Suvlarning turlari
Download 76.4 Kb.
|
Tahorat qilish
Istinjo qilish tartibi
Suv topilmagan joyda, er kishi xisya (tuxumdon)lari osilib turganida kesak, tosh kabi narsalarning birinchisini oldidan orqaga, ikkinchisini orqadan oldinga va uchinchisini yana oddidan orqaga tortib, istinjo qilishi kerak. Agar xisyalari tortilib turgan bo‘lsa, kesak yo toshni orqadan oldinga tortgan holda tozalashni boshlaydi. Ayollar doimo istinjoda (toshni) oldindan orqaga tortishlari zarur. Istinjodan so‘ng kishi qo‘llarini yuvadi va suv bilan istinjo qilishda, chap qo‘li o‘rta barmog‘ining yostiqchasi bilan, suv quygan holda, najas chiqqan joyni asta ishqalab yuvadi. So‘ng ehtiyoj bo‘lsa, nomsiz va iligcha barmoqlari yostiqchalarini ham qo‘shib, u joyni yaxshilab yuvadi. Ayollar suv bilan istinjoning avvalidayoq nomsiz va o‘rta barmoqlarini birgalikda ishlatadilar. Najas chiqqan joyni yomon hidlar qolmagunicha tozalib yuvish kerak. Ro‘zador bo‘lmaganida, suv bilan istinjo qilish payti bo‘shashib o‘tirish lozim. Batamom tozalangach, yana qo‘llarni yuvish zarur. Ro‘zador kishi suv bilan istinjo qilgach, u joyni toza latta bilan artadi (ro‘zador bo‘lmagan kishining ham suv bilan istinjodan so‘ng latta bilan artishi mustahabdir). Izoh: Zikr qilinayotgan "mustahab", "mandub", "nafl" va "tavattu "kalimalari sunnat manosidadir. Ular savob nuqtai nazaridan sunnatga yaqin fazilatli amallardir. Istinjo uchun avratni ochish joiz emas. Najosat chiqqan joyidan atrofiga tarqalib ketsa, va uning miqdori, yuvmasdan namoz o‘qib bo‘lmaydigan, ya’ni dirham miqdoridan ham ko‘p bo‘lsa, uni ketkazishda boshqalarga avrat joylarini ko‘rsatmay, badani yo kiyimini najosatdan tozalashi kerak. Download 76.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling