Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari


Download 83.5 Kb.
bet2/6
Sana04.01.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1078169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
suvning tabiiy va kimyoviy

Antionlar Kationlar
Xlorioni S1 Natriy ioni La
Culfat ioni SO4 Kaltsiy ioni Ca
Gidrokarbonat ioni 4 CO3 Magniy ioni Mg
Karbonat ioni CO3 Kaliy ioni K
Quruqlikdagi suvlarning kimyoviy tarkibi Dunyo okeani suvidan keskin farq qiladi. Bu farq quruqlik suvlarida karbonatlarning okeanlar va dengizlar suvlarida esa xloridlarning ko’pligi o’z aksini topgan.
Suvning Yerdagi xayot uchun ahamiyati beqiyosdir. O’zining uzluksiz harakati tufayli suv Yer kurrasida kuzatilgan barcha tabiiy jarayonlarda ishtirok etadi. Suvning geografik qobiqdagi ishini miqdor jihatdan Quyosh radiatsiyasi bilan taqqoslasa bo’ladi. Sifat jihatdan esa uning o’rnini hech narsa bosa olmaydi.
Inson qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini qondirishda eng sodda usullarni ko’plab foydalanib kelgan bo’lsa hozirgi kunga kelib suv maxsus inshoat va qurilmalar yordami titilib, tabiiy yoki sun‘iy ravishda tozalanib, kerak bo’lgan hollarda zararsizlantirilib ishlatilmoqda. Qishloq xo’jaligi va sanoatda suvning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. Masalan: bug’doydan olinadigan hosilning har bir tonnasi uchun 1500 tonna, 1 t sholi uchun 4000 t, 1 t paxta yetishtirish uchun 1000 tonnagacha suv talab etiladi. Sanoatda 1 t g’isht tayyorlash uchun 1 – 2 t, 1 tonna ko’mir qazib chiqarish uchun 3 t 1 tonna po’lat yoki qog’oz ishlab chiqarish uchun esa 250 – 300 tonna suv zarur bo’ladi. 1 tonna sintetik tola ishlab chiqarish vaqtida esa 4000 t gacha suv talab etiladi. 1 tonna ip – gazlama tayyorlash uchun 10 t suv sarflansa, ba‘zi bir sintetik tolalardan 1 tonna gazlama tayyorlash uchun 3000 t suv talab etiladi.
Suv havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi ham hammaga ma‘lum. Suv transportining xalq xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Shu maqsadda dunyodagi ko’p daryolar kanallar orqali bir – biri bilan va dengizlar bilan tutashtirilgan.
Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko’pgina daryolarda eng arzon elektr energiyasi beruvchi GESlar qurilgan va qurilmoqda.
Suv ob‘ektlarining muhofaza maqsadlari uchun ham ahamiyati kattadir. Chunki mamlakatlar chegaralarining ko’p qismi daryolar va dengizlar orqali o’tadi. Ularni sergaklik bilan qo’riqlash uchun shu suv ob‘ektlarining gidrografiyasini va suv tartibini yaxshi o’rganish talab qilinadi. O’rtacha 0,505 kkal/g.gard, havoniki – 0,237 kal/gard. va tuproqning 0,40 kal/g gard ga teng. Suvning harorati o’zgarishi bilan uning solishtirma issiqlik sig’imi kam o’zgaradi. Suv issiqlik sig’imining kattaligi quruqlikdagi suvlarning sovushi va isishi jarayonlarida shuningdek, butun yer kurrasi iqlimining hosil bo’lishida muhim rol oynaydi.
Suvning yaxshi erituvchilik xususiyati sababli uning tarkibi doimo ko’p yoki oz miqdorda erigan moddar bo’ladi. Erigan moddalar kontsentratsiyasi ko’pincha mg/l larda ifodalanadi. Suvda erigan magniy va kaltsiy birikmalarining bo’lishi uchun qattiqligini ta‘minlaydi. Qattiqlik darajasi graduslarda o’lchanadi: 1 l suvda 10 mg kaltsiy oksidi va 14 mg magniy oksidi bo’lsa u 1 gradus qattiqlikka teng bo’ladi. 8 dan kam qattiqlikka ega bo’lgan suv yumshoq 8 dan 16 gacha o’rtacha qattiq va 16 dan katta bo’lsa qattiq suv hisoblanadi. Qattiqligi 12 dan kam bo’lgan suv ichish uchun yaroqlidir. Qattiq suv texnik maqsadlar uchun yaroqsiz ular metallar sirtida korrogiyani tezlashtiradigan zararli qatlamlar hosil qiladi.
Suvda vodorod ionlari juda kam bo’ladi. Kimyoviy toza suvda vodorod ionlari uning qisman disotsiatsiyasi (N2 O – N + ON) natijasida paydo bo’ladi.
Tabiiy suvlarda vodorod ionlari kondentratsiyasi asosan ko’mir kislotasi dissotsiatsiyasiga bog’liq bo’ladi. (N2 SO3 – NSO3 + N) vodorod ionii (N) eritmasi kislota xususiyatlarini ifodalovchisi bo’lsa, gidroksil ioni (ON) esa ishqoriy xususiyatlarni ifodalaydi. Kimyoviy toza suvda ikkala ion bir xil miqdorda bo’ladi. Shu sababli u neytroldir. Bu neytrol reaktsiyada vodorod ionlari kontsentratsiyasi 10-7 g/l ga teng bo’ladi.
Odatda suvdagi vodorod ionlari kontsentratsiyasi manfiy belgili o’qli logorifm daraja ko’rsatkichi bilan va kontsentratsiya miqdori raman bilan ifodalanadi. Shunday qilib neytral, reaktsiyali suvda rN>7 bo’ladi. Agar rN<7 bo’lsa reaktsiya kislotali (achchiq), rN>7 bo’lsa ishqorli (nordon) bo’ladi. Tabiatdagi suvlarda rN 6,5 dan 8,5 gacha oraliqdagi qiymatlar kuzatiladi.
Tabiiy suvlarning asosiy ionlarga quyidagilar kirib, ularning turttasi musbat zaryadlangan.(kationlar), 4 tasi manfiy zaryadlangan (anionlar)dir.
3. Dunyo okeanidagi suv eritmadan iborat bo’lib uning tarkibida 44 ta element borligi aniqlandi. Suvda ayniqsa tuzlar ko’p. Okean suvi bundan tashqari gazlar va organik yo’l bilan paydo bo’ladigan moddalar bilan toyingan.
Suvda erigan mineral moddalar miqdoriga qarab suvning shurlign aniqlandi. Suv sho’rligi ‰ hisobida, ya‘ni 1 kg da suvida necha gramm tuz borligiga qarab o’lchanadi. Okeanlarning ochiq qismlarida suv sho’rligi o’rta hisobda 35% ga teng, ya‘ni 1 kg suvda 35 g tuz bor. Okean suvining ko’pgina xossalari achchiq – sho’rligi solishtirma og’irligining va boshqalar shu suvdagi tuz miqdoriga bog’liq. Shu bilan birgalik mutloqa sof (toza suv) tuproq hosil qilish temperaturasi ta‘sir etmagan tog’ jinsi kabi unumsiz bo’ladi. Tabiiy dengiz suv esa unumdordir.
Okean suvinin turi tarkibidagi moddalar nisbati Dunyo okeanining hamma qismida deyarli bir xildir.
Tabiatdagi barcha suvlarning asl manbai mantiyadagi moddalardir. Suv mantiyadan tashqari platnetalararo bo’shliqdan ham keladi. Taxminiy hisoblarning ko’rsatishicha, Yerga bir kecha – kunduzda 15000 tonna meteorit moddalar tushadi va ularning o’rta hisob bilan 0,5% ga yaqini suvdan iborat. Binobarin, Yer yuzasidan sutkasiga 77 m suv oladi. Butun geologik eralar mobaynida ya‘ni 3,5 mlrd yilda, Yerga fazodan 90 km ya‘ni Ladoga ko’li suviga taxminan 100 baravar ko’p suv kelgan.
Taxminiy hisoblarga asoslanib, butun yer shari yuzasiga magmadan yilga 0,4 km ga yaqin suv ajralib chiqadi, deyish mumkin. Yerning chuqur qismidagi suv yuqori bosim ostida bo’lganidan bug’lanib keta olmaydi va tarkibida xlor-natriy hamda kaltsiy bo’lgan namokobdan iborat.
Endogen suvlar yer betiga kutarilgach, ularga geografik qobiqdagi tirik mineralizatsiyasi o’zgaradi. Dunyo okeanidagi suv endogen va biogen yo’l bilan paydo bo’lgan. Eng chuqurdagi suv juda shur bo’lsa, muzliklar suvi chuchuk bo’ladi. Shu bilan birga dengizdagi tuzlarni daryolar keltirgan degan gipoteza ham bor. Daryolar quruqlikning muttasil ravishda har xil tuzlarni keltirib, ularni dengizlar tagida juda ko’plab tuplaydi. Daryolarning ham ma‘lum bir roli bor ekan, lekin daryolarda xlorid 5,2 % , karbonat kaltsiy 6% ga yetadi. Dengizdagi tuzlarning qaerdan kelib chiqishi, aniqrog’i ularning ikki xil yo’l bilan paydo bo’lganligi, ya‘ni mantiyaning ajralib chiqqanligi va materik suvlardan vodorodga kelganligi xaqidagi gipotezalarga to’g’ri baho berish uchun okean bilan quruqlik, suv bilan tirik organizmlar o’rtasidagi tuz almashinuvini hisobga olish zarur.
Daryo suvlari bilan dengiz suvlarining tarkibi bir – biridan farq qilishiga sabab shuki, okeandagi organizmlarning skleti va chig’anoqlari ko’pdan – ko’p birikmalardan, shu jumladan tuzlardan vujudga keladi.
Bu moddalarning bir qismi hayvonlar va o’simliklar nobud bo’lganda suv tagiga cho’kib, ularning aylanma harakati tugaydi. Organizmlarning skelet va chig’anoqlari tarkib topishi uchun doimiy ravishda juda ko’p kaltsiy va kremniy sarf bo’ladi, ba‘zi tirik organizmlar suvdan yod, mis, rux, vanadiy va boshqa xil elementlarni ajrata oladi.
Shu jumladan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:

  1. Dengizdagi tuzlarning asl manbai mantiyadir.

  2. Okean bilan quruqlik o’rtasida tuz almashinuvi mavjud.

  3. Okean suvlarining tuz rejimini tirik organizmlar tartibga solib turadi.

Dunyo okeani suvining sho’rligi arxey erasida 25% dan hatto 10% dan kam bo’lgan, ya‘ni o’sha vaqtdagi suv havzalari salgina sho’r bo’lgan xolos. Okeanlarning yuza qismidagi suvlar sho’rligi turli joylarda kam farq qiladi, biroq sho’rlikning tarqalishida ham har holda zonallik qonuniyati mavjud. Ekvatorial zonada suvning sho’rligi 35% va undan ham bir oz kamroq. Zond orollari atrofida esa 32% gacha tushib ketadi. Suv sho’rligining kamligiga sabab yomg’irning juda ko’p va havoning serbulut ekanligidir. Tropik o’lkalardagi okean suvlari ancha sho’r 36,9% ga yetadi. Bu o’lkalarda suvning juda sho’rligi ochiq havoda va muttasil etuvchi passat, shamollari natijasida bug’lanishning kattaligi va yog’in miqdorining kamligidir. Mo’‘tadil maqsadda normal 35% atrofida bo’lib, qutbiy kengliklarda daryolarning ko’plab chuchuk suv kelishi natijasida va muzlarning kelayotgan suvlar natijasida 32% gacha tushib qoladi.
Dengiz suvlari sho’rligining o’zgarishidagi umumiy zonallikni Dunyo okeanidagi oqimlar murakkablashtiradi, iliq suvlar sho’r, sovuq suvlar chuchuk bo’ladi. Yog’in haddan tashqari ko’p tushadigan zonalarda joylashgan dengizlar suvi okean suviga qaraganda har doim chuchukroq bo’ladi, bunday dengizlar suvining sho’rlik muzlari bug’ozlarining kengligiga va dengizning quruqlik ichkarisiga qancha kirib borganligiga bog’liqdir. Masalan: Oq dengiz suvining sho’rligi Gorlo boynida 34% bo’lsa, dengizning o’rta qismida 25%, Dvina gubasida 7%.
Yog’in kam tushadigan zonalarda joylashgan dengizlar suvi okean suviga nisbatan sho’r bo’ladi, chunki qizib yotgan quruqlik dengizning suvning bug’lanishiga ta‘sir etadi. Dunyo okeanidagi eng sho’r suv Qizil dengizda bo’lib, bu yerda sho’rlik 41% ga yetadi. Dengiz mo’‘tadil iqlimli quruqlikning qanchalik ichkarisida bo’lsa, sho’rligi shuncha kamaya boradi. Chunonchi Marmar dengizida 25%, Qora dengizda 18%, Azovda 12%, Chekka dengizlarda suvning sho’rligi okeandagiga tengyo km kam. Dunyo okeanidagi tuz mo’‘tadillari shu qadar ko’pki, agar uni suvning ajralib olib, materiklar ustida yoyilsa qalinligi 153 m li tuz qatlami hosil bo’ladi.
Dengiz suvning osh tuzi, magniy, brom, kaliy tuzlari va boshqa ko’plab elementlar hamda birikmalar olinadi. Bundan tashqari suvda Azot, SO2, O2 ba‘zan esa oltingugurt ham bor. Azot suvga atmosferadan o’tadi. O’simliklarning oziqlanishi organik birikmalar asosan nitratda azot ham ishtirok etadi.
Suvga atmosferadan o’tuvchi, vulkanlar otilganda va organik moddalar parchalanganda hosil buluvchi karbonat angidrit SO2 gazi okean suvida har doim yetarli miqdorda bo’ladi. Ba‘zan okeanlar tagidagi hayvonlar ko’p joylarda bu gaz me‘yoridan ortiq ham bo’ladi. Dengizlarning chuqur cho’kmalarida okeanning sho’r suvi tutib qoladi va yuqorig ko’tarila olmay oltingugurt vodorodiga toyinib qoladi va oltingugurt hosil bo’ladi.

Hozirgacha yer osti suvlarining umum qabul qilgan tasnifi yuq. Bu esa ularning har xil xossalariga, joylanish sharoitlariga bog’lik va xakozo. Yer osti suvlari bir necha belgilariga qarab guruxlarga bo’lish mumkin. Masalan xaroratiga ko’ra: sovuq (-10,-20 S), iliq (20...40o S) va issiq (40o S dan yuqori) suvlar; tuzligiga qarab: chuchuk (tuzsiz), sho’r suvlar va xokazo.


Yer osti suvlari suvli gorizontning joylashishiga, bosimning bor-yo’qligiga, yotish xolatiga, gidravlik belgisiga va ximiyaviy tarkibiga qarab ustki, grunt va qatlamlararo suvlarga bo’linadi. Bulardan tashqari yoriq, qarst, doimiy muzloq va shifobaxsh xususiyatiga ega bo’lgan mineral suvlar xam bo’ladi. bu suvlar ko’p xollarda sanoat korxonalarida ishlatiladi. Ular bosimli yoki bosimsiz bo’lib, ba'zi uziga xos xususiyatlari bilan boshqa xildagi suvlardan ajralib turadi.

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling