Suvga cho’kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan odamlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish


Hushidan ketgan odamni suvdan olib chiqish quyidagacha bajariladi


Download 24.27 Kb.
bet7/9
Sana23.03.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1287822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Hushidan ketgan odamni suvdan olib chiqish quyidagacha bajariladi:
a) cho’kkan odamning sochidan ushlanadi va oyoqlarnvbrass uso’lida harakatlantirib, yonboshlab, bo’sh qo’l yordamida suzib olib chiqiladi;
b) cho’kkan odamning iyagidan ikki qo’l bilan boshtarafidan kelib ushlanadi va chalqancha yotgan xolda brass usulida oyoqlar bilan harakat qilib suzib olib chiqiladi; v) cho’kkan odamning orqa tomonidan bir qo’lni ikki qo’ltig’idan o’tkazib ushlab, ikkinchi bo’sh qo’l bilan yonboshlab suzib, oyoqlarni ham shu usulga ko’ra harakatlantirib olib chiqiladi;
g) qo’lpi cho’kkan odanning bir qo’ltigidan o’tkazib, iyagidan ushlab yonboshlab suzish harakatlari bilan olib chiqiladi va h. k.
Qutqarish usuli qanday bo’lmasin, cho’kkan odamga sharoitga qarab nafas olishiga imkon berish kerak, bu hech qachon esdan chiqmasligi shart bo’lgan, birinchi navbatda qilinadigan vazifadir.
Shu o’rinda bir voqeani o’quvchilar e’tiboriga havola qilmoqchimiz.
Uzingiz bilasiz, hayotda nimalar bo’lmaydi, qanday odamlar uchramaydi, deysiz. Kunlarning birida shahrimizda barpo etilayotgan yangi turar joy dahasi xududida yer qazish ishlari tufayli, ko’lga teng kelib qoladigan sun’iy suv havzasi paydo bo’ldi. Yoz kelishi bilan bu bolalarning maza qilib cho’miladigan maskaniga aylandi. Suv tiniq, jozibali, orombaxshligi bolalarnigina emas, kattalarni ham o’ziga chorlar, edi. Kun issiq, oftob badanni qizdirardi, bolalar baqiriq-chaqiriq qilib cho’mila boshlashdi. Suv bo’yiga bir payt besh ulfat to’rva-xaltalarini ko’tarib, bir maza qiladigan bo’ldik, deb kelib qoladilar. Odatda, suvni sevadigan bolalar yanada maroqli cho’milish yo’llarini izlab topishadi, katta-katta yog’och doiralar (disk) ustiga 5-6 tadan, bola chiqib olib, «ko’l» bo’ylab suzib yurishar edi. Buni ko’rgan haligi besh ulfat darxol doiralardan birini bolalardan iltimos qilib olishadi.
Beshovlon bir bo’lib doiraga chiqib o’tiradilar. Yigitlardan faqat biri suzishni bilmas edi. Ular juda xursand, o’zlarini bamisoli daryoda-qayiqda ketayotgandek his qilishardi. Suvda cho’milib yurgan bolalardan birining sho’xligi tutib, sekin-asta suzib keladi-yu, ular o’tirgan «qayiqni» ag’darib yuboradi. Ular baravariga suvga tushib ketadilar. Shunda yigitlardan biri suzishni bilmaydigan do’stini eslab qoladi va zudlik bilan u tomonga suzib borib, qo’rquvdan talvasaga tushayotgan og’aynisini suvdan olib chiqadi. Yaxshiyamki bu yigitning suzishni bilmasligidan bir kishi bo’lsa ham xabardor ekan, aks xolda ko’ngilsiz xodisa ro’y berishi mumkin edi. Qutqaruvchi yigit tajribali suzuvchi bo’lgani tufayli suvda oqilona harakat qilib, dam do’stiga, dam o’ziga nafas olishga imkon yaratadi.
Xullas, cho’kayotgan odamni qutqarish, unga yordam berish yoki suv tubidan cho’kkan odamni olib chiqish o’ziga-xos usul va amallarga ega. Suzishni biladigan, ayniqsa, sportchi suzuvchilar har qanday vaziyatda ham yordamga shay bo’lishlari lozim.
Suvdan qutqarib chiqilgan odamning ahvoli odatda, har xil bo’ladi. Ba’zilari yengil-sal og’iz-burniga suv kirgan, biroz yo’talib, o’qchib, qusib, keyin tuzalib ketadi. Boshqa birlari og’irroq-o’pkaga suv kirgan, nafas olishi qiyinlashib qolgan, afti-angori ko’karib ketgan bo’ladi. Bundaylarni albatta, tezlik bilan vrach qabuliga eltish kerak. Uchinchi xildagilar esa ancha og’ir-hushini yo’qotgan, nafasi to’xtab qolgan, ammo yuragi sekin-sekin urib turgan bo’ladi. Bundaylarga shu zaxoti-bir daqiqa ham o’tkazmay, zudlik bilan sun’iy nafas oldirish zarur.

Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling