Suvni bakterisid nurlar yordamida zararsizlantirish Reja; Suvni zararsizlantirish. Suvni chuchuklantirish
Download 32.34 Kb.
|
Suvni bakterisid nurlar yordamida zararsizlantirish
Suvni zararsizlantirish - aholini yetarli va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash (qarang Suv taʼminoti) hamda inson salomatligiga ziyon yetkazmaslik maqsadida xoʻjalikda ishlatiladigan va ichimlik suvni mikroorganizmlardan tozalash. Suvni zararsizlantirish kimyoviy va fizik usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga qaynatish, ultrabinafsha nurlar, gamma nurlari va ultratovushlar yordamida zararsizlantirish kiradi. Bunda suvni ichimlik suvining sifat darajalariga javob beradigan talabga keltirish mumkin. Qaynatish Suvni zararsizlantirishning muhim usullaridan boʻlib, bu jarayonda suvdagi barcha mikroorganizmlar oʻladi va suvning tabiiy mazasi buzilmaydi. Lekin koʻp miqdordagi suvni qaynatish imkoni yoʻq, shu sababli barcha mamlakatlarda vodoprovod suvlari xlorlab zararsizlantiriladi. Suvni xlorlash birinchi marta 1910-yilda amalga oshirilgan. Bu usul aholi salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega ekanligi aniklangandan soʻng u keng koʻlamda ySuvni xlorlashning samaradorligi suv muallaq moddalardan toʻliq xalos qilinishiga, xlorning optimal dozasi toʻg'ri tanlanishi va xlor bilan suvning toʻla toʻkis aralashish vaqti (30—60 min)ni toʻgʻri tanlashga bogʻliq. Xlor suvga qoʻshilgach, faqat mikroblar bilan emas, balki organik moddalar bilan ham reaksiyaga kirishishi hamda muallaq moddalarga yutilishi mumkin. Shuning uchun suvga qoʻshiladigan xlor miqdorining optimal dozasi tajriba yoʻli bilan toʻgʻri tanlab olinishi zarur.
Keyingi yillarda suvni xlorlashning yangi usullari topildi. Bunda elektrolit sifatida maxsus tayyorlangan natriy xlorid eritmasi, yukrri minerallashtirilgan yer osti suvi yoki dengiz suvidan foydalanish mumkin. Bunda gipoxlorid elektroliz yoʻli bilan vodoprovod stansiyasida Suvni zararsizlantirish uchun ishlatiladi. Bu usul iqtisodiy jihatdan tejamli. Rivojlangan mamlakatlarda suvni ozon yordamida zararsizlantirish keng yoʻlga qoʻyilgan, bunda eng katta suv tarmogʻi inshootlarida suv ozon bilan zararsizlantiriladi. Ozon faqat bakteriotsid xususiyatga ega boʻlib qolmay, balki suvning organoleptik xususiyatlarini ham yaxshilaydi. Suvni zararsizlantirishda qoʻllanadigan noyob usullarga suvni ultrabinafsha nurlar bilan, simobkvars yoki simobargon lampalari yordamida zararsizlantirish kiradi. Bu usullarning barchasi inson salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan. ʻHar xil suv havzalarining suvi mikroorganizmlarning ko'plab rivojlanadigan tabiiy muhit hisoblanadi. Mikroorganizmlar bu muhitda tik tushadigan quyosh nurining halokatli ta'siriga uchrasada suvda muallaq zarrachalar borligi tufayli yorug'likning bakterisidlik ta'siri juda kamayib ketadi va yorug'lik mikroorganizmlarning zo'r berib rivojlanishiga to'sqinik qilmaydi. Mikroorganizmlarning suvda nechog'lik ko'p rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy faktor suvda oziq moddalar borligidir deb hisoblash kerak. Suv organik qoldiqlar bilan nechog'lik ifloslangan bo'lsa mikroorganizmlar shuncha ko'p rivojlanadi.Aholi yashaydigan joylarda oqib keladigan tashlandiq suvlar qo'shilishi bilan esa, aksincha, bakteriyalar ko'payib ketadi. Ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo daryolarning aholi yashaydigan ba'zi joylarda olingan 1 ml suvda 197 ming bakteriya bo'lsa aholi yashaydigan punktlardan quyiroqda 400 ming bakteriya bor. Daryo sekin oqadigan joydan olingan va quritilgan 1gr balchiqda 2250 mln bakteriya no'lsa suv tez oqadiganjoydan olingan balchiqda 470 mln bakteriya bo'ladi. Daryo o't bilan qoplangan eski o'zandagi balchiqning 1grda 2830 mln bakteriya bor. Sohildan 150 m narida 1 ml suvda 1012 ta topilgan bo'lsa 3000 m narida atiga 79 ta bakteriya topilgan. Yomg'irdan keyin bakteriyalar juda ko'payib ketadi.Yomg'irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya bo'lsa, yomg'irdan keyin ularning soni 1223 taga etadi. Dunyo olimlarning kuzatuvlariga ko'ra bakteriyalar suvning ustida eng kop bo'lmay, 5-10 m chuqurlikda eng ko'p bo'ladi (suv yuzasidan olingan 1 ml suvdan 73 ta 10 m chuqurlikda olingan suvdan esa bakteriyalar soni 217 ga va hatto 1229 taga yetadi). Balchiqlarning har grammida sulfatni qaytaradigan bakteriyalar 100 mingdan 1 mln gacha tion bakteriyalari 10 mingdan 100 minggacha chirituvchi bakteriyalar 10 mingdan 100 minggacha nitirifatsiyalovchi bakteriyalar esa minggacha denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar 10 mingdan 100 minggacha, sellyulozani anaerob va aerob sharoitda parchalaydigan bakteiyalar taxminan 100 ta bo'ladi. Bir necha ma'lumotlarga ko'ra, suvda bakteriyalar asosan spora hosil qilmaydigan turlari (97% ga yaqin), balchiqda esa asosan spora hosil qiluvchi bakteriyalar (75% ga yaqin) bo'lishi aniqlangan. Balchiq qanchalik chuqur bo'lsa shuncha ko'p bakteriya bo'ladi. Yer osti suvlarida, artezan quduqlar va buloqlar suvida ochiq suv havzalari suvidagiga qaraganda bakteriyalar ancha ko'p bo'ladi. O'sha suvlarda bakteriyalarning kam bo'lishini shu narsa bilan tushuntirish mumkinki bu suvlar paydo bo'lishida qalin tuproq qatlami orqali sizib o'tadi , filtrlanadi, shuning natijasida bakteriyalarning deyarli hammasi filtrlovchi qatlamda qolib ketadi. Suvda ayrim hujayralar saqlanib qolsa-da, ular juda kam bo'ladi va organik moddalar yetishmasligi tufayli rivojlana olmaydi. Suvlarning ifloslanish darajasi kimyoviy tahlil bilan aniqlanadi. Suv ifloslanganda rangi, shaffofligi, hidi, mazasi o'zgaradi. Bunday suvni iste'mol qilish kishi sog'ligiga yomon ta'sir ko'rsatadi. Suv o'z-o'zidan biologik tozalanish xususiyatiga ega. U quyosh nuri va organizmlarning faoliyati ta'sirida tozalanadi. Bakteriyalar o'ladi, zarrachalar cho'kadi. Suv 24 soatda 50% bakteriyalardan tozalanadi, 96 soatda ifloslovchi moddalarning 0.5%i qoladi lekin kimyoviy ifloslanib ketgan suvning tozalanishi qiyin bo'ladi. Hozirgi vaqtda ko'p mamlakatlarda suv havzalarining ifloslanishi juda kuchayib bormoqda. Ko'p daryolar chiqindilar bilan ifloslangan suvlar oqadigan kanallarga aylangan. Daryolarga oqova va zovur suvlarining tushishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo quyi oqim etagida suvning sho'rligi ortib, 1 l da 3-4 gr tuz bo'lib, ichishga yaramay qoldi. Buning ustiga suvni iste'mol qiladigan ko'plab korxonalar qurildi, ularning chiqindi suvlari ham daryolarga tushib, suvni ifloslantirmoqda. Bundan tashqari ekin maydonlariga solinadigan mineral o'g'itlarning bir qismi, zaharli ximikatlari ham oqova suvlar bilan daryolarga tushadi. Hozirgi vaqtda Orol dengizini saqlash va Orolbo'yining ekologik holatini yaxshilash yuzasidan amaliy tadbirlarni ko'rish sekin bormoqda. Ifloslangan suvlar uchun mexanik, kimyoviy va biologik yo'llar bilan tozalanadi. Iflos suvni mexanik yo'l bilan tozalaganda undagi erimaydigan moddalar ajratib olinadi. Suvni mexanik yo'l bilan tozalash uchun maxsus qurilmalar va inshootlarda foydalaniladi. Kattaligi 5 mmdan ortiq bo'lgan jinslar yirik simli to'rlarda ushlab qolinadi, undan maydalari uchun mayda simli to'rlardan foydalaniladi. Suv yuzida suzib yuruvchi moddalar esa maxsus yog' tutuvchi qurilmalar yordamida tutib olinadi. Maxsus tindirgichlarda tindiriladi, suvdan ajratilgan moddalardan o'g'it, ayrim buyumlar ishlab chiqariladi. Suv mexanik tozalanganda uy ro'zg'ordan chiqqan suvdagi moddalarning 60% gacha, ishlab chiqarishdan chiqqan suvdagi moddalar esa 95% gacha ushlab qolinadi. Suvni kimyoviy yo'l bilan tozalashda unga kimyoviy moddalar solinadi. Ifloslovchi moddalar bu moddalar bilan birikma hosil qilib, maxsus tindirgichlarda cho'kindiga aylantiriladi. Ayrim moddalar zararsiz holga keltiriladi. Bu usulda suvni xlorlash ko'proq qo'llaniladi. Sanoatning nordon chiqindi suvlarini tozalashda ba'zan ohak suvi ishlatiladi. Oqar suvlarni tozalashda elektroli usulidan ham foydalaniladi. Suvni biologik yo'l bilan tozalashda suvdagi ifloslovchi moddalar biologic jarayonlar yordamida, ya'ni hovuzlarda to'plangan iflos suvlarda turli suv o'simliklarni o'stirish yo'li bilan (masalan, Chirchiq azot zavodi, Samarqand fosfor zavodlarining hovuzlarida) iflos suvdagi moddalar o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi, organic mineral moddalarning miqdori kamayadi, suv sifati yaxshilanadi, kislorodga boyib, suv tiniq, hidsiz bo'ladi, suvdagi nitrat va fosforlar erigan holda bo'ladi. Biologik tozalangan suvni ekin maydonlarini sug'orishga ishlatish mumkin va ochiq suv havzalariga ham tashlasa bo'ladi. Bu yo'l bilan tozalangan suvdan keng foydalanish imkoniyati tug'iladi. Suvdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari dastavval suvlarni kommunal, qishloq xo'jaligi va sanoatda ehtiyotlab sarflash hamda ifloslangan suvlarni tozalashga qaytarishdir. Hozigi vaqtda suv havzalarining ifloslanishdan saqlashning eng samarali tadbiri suvnichiqindisiz qayta ishlatish texnologiyasini joriy qilishdir. Chiqindisiz texnologiya deganda atrof muhitga zararli moddalarni chiqarmaydigan yoki ular miqdorini juda kamaytiradigan majmua tadbirlar tushuniladi. Buning uchun suvdan foydalanishning yopiq usuliga o'tish juda muhimdir. Juda yuqori sifatli suvni talab qilmaydigan ishlarda suvdan qayta foydalanishni 90-95% ga yetkazish mumkin. Iflos suvni tozalashning eng oddiy usuli filtrlash havzalarida yoki suv tashlash maydonlarida uni biologik yo'l bilan tozalashdir. Birinchi usulda tashlanadigan suv tuproqning fizik kimyoviy xossalariga to'g'ri keladigan va maxsus ajratiladigan yerlarga chiqariladi. Bu yerda suv 2 m gacha qalinlikdagi tuproq qatlami orqali asta sekin sizib o'tadi. Suv shu tariqa filtrlanganda muallaq zarrachalardan , deyarli, tamomila tozalanadi va chirituvchi mikroblar ta'sirida zo'r berib parchalanadigan organik birikmalar ham anchagina kamayadi. Yirik qum donalari qumloq tuproqli yerlar filtrlash havzalari uchun eng mosdir. Torfli tuproqlar ustiga 0,5 m qalinlikda qum solib, ulardan ham foydalanish mumkin. Download 32.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling