Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv muvozanati tadqiqotlari fanining rivojlanish bosqichlari nechta 5. Suv muvozanati tenglamasining asosiy elementlarini aytib bering.
Sinov savollari:
1. Antik davrda faoliyat ko‘rsatgan olimlarni aytib o‘ting. 2. P.Perro qanday eksperimental izlanishlarni bajardi? 3. Suv muvozanati tenglamasini birinchi bo‘lib kim tavsiya etdi? 4. Suv muvozanati tadqiqotlari fanining rivojlanish bosqichlari nechta? 5. Suv muvozanati tenglamasining asosiy elementlarini aytib bering. 2.2. TURLI YUZALAR UCHUN SUV MUVOZANATI TENGLAMALARI Ushbu mavzuda Yer sharidagi turli yuzalar uchun suv muvozanati tenglamalarini tuzish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek quruqlik, daryo havzalari, ko‘llar va suv omborlari uchun alohida suv muvozanati tenglamalari tuzilgan. 2.2.1. Quruqlikning ma’lum qismi uchun suv muvozanati tenglamalari Ma’lumki, suv muvozanati usuli moddalarning saqlanish qonuniga asoslanadi. Bu qonunga binoan, quruqlikning alohida olingan qismiga ma’lum vaqt oralig‘ida kirgan suv miqdori shu quruqlikdan chiqib ketgan suv miqdoriga teng bo‘ladi. Namlikning o‘zgarishini hisobga olgan holda, bu tenglik quyidagicha ifodalanadi: К Ч A, bu yerda K-turli suvlarning uchastkaga kirgan yig‘indisi; CH chiqib ketgan suvlar yig‘indisi; A-uchastka ichida namli miqdorining o‘zgarishi. Suv muvozanatining kirim qismiga quyidagi komponentlar kiradi: yog‘in miqdori, yer usti va yer osti oqimlari, kondensatsiya suvlari, artezian suvlari va biokimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan suvlar. Chiqim qismini tashkil etuvchi elementlar esa quyidagilardan iborat: yer usti va yer osti oqimlari, umumiy bug‘lanish, chuqur-yer osti qatlamlaridagi suv zahiralarini to‘ldirishga sarflangan suv miqdori. Ajratilgan uchastkadagi umumiy namlik, miqdorining o‘zgarishi esa tuproq-gruntda, daryo o‘zanida, ko‘llar va suv omborlarida, botqoqliklarda va quruqlikdagi boshqa botiqliklarda namlik miqdorining o‘zgarishidan tashkil topadi. Atrof muhitga va shu jumladan, xududning katta qismida sodir bo‘layotgan gidrologik jarayonlarga inson faoliyatining ta’sirini miqdoriy baholash uchun ko‘p hollarda suv muvozanati tenglamalariga qo‘shimcha, inson xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi elementlar kiritiladi. Bularga daryo oqimini bir havzadan ikkinchi havzaga o‘tqazish, yer usti va yer osti suvlarini olish va tashlash gidrotexnik inshootlar yordamida oqimni boshqarish va xokazolar kiradi. SHunday qilib, suv muvozanati tenglamasiga kiruvchi elementlar soni ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin ularning absolyut qiymatlari ham, suv muvozanatidagi o‘rni ham turlichadir. Shuning uchun suv muvozanati tenglamasiga qo‘shimcha elementlar kiritib, ortiqcha aniqlikga intilish maqsadga muvofiq emasdir. Chunki hozirgi vaqtda gidrologik izlanishlarda qo‘llaniladigan usullar bilan bu qo‘shimcha kiritilgan kichik elementlarni aniq baholab bo‘lmaydi. Misol uchun, Yevropa hududining g‘arbiy rayonlarida o‘rtacha yillik kondensatsiya miqdori 5-6 mm ni tashkil qiladi, yer osti qatlamlari bilan suv almashinish esa atmosfera yog‘inlarining atigi 1-5 foizini tashkil etadi. Demak, quruqlik suv muvozanati tenglamasini aniq darajada echish uchun. birinchi navbatda uning kirim, chiqim va akkumulyatsiya qismlaridagi asosiy komponentlarni aniqlash kerak. Quruqlikning umumiy suv muvozanati tenglamasi fazodagi ma’lum hajm uchun M.A.Velikanov tomonidan keltirib chiqarilgan bo‘lib, planda esa S perimetrga ega bo‘lgan kontur ko‘rsatilgan. Muvozanatning kirim qismi uchun yog‘in-sochin miqdori-R, kondensatsiyaK, yer usti (U p ) va yer osti (U r ) oqimlari olingan. Chiqim qismiga esa bug‘lanish yig‘indisi-E, yer usti (U p ) va yer osti (U r ) oqimlari kiritilgan. Birlik t vaqt ichida (F) maydon yuzasiga yoqqan yog‘in-sochin miqdorini quyidagi tenglama yordamida tasvirlash mumkin: PF dt PdF (1) 23 T F Shunga o‘xshash tenglamalarni kondesatsiya, bug‘lanish, namlik miqdorining ko‘payishi (V 1 ) va kamayishi (V 2 ) uchun tuzish mumkin. Integral qismining maydonga bo‘lgan nisbati yuqorida ko‘rsatilgan elementlarning o‘rtacha qiymatinim tashkil etadi. Yer osti suvlarini xarakterlovchi elementlar (kirim va chiqim qismi) quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: УrF dt ads (2) T S bunda a-yer osti suvlarining vaqt birligi ichida perimetrning uzunlik birligiga oqib kelgan yoki oqib ketgan miqdori. Yer osti suvlarining oqib kelgan va ketgan miqdorini maydon birligiga keltirib, U r va U ’ r qiymatlarini topish mumkin. Suv muvozanati elementlarini xarakterlovchi yer usti suvlarining oqib kelgani va oqib ketgan miqdorini quyidagi ifodadan aniqlash mumkin: F n dt Qi (3) n T bu yerda Q i -i-chi daryolarning suv sarfi; n-daryo va jilg‘alar soni; U n -yer usti oqimi (kelgan, ketgan) qalinligi. Yuqorida keltirilgan hamma elementlarning yig‘indisini birlik maydonga keltiruvchi, quyidagi ko‘rinishdagi muvozanat munosabati tuziladi, bunda hamma elementlar oqim qatlami shaklida berilgan: P K 1 У n / V 2 У Г E 2 У n / V 1 У Г / , (4) n n Bu tenglama M.A.Velikanov tomonidan qabul qilingan bo‘lib, suv muvonazanatining umumiy ko‘rinishini ifodalaydi va har qanday hajm va vaqt oralig‘i uchun qo‘llanilishi mumkin. Atmosferdagi suv bug‘ining kondensatsiyalanishidan hosil bo‘lgan suv miqdori boshqa elementlarga nisbatan juda kichik bo‘lgani uchun, u hisobga olinmasa ham bo‘ladi. Suv muvozanat tenglamasining har qanday vaqt oralig‘i va har qanday quruqlik qismi uchun umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: P У п У Г Е У п S (5) bu yerda S –ko‘rilayotgan hajmdagi suv miqdorining vaqt birligi oralig‘ida o‘zgarishi; hisoblash orttirmasi, ya’ni (nevyazka) tenglamadagi elementlarni hisoblash va o‘lchash natijasidagi xatolikdir. Yuqoridagi suv muvozanati tenglamasi konkret vazifani bajarish uchun qo‘llanilganda uning elementlari hududning o‘lchami, gidrologik xususiyatlari, hisoblash davri va suv rejimi fazalariga qarab kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘plab hududlar tomonidan o‘zlashtirilganligi sababli, suv muvozanati tenglamalari alohida iqtisodiy rayonlar va viloyatlar uchun tuzilmoqda. Bu rayonlar chegarasi ko‘p holda suv ayirg‘ich chizig‘i bilan mos kelmaydi. Alohida iqtisodiy yoki ma’muriy hududlar uchun (5) ifoda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Р У м Е У У У r У r ' У S (6) bunda U m -shu hududda hosil bo‘lgan mahalliy oqim, U L -suv omil, U V -tashlama suvlar, U r boshqa havzaga suv omil. Yuqorida ko‘rib chiqilgan tenglamalar quruqlik yuzasi va tuproq grunt qatlamidagi suv muvozanat elementlarining bir-biriga bo‘lgan nisbatini xarakterlaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling