Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi
Download 267.55 Kb.
|
Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari..
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchiorganlarning roli va vazifalari Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli ancha katta. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar «O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuning 4-moddasida ko‘rsatilgan yagona davlat suv fondi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlari, yer osti suvlar va muzliklarni muhofaza qilish hamda mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan biri bo‘lgan prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ma’muriy va jinoiy ishlarni hamda suv resurslariga yetkazilgan zararni qoplash da’vosini qo‘zg‘atadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi ichki ishlar organ- lari O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘ri- sida»gi qonunining ijrosi ta’minlashda o‘z tarkibiga kiruvchi quyidagi: qo‘riqlash xizmati; profilaktika inspektorlari; tergov bo‘limi; jinoyat qidiruv bo‘limi va boshqa xizmat sohalari huquqbuzar- liklarning oldini olish va suvga oid qonunlar ijrosini ta’minlashda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadilar. Masalan, birgina ichki ishlar organlari tizimidagi qo‘riqlash xizmati mavjud davlat va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlarini (masa- lan, suv omborlari) qo‘riqlaydilar. Ichki ishlar organlarining mazkur qo‘riq- lash funksiyasi tegishli shartnoma, o‘zaro kelishuv asosida ham olib borili- shi mumkin. Shuningdek, profilaktika inspektorlari ham o‘z hududlarida suv obyektlarini muhofaza etish, uni ifloslantirmaslik, sanitariya talablariga mosligi va boshqa masalalarga oid tadbirlarni ham olib boradilar. Umuman olganda, ichki ishlar organlarining barcha faoliyati «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasiga, ya’ni «Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari»ga to‘la mos kelishi va amaldagi ekologik qonunlar asosida bajarilishi lozim. XULOSA Xulosa qilib aytganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekologik qonunlar ijrosini ta’minlash faoliyati katta ahamiyatga ega bo‘lib, ekologik qonun talablarini bajarish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda yordam beradi. Xullas, suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza etish ustidan davlat boshqaruvi hamda nazoratini olib borish katta ahamiyatga ega bo‘lib, suv resurslaridan oqilona foydalanish, tejab-tergash va uning sofligini saqlash hamda har qanday nojo‘ya ekologik huquqbuzarliklarning olishni ta’minlaydi. Zero, tabiatga, o‘simliklar dunyosiga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish- ga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki hammamizning asosiy burchimizdir. Download 267.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling