Suvlarning turlari


Download 76.4 Kb.
bet17/44
Sana08.01.2022
Hajmi76.4 Kb.
#252649
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
Tahorat qilish

G’uslning hikmatlari

Yer yuzida hech qanday din, hech qanday tuzum tozalikka Islom dini kabi katta ahamiyat bermagan. Qur'oni karimda insonlar pok bo‘lishga chaqirilgan ko‘plab oyatlar mavjud. Tozalikning ahamiyatini, poklanishning turli shakllarini, tozalikka qattiq rioya etgan musulmonlarning Alloh nazdidagi etibor va darajalari g‘oyat kuchli va ta’sirli jumlalar bilan ifoda qilingan hadislar shu qadar ko‘pki, mo‘tabar hadis to‘plamlarida ularga alohida bo‘limlar ajratilgan. Mashhur mazhab imomlari ham ushbu poklanish shakllari masalasida eng ko‘p bahs yuritishgan. Har bir musulmonning qilishi yoki qilmasligi zarur bo‘lgan harakatlarini aniqlab berish uchun buyuk olimlar tomonidan talif qilingan fiqh kitoblarida tozalik doimo dastlabki, eng katta mavzu hisoblanadi.


Islomiyatda deyarli hech qanday ibodat yoki amal yo‘qki, unga tegishli bir tozalik odobi zikr qilingan bo‘lmasin. Taom yeysizmi, avvalo qo‘llaringizni yuvishingiz kerak, dasturxondan turgach, yana qo‘llaringizni yuvasiz. Qur’oni karimni qo‘lga olib, o‘qimoqchimisiz? Buni tahoratsiz yo junub holda qilsangaz, gunohkor bo‘lasiz.
Har kuni besh vaqt namozni faqat tahoratli holda o‘qishingiz mumkin. Yaxshi mo‘min bo‘lsangiz, har hafta juma namoziga bormasdan avval, junub bo‘lmasangaz ham yaxshilab yuvinib olasiz.
Safarga chiqmoqchimisiz, darhol tahorat qilib olishingiz kerak. Uxlamoqchi bo‘lsangiz, tahoratli holda yotoqqa kirishingiz go‘zaldir. Hatto, qo‘lingizdan kelsa, hech qachon tahoratsiz yurmasligingiz lozim. Junub bo‘lgan holda masjidga kirish joiz emas. Junub holda katta uzr bo‘lsagina, shunda ham, tahorat olib, qo‘llarni yuvib, og‘izni chaygach, ovqat yeyishga ruxsat berilgan.
Hajga bormoqchimisiz? Ihromga kirmasdan avval g‘usl qilishingiz, agar iloji bo‘lmasa, tahorat olishingiz zarur. Kabani betahorat tavof qila olmaysiz, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, muborak qabrlarini tahoratli holda ziyorat qilishingiz mumkin. Liboslaringiz, taomingizni, namoz o‘qiydigan joyingiz, yostig‘ingiz ko‘zga ko‘ringan va ko‘rinmaydigan barcha harom, najaslardan pok bo‘lishi Alloh taoloning turli oyatlarida takror-takror bandalariga eslatib o‘tgan buyruqlaridir! Oyatda aytilganidek, "Alloh taolo pokdir va pok bo‘lganlarni sevguvchidir".
Suv tanqis va noyob bo‘lgan sahrolar yurti Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom dinining salkam bir yarim ming yil avval ham tozalikka bu qadar katta ahamiyat bergani hammani hayratga soluvchi mo‘jizadir. Holbuki, Islol kelganidan yuz yillar keyin ham daryolar, ko‘llar, dengizlarga boy bo‘lgan Ovrupada iflosliklar tufayli vabo, ichterlama kabi o‘ta yuqumli kasalliklardan odamlar qirilib ketar edi.
Insoniyat dunyoga kelganidan to bugungacha, Islomning go'zalikka benazir etibori tufayli u kirib borgan mamlakatlarning hech birida ifloslik sababli ommaviy o‘lim hodisalari kuzatilgan emas.
Islom dinida barcha ibodatlar moddiy va manaviy poklik ka yetaklovchi vositalardir.
Zakot mol-dunyoga berilishdan, xasislikdan qalbni tozalash bilan birga, uni Alloh yo‘lida mol-mulkidan xolis; fidokorlik qilishga o‘rgatadi.
Ro‘za tutish nimaligini bilmaydigan nafsning iroda bilan, qisqa muddat bo‘lsa ham, jilovlanib, iflos va jirkanch joylardan qutulish sari tashlangan qadamdir.
Besh vaqt namoz insonni Allohdan uzoqlashtiruvchi, qalb va fikrni bulg‘ovchi narsalar zangini ketkazishning umrboqiy rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirishga o‘xshaydi.
Haj esa tor fikr va g‘arib tuyg‘ular, dunyoviy hislar illatidan poklanish uchun islomiyatning billurdek sof, shonli o‘tmishini yodga olish, muborak diyorlarga borib, Baytullohni tavof etish, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ravzalarini, qahramon sahobalarni ziyorat qilishdir. Haj qalbni Allohdan boshqa narsalarga bog‘lanish dog‘idan tozlovchi eng oliy ibodatdir. Xulosa qilib aytsak,
Islom tozalikni sevadiganlar, zohiri va botini pok bo‘lganlarning dinidir.
Islomda hech bir ibodat ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zini yaxshi ko‘rsatish, riyo uchun bo‘lmaganidek, poklik ham kishini boshqalarning pok, chiroyli, deb maqtashlari uchun emas.
Mo‘min kishi boshqalarga chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki nafsini tahlil qilish va dinimiz buyurgan amrlarga itoat qilish uchun poklanadi. U faqat zohiran pok ko‘rinib, boshqalarni aldashni katta gunoh deb biladi. Tahoratli va junub bo‘lmagan mo‘min bilan betahorat, junub, dinsiz kishini yonma-yon qo‘ysinlar. Ularning tashqi ko‘rinishida katta bir farq sezmaysiz. Lekin mo‘min junub holida juda ham bezovta va behuzur bo‘ladi, hatto, yotog‘ida ham uxlay olmaydi, faqat g‘usl qilganidan keyingina ko‘ngli tinchlanadi.


Download 76.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling