Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy yog‘in miqdori qaysi tenglamadan aniqlanadi 2.3.2. Bug‘lanish.
Sinov savollari:
1. Atmosfera yog‘inlari qanday asboblar bilan o‘lchanadi? 2. Yog‘in haqidagi ma’lumotlarni to‘plash tarixini aytib bering. 3. O‘lchangan yog‘in miqdoriga qanday tuzatmalar kerak? 4. Haqiqiy yog‘in miqdori qaysi tenglamadan aniqlanadi? 2.3.2. Bug‘lanish. Quyidagi mavzuda daryo havzasidan, turli yuzalardan sodir bo‘ladigan bug‘lanish jarayonini aniqlash, o‘lchash usullari va asboblari ko‘rib chiqilgan. Bug‘lanish suv muvozanati tenglamasidagi chiqim qismining asosiy elementlaridan biridir. Daryoning havza maydonida bug‘lanishni hisoblash juda murakkab masaladir, chunki havzani qoplagan o‘simliklar, maysazor, suv zahiralari, shudgorliklardan yalpi bug‘lanishni aniqlash kerak. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan va tarqoq joylashgan tuproq va suv yuzida o‘rnatilgan bug‘lanishni o‘lchaydigan asboblar butun havza maydonidagi bug‘lanishni o‘lchash imkoniyatiga ega emasligi kuzatiladi. Izlanishlar asosida, kondensatsiyalangan suv miqdori infiltratsiya suvlarining taxminan 1530% tashkil etganligi aniqlandi. Misol uchun Kola yarim orolida bir yilda tuproq-gruntga kondensatsiyalangan suv miqdori 15 mm ga tengdir. Qoraqum hududida esa bu miqdor 11,2 dan 17,8 mm gacha o‘zgaradi, bu daryo suvining 20 % gacha, yer osti suvlarining 30-40% ni tashkil etishi mumkin. SHuning uchun cho‘l va yarim cho‘l hududlarida suv muvozanatini tuzganda kondensatsiyadan hosil bo‘lgan suv miqdorini hisobga olish zarurdir. Bug‘lanish va suv muvozanatdagi boshqa elementlarni tabiiy sharoitda o‘lchash va o‘lchagich qurilmalarini qo‘llash o‘zining taxminan 300 yillik tarixiga egadir. Turli ko‘rinishdagi bug‘latgich asboblar respublikamizda va boshqa mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Kuzatishlar har qanday muhitdan tuproq, suv, qor, o‘rmon, qishloq xo‘jalik ekinlari va boshqa yuzalardan bug‘lanishni aniqlash uchun olib boriladi. Bug‘lanishni o‘lchaydigan asboblar asosan o‘rnatilgan joyining yuzasidan ro‘y beradigan bug‘lanish jarayonini xarakterlaydi, xatto bir xil landshaftga ega bo‘lgan hududlar uchun bir qancha asboblar o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun, bunday asboblarning ma’lumot suv muvozanat tajriba stansiyalarida yoki kichik havza maydonida ishlatiladi. Ko‘pincha havza maydonidagi umumiy bug‘lanish metodik qo‘lanmalar yordamida baholanadi va ular asosan issiqlik muvozanatining yoki turbulent diffuziya tenglamalaridir. Bundan tashqari, gidrometeorologik omillarni hisoblovchi har xil empirik bog‘lanishlardan foydalaniladi. Turli yuzalar, ya’ni turli muhitni tashkil etuvchilarga alohida konkret metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Tabiatda bug‘lanish jarayoni bilan bir qatorda unga qarama-qarshi bo‘lgan kondensatsiya jarayoni ham muhim o‘rin egallaydi. Havo atmosferasida bo‘ladigan kondensatsiya (shudring hosil bo‘lishi) va tuproqdagi kondensatsiya mavjuddir. Shudringdan hosil bo‘lgan namlik odatda kichik bo‘lib, yog‘in miqdorining 1-2% ni tashkil etadi. Ayeratsiya va to‘yinish zonalarida ham kondensatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Buning natijasida yer osti suvlarining ko‘payishi kuzatiladi. Bunday asboblarning afzalligi-oddiyligida, qulayligida va ular yordamida olingan ma’lumotlarning katta aniqlikka ega bo‘lganligidadir. Bug‘latgich asboblarning umumiy kamchiligi-bu devori metalldan yasalganligi sababli tashqi muhitdan issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va asbob ichida harorat tashqariga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Natijada kuzatilgan qiymatlarning xatoligi ortadi. 30 Hozirgi vaqtda quyidagi standart tuproq bug‘latgich asboblari qo‘llaniladi: 1. GGI-500-50, GGI-500-100 hamda kichik modeldan yuza maydoni 2000 sm 2 ga va chuqurligi 150 sm ga teng bo‘lgan yaxlit gidravlik tuproq bug‘latgich ishlatiladi. 2. GGI-500-50 va GGI-500-100 asboblarida kuzatishlar orasidagi vaqtda tuproqdan bug‘langan namlik miqdori asbob og‘irligining farqi bilan aniqalanadi, albatta tuproqga yoqqan yog‘in miqdorini va tuproqdan sizib o‘tgan namlikni hisobga olgan holda quyidagi ifodadan foydalaniladi: E 0,02 (Q 1 -Q 2 ) P-i bu yerda Q 1 va Q 2 bug‘lanishni o‘lchaydigan davrning boshida va oxiridagi asbob og‘irligining farqi, R-yog‘in miqdori, mm; i- asbobdan sizib o‘tgan namlik miqdori,mm; 3. GGI-500-50 bug‘latgich asboblari ishlov berilgan maydonlar yuzasidan, dalalardan, maysazorlardan, shuningdek o‘ta nam rayonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlaridan bug‘lanishni o‘lchash uchun ishlatiladi; 4. GGI-500-100 esa asosan namlik etishmaslik maydonlar yuzasidagi bug‘lanishni o‘lchash uchun foydalniladi. Bu asboblar maxsus tarozilarda tortiladi. 5. Oxirgi yillarda sug‘oriladigan yerlarda yirik suv muvozanat stansiyalarida bug‘lanishni GR-80 lizimetri bilan o‘lchashadi. Asbobning yuza maydon 0,2 sm 2 ga teng standart chuqurligi esa 1,0, 1,5, 2,0 va 2,5 m, bunda asosan ayeratsiya va suvli qatlamdagi suv almashinish va yuzadagi bug‘lanish o‘rganiladi. Lizimetr-qurilma bo‘lib, chekalaridan gidroizolyatsiya qilingan monolit (yaxlit) bo‘lib, pastki qatlami suv bilan to‘yingan bo‘ladi. Monolitdagi grunt suvlari maxsus qurilma yordamida saqlanadi va o‘lchanadi. Lizimetrda qoplangan monolitdagi bug‘lanish quyidagi bog‘lanish yordamida aniqlanadi: E R M Yer-j S a , bu yerda: R-yog‘in miqdori, M-sug‘orish suvlari; lizimmetrga yetib kelgani; Yer-ayeratsiya zonasidagi grunt suvlarining sarfi; j-shimlishdan ko‘paygan yer osti suvi; S a -ayeratsiya zonasidagi namlikning o‘zgarishi, tortish usuli bilan aniqlangan. Hozirgi vaqtda suv sathini kuzatuvchi lizimetrlar GGIda ishlab chiqilgan. Bu lizimetrlar ko‘p joylarda ishlatiladi. Suv yuzasidan bug‘lanish GGI-3000 asbobi bilan o‘lchanadi. Bu asboblar kontinental bug‘lanish maydonida yoki suzuvchi bo‘ladi (suv yuzasida suzib yuradi). GGI-3000 asbobi silindr shaklidagi metall idish bo‘lib, asbobning bug‘latgich maydoni 3000 sm 2 , o‘q bo‘yicha balandligi 685 mm ga tengdir. Bu asbobdan bug‘lanish yog‘in miqdorini hisobga olgan holda boshlang‘ich va oxirgi vaqtdagi suv sathining farqi bilan aniqlanadi: E R (h 1 -h 2 )k bunda: R-yoqqan yog‘in sochin qatlami, mm; h 1 va h 2 –sathlar; k-tuzatgich koyeffitsent, o‘lchash trubkasidagi graduirovkaning noaniqligi. Bug‘lanish deb moddaning suyuq (suv) yoki qattiq (qor, muz) holatidan bug‘ga o‘tishiga aytiladi. Moddalarning qattiq holatidan suyuq holatiga o‘tmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri bug‘ holatiga o‘tish jarayoniga vozgonka deb ataladi. Tuproq va o‘simliklar yuzasidan suvning bug‘lanishiga yalpi bug‘lanish, o‘simliklardan bug‘lanish esa-transpiratsiya deyiladi. Teskari jarayonni ya’ni bug‘ni suvga aylanishiga kondesatsiya deyiladi. Suv bug‘i atmosferada kondesatsiyalanib, bulutlar va so‘ng yog‘in sochinni hosil qiladi. Tabiatda bug‘lanish va atmosferadagi jarayonlar tufayli suvning aylanma harakati kuzatiladi. Aylanma harakatda ishtirok etuvchi namlikning miqdori 0,577 mln km 3 ga,uni bug‘latish uchun sarflanadigan energiya esa 14*10 2 KJ ga teng, ya’ni Yer shariga keladigan quyosh radiatsiyasining 30 % ini tashkil etadi. Materiklarga yog‘adigan yog‘in miqdori R 0,103 mln km 3 ga teng bo‘lib, bug‘lanish miqdoridan ko‘p (E 0,063 mln km 3 ). Materiklardan bug‘lanib ulgurmagan suv hajmi 0,040 mln km 3 yoki 266 mm ga teng, namlikning bu qismi daryolarning oqimini hosil qilib, dengiz va okeanlarga qo‘yiladi (U 0,040*10 6 km 3 ). Turli yuzalardagi (suv, qor, muz, tuproq) bug‘lanish jarayoni ilmiy va amaliy jihatdan, suv zahiralari bilan bog‘liq bo‘lgan, halq xo‘jalik vazifalarini echishga qaratilganligi uchun ko‘pgina mutaxassislarni qiziqtiradi. Bug‘lanish haqidagi ma’lumotlar dengizlar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklar qor va tuproq qatlamlarining suv va issiqlik balanslarini tuzish uchun kerak bo‘ladi. Bug‘lanish nazariyasining rivojlanishida ingliz olimi Dj.Dalton (1802 y) va rossiyalik E.V.Shtellingning (1882 y) ilmiy ishlari asos bo‘ldi. Dalton birinchi bo‘lib bug‘lanish tezligi to‘yingan bug‘ bosimi va havodagi bog‘lanishni ifodalovchi miqdoriy qonunini kashf etadi. Bug‘lanishni hisoblash uchun Dalton tomonidan tavsiya etilgan va Shtelling bilan ifodaning takomillashtirgan ifodaningstrukturasi hozirgi vaqtga qadar o‘zgartirilmagan holda qo‘llaniladi. Suvning bug‘lanishi haqidagi ilmning rivojlanishiga Ye.V.Oppokov, E.M.Budiko, V.V.Shuleykin, V.K.Davidov, M.I.Budiko, B.D.Zaykov, M.P.Timofeyev, A.R. Konstantinov, T.P.Kuzmin va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling