O’lik hayvonlarning terisi va shunga o‘xshash narsalarning poklanishi
Inson va to‘ng‘izdan boshqa, go‘shti yeyilmaydigan o‘lik hayvonlarning terisi achchiqtosh, tuz va shunga o‘xshash dorivorlarni sepish orqali haqiqiy manoda, tuproq surish yoki quyoshda quritish orqali esa hukmiy manoda oshlash bilan hisoblanadi.
Izoh: O'lik fil terisi ham oshlansa, halol. Chunki fil hukman vahshiy hayvonlar sarasiga kiradi. Zero, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, fil tishidan yasalgan taroq qo‘llagan edilar.
Go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning terilari, shariy so‘yish ("Bismilloh" aytish) bilan pok bo‘ladi. Go‘shtlari esa shariy so‘yilsa ham, halol bo‘lmaydi.
Qon bormaydigan soch, tirnoq, shox va yog‘i bo‘lmagan suyakka o‘xshash azolar, hayvon o‘lgach, nopok hisoblanmaydi. Ammo asab tolalari nopokdir. Kiyikning mushk xaltasi, mushkning o‘zi kabi pokdir, yeyilishi joiz. Yovvoyi mushukning mushki ham pok bo‘lib, uning xushbo‘y hididan sepgan kishining namozi durustdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |