Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari
Download 267.55 Kb.
|
Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv resurslaridan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilishning huquqiy tartibi» tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Кommunikatsiyalarini Rivojlantirish VazirligiMuhammad Al-Xorazmiy nomidagiToshkent Axborot Texnologiyalari UniversitetiMUSTAQIL ISH Mavzu: Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari. Guruh: 025-18 Bajardi: Yo’ldoshev Fazliddin Tekshirdi:________________ Toshkent 2023 Mavzu; Suvni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish muammolari. Kirish Reja : Suv resurslaridan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilishning huquqiy tartibi» tushunchasiSuvdan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi hamda nazorat etish tartibihamda javobgarlik masalalari. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli va vazifalari xulosaKIRISH Tabiat boyliklari orasida suv alohida o‘rin tutadi. Chunki barcha tirik mavjudot hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo‘lishi mumkin emas. Ota-bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e’tibor berganlar. Shuning uchun ham ular «suv zar – suvchi zargar», «suv uchun kurash – hayot uchun kurash», deb bejiz aytishmagan. Sayyoramizda suv paydo bo‘lganidan keyingina hayot paydo bo‘lgan. Insoniyat hayoti davom etishi uchun odamlar suvni, suv manbalarini, avvalo chuchuk suvni ehtiyot qilishlari lozim. Sahroi Kabirdagi qabilalardan biriga mehmon bo‘lgan sayohatchilarning yuvinayotganini ko‘rib, mezbonlar ancha ranjishgan. Chunki, ular butun qabilaga bir necha kunga yetadigan suvni bir pasda tugatishgan. Ma’lum bo‘lishicha, suv bu yerda eng aziz ne’mat hisoblanib, uni qat’iy nazorat ostida tarqatishar ekan. Qadimgi Rimda suvning yangi manbalari haqida muntazam qayg‘urishgan. 312 yilda shaharga 16,5 km uzoqlikdagi toza suv manbaidan vodoprovod o‘tkazilgan. Taxminan oradan 50 yil o‘tgach, shaharga Annon daryosidan vodoprovod o‘tkazilgan bo‘lib, uning uzunligi 63 kmdan ortiq bo‘lgan, biroq bundan keyingi vodoprovod uzunligi 91 km edi. Shunisi qiziqki, vodoprovod suvi maxsus rezerv uarlarda yig‘ilib, tindirilgan. Unda suv bosimi kerakligicha bo‘lib, shu bosim tufayli jamoat hovuzlari, favvora, hammomlar, shuningdek shaxsiy uylar suv bilan ta’minlangan. Peruda «Suv xudosi» ibodatxonasi topilgan. Unda favvora va kanallar bo‘lgan, ular ibodatxona yaqinidagi sharshara suvi bilan to‘ldirilgan. Afinada esa eramizdan oldingi VI asrdayoq quduq suvidan foydalanish tartibini belgilaydigan qonun chiqarilgan. Ichimlik suvining odam organizmi uchun ahamiyatini sharqning ko‘pgina olimlari yaxshi bilishgan. Masalan, Ibn Sino «Tib qonunlari kitobining birinchi jildida «Suvning sifati» haqida ko‘pgina ma’lumotlar keltirgan, suvning inson hayoti uchun zarur elementlardan biri ekani, suvning xususiyatlarini yaxshilaydigan bir necha usullarni bayon qilgan. Ko‘rinib turibdiki, har doim odamlarni suv bilan ta’minlash masalasi muammo bo‘lib kelgan. Hattoki hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya, AQSh va boshqa ko‘plab mam- lakatlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Download 267.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling