Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
ko‘rib chiqilgan. Shu jumladan, atmosfera yog‘inlari, ularni o‘lchash asboblari va o‘lchangan miqdorlarga qanday
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen
ko‘rib chiqilgan. Shu jumladan, atmosfera yog‘inlari, ularni o‘lchash asboblari va o‘lchangan miqdorlarga qanday
tuzatkichlar kiritilishi yoritilgan. Atmosfera yog‘inlari suv muvozanati tenglamasidagi kirim qismining asosiy elementidir. Bu meteoyelementni o‘lchash insoniyatni qadimdan qiziqtirgan. SHunga qaramasdan hozirgi kunda dunyoda mavjud bo‘lgan yog‘in o‘lchash asboblari yog‘in miqdorini ma’lum xatolik 29 bilan o‘lchaydi. Shu tufayli ularni takomillashtirish hamda o‘lchash aniqligini oshirish hozirgi kunning talabidir. Eramizdan oldingi IV asrda Hindistonda yog‘in haqidagi ma’lumot yig‘ila boshlagan. Koreyada 1442 yildan boshlab yog‘in o‘lchaydigan asbob qo‘llanilgan, Yevropada esa zamonaviy yog‘in o‘lchaydigan asbob (dojdemer) XVI asrdan qo‘llaniladi. F.Nifer 1878 yilda konus shaklidagi muhofazaga ega bo‘lgan yog‘in o‘lchaydigan asbobni tavsiya etdi, keyinchalik bu muhofazali asbob uning nomi bilan yuritildi. Rossiyada yog‘in haqidagi ma’lumotlar 1835 yildan boshlab, muntazam ravishda to‘planilgan, ammo qo‘llanilgan asboblar muhofazasiz tuzilishga ega bo‘lgan. 1891 yildan boshlab, meteostansiyalar tarmoqlarida yog‘in miqdorini Nifer muhofazali asboblar yordamida o‘lchashgan. Bu asboblar yer yuzasidan 2 m balandlikka o‘rnatiladi. Yog‘in o‘lchaydigan asbob paqirining qabul qilish maydoni 500 sm 2 ga tengdir. 1941 yil V.D.Tretyakov tomonidan yog‘in o‘lchaydigan asbob ixtiro qilinib, u plankali muhofazaga ega bo‘lgan, yog‘inlarni qabul qilish yuzasi 200 sm 2 ga tengdir. Qabul qilish paqirining joylashgan chuqurligi, yuza maydonning kichikligi uchun ichiga yoqqan qorni shamoldan saqlab qolish qobiliyatiga egadir. 1948-1956 yillar oralig‘ida Sobiq Ittifoq meteostansiya tarmoqlarida va postlarida Nifer asboblar o‘rniga Tretyakov asboblari o‘rnatildi. Almashtirsh natijasida bir asbobdan ikkinchi asbobga o‘tish R koyeffitsenti kiritildi, bu koyeffitsent kuzatishlarning uzluksizligini va ularning davomiyligini saqlab qolish uchun kerak bo‘ladi. O‘lchangan yog‘in yig‘indisi miqdoriga tuzatmalar kiritish. Tretyakov asbobi bilan o‘lchangan yog‘in R miqdorini umumlashtirish natijasida ularning «haqiqiy» qiymatlarini aniqlashtirish uchun o‘lchangan qiymatlarga tuzatma kiritilishi tavsiya qilindi. Tuzatmalar quyidagilardan iborat: yog‘in o‘lchash asbobidan shamol bilan yomg‘ir zarralarini olib chiqishni hisobga olish.-R V ; yog‘in o‘lchash paqiridagi bug‘lanishga (R B )ni hisobga olish; yog‘in o‘lchash asbobi paqiri devorining namlanishiga R s ; sarflangan namlik; yer yuzasidagi qor qoplamidan shamol ta’siri yog‘in o‘lchash asbobga tushgan qor zarrachalarini hisobga olib, barcha tuzatmalarni kiritib, atmosferadan yoqqan yog‘inning haqiqiy qiymatiga yaqin qiymat R N quyidagi ifoda yordamida hisoblanishi mumkin: Р Ризм' Pc Pб Pв Pн , Tajribalar natijalari shuni ko‘rsatdiki, bir kuzatish vaqtida yog‘in o‘lchash paqirining namlanishiga yomg‘irning 0,2 mm, qorning esa 0,1 mm sarflanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling