Qutqarishning bir necha usul va amallari bor. Masalan, suvga cho’kib borayotgan odamni suv oqimi qutkaruvchi tomonga oqizib kelayotgan bo’lsa, qutqaruvchi cho’kayotgan kishi oldiga burchak xosil qilib, suzib chiqish lozim. Download 24.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling