Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari Eritmalar va ularning ahamiyati


MARUZA. TABIIY SUVLARNING UMUMIY KIMYOVIY TARK IBI VA ULARDAGI JARAYONLAR


Download 393.82 Kb.
bet5/65
Sana19.04.2023
Hajmi393.82 Kb.
#1362815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
suv va gaz analizi

MARUZA. TABIIY SUVLARNING UMUMIY KIMYOVIY TARK IBI VA ULARDAGI JARAYONLAR.



Reja:

  1. Tabiiy suv turlari.

  2. Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari.

  3. Suvda erigan gazlar.

  4. Tabiiy suv havzalaridagi jarayonlar haqida umumiy ma’lumot.

  5. Tabiiy suv havzalarining oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.

  6. Suvdagi biogen elementlar.

1. Tabiiy suv turlari. Suv - buyuk tabiat inomi ekanligini hamma ham chuqur anglab etganmi? Barcha kishilar uchun mazkur savolga ijobiy javob olish, afsuslar bo'lsinkim, mumkin emas, aks holda, hozirgi kunda suvga bo'lgan munosabatimiz daxshatli sur'atda yomon bo'lmas edi. Har qanday inson suv to'g'risida to'liq bilim egasi bo'lganda, hayotimizning ekologik ko'rsatkichlari shunchalik buzilib ketmas edi, ehtimol. Har bir bo'lg'usi texnolog uchun quyidagi, suv to'g'risidagi, ilmiy ma'lumotlarni bilishi shart.
Tabiiy suvlar o'z tarkibiy, sifat-miqdoriy ko'rsatkichlariga ko'ra turli-tumandir: sho'r ta'mli dengiz-okean suvi, chuchuk (ichimlik) soy va buloq (daryo, yer osti quduq va hakozo) suvlari, qor-yomg'ir suvi, minerallangan, ayrim hollarda xatto issiq, yer osti suvlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Lekin, shu bilan bir qatorda, hatto, bir soy yoki daryo suvi turli joyida (o'zani bo'ylab, albatta) bir xil tarkib va xususiyatga ega bo'lmasligini ham bilish zarur. Shuning uchun ham, qadimgi Yunonistonlik olim va faylasuf Geraklit (eramizdan oldingi V asrda) daryoning muayyan bir xil tarkibdagi suviga 2 marta tushib bo'lmasligini ta'kidlagan, ya'ni cho'milayotgan kishi har gal yangi tarkibda va sifatda bo'lgan suvga tushadi(cho'milayotgan joyi o'zgarmagan holda).
Tabiatga antropogen omil kuchayganligi, ya'ni ko'plab sanoat korxonalari, qishloq xo'jaligi ekinzorlari, kommunal xo'jaliklari faoliyati natijasida har xil chiqitlar bilan atrof-muhitlar bulg'anadi, shu jumladan, iflos oqavalar bilan suv havzalarining ifloslanishi sabab toza suv muammosi hozirga paytda eng dolzarb masala hisoblanadi.

Download 393.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling