Ish tugagach:
ish o'rnini tartibga solish, axlat va ortib qolgan materiallarni chiqarib tashlash;
mexanizm va moslamaiarni smena oluvchi yoki masterga topshirish;
asboblarni omborga topshirish yoki yashikka solib qo'yish;
jomakorni yechib, yuz va qollarni yaxshilab sovunlab ynvish yoki iliq dush qabui qilish zarur.
NAZORAT SAVOLLARI
Qurilish qorishmasi deganda nimani tushunasiz?
Qurilish qorishmasi qaysi ko'rsatkichlariga ko'ra tavsiflanadi?
Bog'lovchining xiliga ko'ra qorishmalar turlarini aytib bering.
Oddiy va murakkab qorishmalar turlarini ayting.
Vazifasiga ko‘ra qanday qorishmalar farq qilinadi?
Berilgan yoyiluvchanlikdagi qorishma olish uchun lm3 qumga sarflanadigan suvning taxminiy miqdori (kg da) qanday aniqlanadi?
Qorishmaning yoyiluvchanligi deganda nimani tushunasiz va u nimaga bogiiq?
Sovuqqa chidamliligiga ko'ra qanday qorishma ishlatiladi?
Yuzalarni suvashga tayyorlashda qanday materiallar ishlatiladi?
Suvoqchilikda qanday asboblardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |