Suvlarning sifati, kollektor-zovur va chiqindi suvlardan foydalanish


Download 264.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi264.37 Kb.
#1441545
  1   2
Bog'liq
4435-Article Text-8625-1-10-20221204



Suvlarning sifati, kollektor-zovur va chiqindi suvlardan 
foydalanish 
Nurbek Ahmadovich Toshbekov
Buxoro davlat pedagogika instituti 
Dilobar Davronovna Qalandarova 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif tomonidan Respublikamizda qolaversa 
Buxoro viloyatida fermer xo’jaliklai ekin maydonlarini kollektor-zovur suvlari bilan 
sug’orish va foydalanish bo’yicha ilmiy amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: Kollektor-zovur suvlari, chiqndi suvlar, suv sifatini belgilash, 
daryolarning loyqaligi, daryo suvlarining tuz tarkibi.
Quality of water, use of collector and waste water 
Nurbek Akhmadovich Toshbekov 
Bukhara State Pedagogical Institute 
Dilobar Davronovna Qalandarova 
Bukhara State University 
Abstract: In this article, the author gave scientific and practical 
recommendations on irrigation and use of agricultural fields with collector-waters in 
Bukhara region in addition to our republic. 
Keywords: collector water, waste water, determination of water quality
turbidity of rivers, salt content of river water. 
Suvning sifati uni aniq bir foydalanish (iste’mol qilish) turiga ko’ra tarkibi va 
xususiyatiga qarab tavsiflanadi. Sanitariya me’yorlari bo’yicha organoleptik hamda 
umumiy sanitariya ko’rsatkichlari va, shuningdek, undagi zararii moddalar miqdoriari 
belgilanadi. Shu ko’rsatkichlaming tahlili mazkur suvning ma’lum bir iste’mol turiga 
yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bildiradi. 
Ifloslangan suv deyilganda aniq bir suvdan foydalanish turi uchun antropogen 
faoliyat ta’sirida tarkibi o’zgaigan suvlar tushuniladi. Suvni ifloslanganlik kriteriysi 
bo’lib uning organoleptik xususiyatlarini o’zgarishi va unda o’simlik, inson hamda 
hayvonlar uchun zararii bo’lgan moddalar mavjudligi hisoblanadi: ular ta’sirida 
suvda zaharlilik, allergiyaga, inson va hayvon organizmlarida o’zgarishlatga sabab 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
449


bo’luvchi xususiyatlar paydo bo’ladi. Sug’orish suvlarining sifati birinchi navbatda 
ulardagi loyqa va tuz miqdori hamda ulaming bakteriologik tarkibi bilan belgilanadi. 
Daryo suvlarining tuz tarkibi va menerallashganlik danajasi harorat va 
biokimyoviy omillar, suv yig’ish havzasining geologik tuzilishiga bog’liq. Kam suv 
sarfli tog’ daryoiari tarkibida gidrokarbonat va kalsiy ionlari ko’p bo’lsa, tog’oldi 
tekisliklaridagi daryolarda sulfat ioni ko’p, quyi oqimida esa natriy, magniy va xlor 
ionlari miqdori orta boradi. Daryo- laming sarfl ko’paygan (toshqin) davrda suvning 
minerallashganlik darajasi kamayadi va, aksincha, sentabrdan martgacha ortib boradi. 
Chunki bu davrda daryolar minerallashgan sizot suvlar evaziga ham ta’minlanadi. 
Sug’oriladigan yerlaming kengaytirilishi va sho’rlangan qo’riq yerlaming 
o’zlashtirilishi ko’p miqdorda kollektor-zovur suvlarini shakllanuviga olib kelmoqda 
va bu suvlami ochiq suv havzalariga tashlanishi oqibatida ularning minerallashganlik 
darajasi ortjb ketmoqda. Respublikada ifloslangan suvlaming vujudga kelishida 
sug’oriladigan dehqonchilikning ulushi 78 foizni, sanoat-18 va maishiy-xo’jalik 4 
foizni tashkil etmoqda. 
Yerlami sug’orish va sho’r yuvish joyning gidroekologik sharoitlarini tubdan 
o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Kanallar va sug’oriladigan yerlardan suvni 
filtratsiyaga ko’p miqdorda isrof bo’Iishi sizot suvlar sathini ko’tarilishiga olib keladi 
va bu jarayonda ulaming tarkibi tuzlar bilan boyiydi. Shuningdek, atmosferadagi tuz 
aralashmalari tabiiy suvlar sifatiga ham sezilarli ta’sir etadj. 
Yer usti va yer osti suvlari qishloq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan pestitsid va 
biogen moddalar bilan ham ifloslanmoqda. Tuproq bu moddalar bilan to’yinib, atrof-
muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib qolmoqda. Aviatsiya yordamida ekinlami 
ximikatlar bilan ishlov berishda qo’IIanilayotgan modalaming 20-40 foizigacha 
atmosferada tarqalishi aniqlangan. Markaziy Osiyoda zovurlashtirilgan yerlarda 
qo’llanilgan azotli o’g’itning 20 foizi, fosfoming I foizi, kaliyning 0,5 foizi sug’orish 
vaqtida oqova bilan olib chiqib ketiladi va ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladi.
Tabiiy suv manbalarini ifloslanishdan saqlashdagi asosiy tadbir-bu kollektor-
zovur va oqova suvlardan ekinlami sug’orishda keng foydalanish orqali ulami ochiq 
suv havzalariga tashlashga yo’l qo’ymaslikdir. 
Suv tarkibidagi oqiziqlar tarkibida ma’lum miqdorda oziq moddalar ham bo’lib, 
ular tuproq unumdorligini oshirishda ma’lum bir roini o’ynaydi. Misol tariqasida 
ko’rsatib o’tish mumkinki, Misrda Nil daryosining loyqa suvidan sug’orishda 
foydalanib, ekinlardan yetarlicha yuqori hosil olib kelinmoqda. Amudaryodagi 
oqiziqlar Karki shahri yonida yiliga 243 mln. tonnani tashkil etadiki, uning tarkibida 
kalsiy karbonat, kaliy va fosfor tuzlari kabi o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalar 
mavjud. Bunday suvlar bilan sug’orish natijasida bir vaqtda o’simliklaming oziq 
unsurlariga bo’lgan talabi ma’lum darajada ta’minlanadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
450


Sholining mavsumiy sug’orish me’yorini 25-30 ming mVga va Sir- daryoning 
quyi oqimidagi suvning loyqaligini 2,64 g/l ekanligi inobatga olinsa, aytish 
mumkinki, sug’orish suvlari bilan har gektar yerga mavsumda 25-30 t oqiziq tushadi 
va uning qaJinligi 10 yil davomida 2,5 sm. ni tashkil etadi. Ekinlami sug’orishda 
minerallashgan suvlardan foydalanish evaziga tuproqda ma’lum miqdorda tuz 
to’planishi ham kuza- tiladi. Masalan, suv tarkibida 1,5 g/l tuz bo’lsa va mavsumiy 
sug’orish me’yori 5000 m3/ga. ni tashkil etsa, sug’orish orqali har gektar yerga 7,5 t 
tuz kelib tushadi. Suv tarkibida natriy ionining ko’p bo’lishi tuproqning 
sho’rtoblanishiga sabab bo’ladi. Tarkibida xloridli tuzlar ko’p bo’lgan suvlar bilan 
sug’orish o’simlikka juda kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi: xloridli tuzlar I g/l. gacha 
bo’lgan suvlardan yengil tuproqlarda va 0,5 g/l. gacha bo’lgan suvlardan esa barcha 
tuproqlarda foydalanish mumkin. 
Suvning sifati sug’orish texnikasi va yomg’irlatib sug’orish mashi- nalarining 
uzluksiz ishlashiga ham ta’sir etadi. Shu sababdan loyqaligi 4-5 g/1 bo’lgan 
suvlardan foydalanishda egifuvchan shlanglarni loyqa bosmasligi uchun ularning 
uzunligi 150 m. dan ortiq bo’lmasligi, diametri 200 mm va suvning oqish tezligi 1,5 
m/sek. dan kam bo’lmasligi lozim. Yomg’irlatib sug’orish mashinasiga uzatilayotgan 
suv tarkibida qattiq qo’shilmalaming o’lchami 0,2-0,5 mm. dan kichik bo’lishi lozim. 
Talabga javob bermaydigan sifatga ega suvlar foydalanishdan oldin qator 
tadbirlar evaziga yaxshilanadi. Suv sifatini yaxshilash deganda uning tarkibidagi 
moddalar miqdorini aniq bir iste’mol turi uchun yo’l qo’yiladigan darajaga yetkazish 
tushuniladi. Sug’orish uchun ishlatiladigan suvlaming sifati uning tarkibidagi tuzning 
miqdori va tarkibi, loyqaligi, shuningdek, unda patogen mikroblar mavjudligi bilan 
belgilanadi. Sug’orish uchun suvlaming yaroqliligi uning tarkibidagi mod- dalar 
konsentratsiyasi, tuproq xossalari, iqlim sharoitlari va parva- rish qilinayotgan 
ekinlaming biologik xususiyatiari bo’yicha aniqlanadi. MinerallashganJik darajasini 
kamaytirish uchun bunday suvlar daryo (chuchuk) suvi bilan aralashtiriladi. Chiqindi 
suvlar maxsus inshoot- larda sun’iy tozalashlardan o’tkaziladi. Loyqa oqiziqlardan 
tozalash maqsadida daryolardan suv olish qismida maxsus tindirgich -hovuzlardan 
foydalaniladi. 
Sug’oriladigan yerlarning tobora kengaya borishi bilan suv taqchilligi kuchli 
sezilayotgan Markaziy Osiyoda qo’shimcha suv zaxiralari axtarish muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan qishloq xo’jaligida mahalliy suv resurslari 
kollektor-zovur minerallashgan suvlari, sizot suvlar, chiqindi va oqova suvlardan 
keng foydalanish suv xo’jaligi va meliorativ nuqtai nazarlaridan katta ahamiyat kasb 
etadi. 
Sho’rlangan yeriarda kollektor-zovur suvlari turlicha minerallashgan- likka ega. 
Sug’oriladigan yeriarda kollektor-zovur suvlari yer usti suv- larini ifloslantiruvchi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
451


asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Sug’orish suvlarini tarkibidagi tuz miqdoriga 
ko’ra 5 ta guruhga ajratish mumkin. 
Kollektor-zovur 
suvlaridan 
qishloq 
xo’jaligida 
foydalanish 
quyidagi 
afzalliklarga ega: suv zaxiralari ko’payadi, joylarda bevosita ishlatilganligi tufayli 
magistral va taqsimlash kanallari qurish talab etilmaydi, tarkibida oqiziqlar kam va 
tuzlar ko’p bo’lganligidan sug’orish tarmoqlarini loyqa va begona o’tlar kam bosadi, 
sug’orish tizimiga suv manbalaridan kam suv olinganligi evaziga suvni filtratsiyaga 
sarfi kamayadi, sizot suvlarning sathi pasayadi. 
Sug’orishda minerallashganligi 5-6 g/l gacha bo’lgan zovur suvlaridan 
jahonning ko’p mamlakatlarida AQSh, Tunis, Jazoir, Eron va boshqa mamlakatlarda 
keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. 
Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlarida minerallashgan suvlar g’o’za, 
sabzavot, poliz ekinlari, tokzorlarni sug’orishda juda qadimdan ishlatilmoqda. 
O’zbekistonda minerallashgan suvlardan foydalanish miqdori yilning suv bilan 
ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Kollektor-zovur suvlarini 
minerallashganlik darajasining nisbatan kam bo’lishiga (1,37-1,62 g/l) qaramay 
Namangan, Andijon viloyatlarida ayrim yillari ularning atigi 3,5-4,3 foizigina 
foydalanilgan. 
Sirdaryo viloyatida minerallashganligi 1,39 (xlor-0,16) g/l bo’lgan zovur suvlari 
yiliga 2,5 km dan ortiq miqdorda deyarli 3000 ga yerni sug’orishda qo’llanilmoqda. 
Vertikal zovur suvlari respublika miqyosida 2 km1 dan ko’p bo’lib, ulaming 
minerallashganligi 0,5-1,14 (xlor-0,02-0,11) g/l. ni tashkil etadi.
Minerallashgan kollektor-zovur suvlaridan foydalanish mumkinligini Havza 
boshqarmalari tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ba’zi ma’lumotlar kollektor-zovur 
suvlarini tuproq va o’simlikka zararli ta’sir etishini ko’rsatsa, ayrimlari ijobiy 
natijalarga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Minerallashgan suvlardan foydalanish 
samarasiga ekinning biologik xususiyati va tuz ta’siriga chidamliligi, tuproqning suv-
fizik xossalari va zovurlashtirilganlik darajasi, suvning minerallashganligi va tuz 
tarkibi kabi omillar kuchli ta’sir etadi. 
T.P. Gluxova va G.A. Korolyova (1984) ma’lumotlariga ko’ra MirzachoMning 
qadimdan sug’orib kelinayotgan yerlarida minerallashganligi 3 (xlor - 0,3) g/l bo’lgan 
suvlardan uzoq yillar davomida foydalanish tuproqning meliorativ ahvolini 
yomonlashuviga va hosildorlikni pasayishiga olib kelmaydi. Xlor miqdorining 0,5 
g/l. dan ortishi tuproqning sho’rlanish xavfini tug’diradi. 
Bespalov (1984) suv bilan kam ta’minlangan yillari kollektor-zovur suvlaridan 
g’o’zani sug’orish va sho’r yuvishda keng foy- dalanish mumkinligini ko’rsatadi. 
Bunda suvlarning minerallashganlik darajasini ruxsat etiladigan miqdori yengil va 
o’rtacha qumoq tuproq- larda quruq qoldiq bo’yicha 3-4 g/1, xlor ioni bo’yicha 0,5 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
452


g/l. gacha, og’ir qumoq va soz tupnoqlarda tegishlicha 2,0-2,5 va 0,5 g/l. gacha 
bo’lishini tavsiya etadi. 
Qoraqalpog’iston respublikasining xloridli va sulfatli o’rtacha sho’rlangan 
tuproqlarida g’o’zani sug’orish uchun tarkibida quruq qoldiq 2-3 g/l va xlor ioni 0,4-
0,5 g/1 bo’lgan zovur suvlari foydalanilganida sug’orishlar arafasidagi tuproq namligi 
chegaraviy dala nam sig’imiga nisbatan 80-65 foiz bo’lishi maqsadga muvofiqdir, 
bunda sug’orish sxemasi 1-3 (4)-0 ko’rinishda bo’ladi (U.Ismoilov, 1987). Ayrim 
tadqiqotchilarning (P.N.Besedin, G.Yo’ldoshev, X.Sobitova, 1984) ta’kidlashicha, 
Mirzacho’lIning qadimdan sug’orib kelinayotgan bo’z-o’tloqi tuproqlarida 
minerallashgan suvlardpn foydalanish oqibatida gumus, azot va fosforning sezilarli 
kamayishi kuzatilgan. 
Kollektor-zovur suvlaridan foydalanishda ulaming tarkibidagi tuz- larning 
ruxsat etiladigan miqdorlarini bilish muhim hisoblanadi. Bunda suvning tarkibidagi 
tuz miqdori va tarkibi tuproq xossalari hamda sug’oriladigan yerlaming meliorativ 
ahvoli kabi omillar e’tiborga olinadi. 
Tuproqning suv o’tkazuvchanljgi va zovurlashtirilganlik darajasi yaxshi, sizot 
suviari chuqurda joylashgan yerlarda suv tarkibi- dagi tuzlarning yo’l qo’yiladigan 
miqdori yuqori bo’ladi. Sug’orish uchun ishqoriy sho’rlangan suvlar yaroqsiz 
hisoblanadi. Natriy kationi ko’p bo’lgan suvlardan foydalanish ham maqsadga 
muvofiq emas, chunki u tuproqni sho’rtoblanishga olib keladi. A. Usmonov (1984) 
tomonidan O’zbekistondagi kollektor-zovur suvlarining gidroximiyasi o’rganilgan 
bo’lib, u suvlarning sifatiga ko’ra yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz, umuman yaroqsiz 
toifalarini ajratib ko’rsatadi hamda ulami qoMlash sharoitlari bo’yicha tavsiyalar 
beradi. 
Ko’pgina ilmiy ma’lumotlami umumlashtirish orqali ko’rish mumkinki, 
turlichicha tuproq meliorativ sharoitlarda g’o’zani sug’o rishda suvlarning ruxsat 
etilgan minerallashganlik darajalari turlichadir. 
Sug’orish suvining tarkibidagi tuzlar ko’rsatilgan miqdordan ko’p bo’lsa, 
bunday 
suvlar 
foydalanishdan oldin 
daryo 
suvi 
bilan 
aralashti- 
rilib, 
minerallashganlik darajasi yo’1 qo’yiladigan miqdorgacha kamaytiriladi. Suv bilan 
ta’minlanish kam bo’lgan yillari kollektor-zovur suvlari- ning minerallashganlik 
darajasi yuqori bo’lishini e’tiborga olgan holda ulami sug’orishdan oldin daryo suvi 
bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda aralashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Agar minerallashgan suvlar bilan sug’orish me’yori tuproqning chegaraviy dala 
nam sig’imigacha suv tanqisligidan kam bo’lsa, u holda tuproqda tuz to’planish 
jarayoni yuzaga keladi. Shu sababdan bunday sharoitlarda sug’orish me’yori daryo 
suvi bilan sug’orishdagiga nisbatan 15-20 foizga, mavsumiy me’yori 20-25 foizga 
oshiriladi, ya’ni sho’r yuvish tariqasidagi sug’orish rejimi qo’llaniladi. Ekinlami 
minerallash- gan suvlar bilan sug’orishda sho’r yuvish tariqasidagi sug’orish rejimi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
453


qo’llanilmagan sharoitda har yili yoki bir necha yilda kuz—qish yoki erta bahorda bir 
marotaba sho’r yuvish o’tkazish talab etiladi. 
Minerallashganligi 6 g/l. gacha bo’lgan suvlardan sho’rlangan yerlarda 
foydalanishda sho’r yuvish me’yori 35-40 foizga oshiriladi. 
Minerallashgan suvlardan sug’orishda foydalanishda suv tarkibidagi tuzlar 
o’simlikka, ayniqsa, uning dastlabki fazalarida ma’lum darajada salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Sug’oriladigan yerlarda mo’tadil ko’chat qalinligini ta’minlash maqsadida 
ekish me’yori daryo suvi bilan sug’orish sharoitidagidan birmuncha oshiriladi. 
Minerallashgan suvlar bilan sug’orish sharoitida ekish me’yorlari 
t/r 
Ekinlar 
Suvdagi tuzlarning konsetrasiyasi, g/l 

10 
15 

G’o’za
110 
120 
130 

Beda
120 
150 
200 

Makkajo’xori
105 
125 
140 

Oq jo’xori 
105 
115 
130 

Arpa
110 
130 
140 
1-jadval. Minerallashgan suvlar bilan sug’orish sharoitida ekish me’yorlari (chuchuk 
suv bilan sug’orishdagiga nisbatan foiz hisobida) 
O’zbekiston Respublikasida qolaversa Buxoro viloyatida ham qishloq xo’jalik 
ekinlarini sug’orishda kollektor-zovur suvlaridan foydalanish imkoniyatlari juda katta 
hisoblanadi. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini so’g’orishda keng 
foydalanish suv zaxiralarini ko’paytirish bilan bir qatorda yangi yerlarni o’zlashtirib, 
ularning suv ta’minotini yaxshilash uchun qulay zamin yaratadi.

Download 264.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling