Suvlarning turlari
Download 76.4 Kb.
|
Tahorat qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahoratning hikmatlari
Tahoratning farzlari
Tahoratning to‘rt farzi bor: 1. Yuzni, peshonaning soch chiqqan joyidan boshlab iyak ostigacha, ikki quloq yumshoqlari oralig‘ini yuvmoq. 2. Qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib yuvmoq. 3. Boshning to‘rtdan bir qismiga mash tortmoq. 4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvmoq. Tahoratning hikmatlari Dinimiz namozga turishdan oldin, malum azolarni yuvishni (tahorat qilishni) buyurgan. Bundan maqsad faqat shu azolarni turli iflos narsalardan tozalash emas, balki moddiy tozalik bilan bir qatorda, o‘sha azolar vositasida qilingan gunohlarni manaviy, ko‘rinmaydigan kir va dog‘larni tavba. istig'for suvi bilan poklash hamdir. Bu jihatdan tahoratda azolarning yuvilish tartibida hayratomuz teran hikmatlar mavjud. Bunda katta hikmat shuki, eng avval Allohning amrlariga isyon qilib, shaytonga itoatda peshqadam bo‘lgan azolar, so‘ngra unga ergashib gunoh ishlar qiluvchi boshqa azolar navbati bilan yuviladi. 1. Yuvilishi farz bo‘lgan azolarning birinchisi yuzdir, chunki inson yuzida (til) og‘iz, burun, ko‘z kabi gunoh ishlar qilishda asosiy vosita, sabab bo‘luvchi azolar bor. Masalan, harom narsalarni tishlab-chaynab, ichga yutuvchi og‘izdir. Haqoratlar, g‘iybatlar, tuhmatlar, yolg‘onlar, insonlarning orasini buzuvchi, fitnakor va adashtiruvchi fikrlar, behayo so‘zlar til orqali og‘izdan chiqadi. Demak, xoh Allohga qarshi, xoh bandalarga qarshi bo‘lsin, eng katta yomonliklarning amalga oshirilish o‘rni og‘izdir. Ko‘zlarchi! Eng sirli yomonlikni ham o‘zidan qochirmaydigan va boshqa azolarni ortidan yugurtiradigan ular emasmi? Yomonlikning hidini olib, butun vujudni o‘sha tomonga yo‘naltirgan burunning banda qilgan gunohlardagi hissasi ozmi? Shuning uchun gunohga, taqiqlangan amallarga boshlovchilik qilib, yo‘l ochib bergan bu azolarni, yani yuzni eng avval yuvish buyurilgan. Bu azolardagi kir va iflosliklar suv bilan ketkazilganidek, ularni tavba, istig‘for va zikrulloh bilan poklash, yaxshi amallarga ishlatish zarur, toki haqiqiy musulmon bo‘lsinlar. 2. Yuzdan so‘ng yuvish navbati qo‘llarga keladi. Chunki bir yomon ishni boshlashda avval til so‘zlaydi, so‘ngra ko‘zlar ko‘rib, keyin qo‘llar vazifani bajaradi va mazkur yomonlikka sherik bo‘ladi. Shu bois shaytonga ergashishda til va ikki ko‘zdan so‘ng darhol qo‘llarning zohiriy kirlari suv bilan, botiniy iflosligi esa, Allohga tavba qilish fayzi bilan poklanishi g'oyat o‘rinlidir. 3. Tahoratning uchinchi farzi boshga mash tortishdir. Tahorat bilan jismoniy kirlarni ketkazibgina qolmay, ko‘proq manaviy poklikka etibor berilishining yorqin misoli boshga mash tortishda ko‘rinadi. Chunki, shariy qoidaga ko‘ra, bosh doim biror narsa bilan yopilib, yani bosh kiyim kiyib yuriladi. Ochiq holatda ham qalin sochlar bosh terisini chang-to‘zonlardan yaxshi himoya qiladi. Shu bois boshni har kuni besh marta yuvishga zarurat qolmaydi. Har bir tahoratda boshni yuvish og'ir ishdir. Bu bandalariga yengillikni xohlagan Allohning g'oyasiga zid. Ammo bosh, manaviy poklanishda aslo beparvolik qilib bo‘lmaydigan azo. Har qanday gunoh xabarini olib-olmay, fikrlaydigan, reja tuzib, amalga oshirish uchun boshqa azolarga vazifalar yuklaydigan miya bosh ichidadir. Boshdagi bunday manaviy dog'larni bandaga eslatish, ularni ketkazish maqsadida mash tortish buyurilgan. Qalb ko‘zi ochiq, fikri teran insonlar buning buyuk hikmat ekanini yaxshi biladilar. 4. Tahoratning oxirgi farzi oyoqlarni yuvish. Oyoqlar vujudni gunoh ishlar qilinadigan joylarga eltib, ularni bajarishga imkoniyat yaratadi. Bu jihatdan oyoqlarning yomon ishlarga qo‘shgan hissasi oz emas. Shu bois namoz o‘qish oldidan oyoqlarning moddiy kirlarini yuvib, u sabab bo‘lgan gunohlarni ham eslab o‘tgach, mehribon va rahmli Alloh taolodan mag'firat so‘rash juda muhimdir. Download 76.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling