Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
Ish vaqtida:
havozalar holatini hamisha kuzatib turish, zina kataklarida va qavatlararo orayopma yoki to'shamalar qo'yilmagan xonalarda suyanma narvonda ishlamaslik; havozalarning ustki qavatlarida ishlayotganda ularning pastki qavatlarida ishlash mumkin emas. Bir vaqtda ishlayotgan ishchilar orasidagi masofa 2 m dan kam bo'lmasligi; fasad suvog'ini xurushlashda ishlatiladigan sulfat kislota ish joyiga og‘zi germetik berkitilgan idishda keltirilishi, kislotani ishlatadigan ishchilar himoyaiovchi ko‘zoynak taqib, jomakor, brezent qo'lqop yoki rezina qo'lqop kiyib ishlashlari; ish kam bo'lganda va binolarni ta’mirlash vaqtidagina binoning fasadini osma kajavada turib suvashga ruxsat etiladi. Kajavaning poli zich qoqilgan va atrofi balandligi 1 m li panjara bilan o'ralib, panjaraga to‘r yoki taxta qoplangan bo'lishi kerak. Binoning mustahkam qismiga bog‘langan ehtiyot kamari bo‘l- masa, ishchilarning kajavada ko'tarilishi va tushishiga ruxsat etilmaydi; qorishma qorgich yonida ishlayotganda uzatish tasmalari, vallar. tishli uzatmalarning turtib chiqqan va aylanuvchi qism- landagi to'siqlarning sozligiga e’tibor berish lozim. Ko'tarib qo‘- yilgan yuklash kovshi tagida turish mumkin emas. Qorishma afalashtirgich ishlab turgan kovsh uchun kavlangan o‘rani tozalash va unga kurak bilan qorishmani itarish taqiqlanadi; tanaffus paytida va ish tugagandan so‘ng barcha rubilnik- larni qulflab qo'yish darkor; havozaga keragidan ortiqcha material ortish, qorishmali yashiklar va boshqa materiallarni havoza yoki tushama chetiga 0,3 m dan yaqinroq qo'yish mumkin emas; beton va boshqa yuzalarni kemtib chiqayotganda qo'lqop va himoyaiovchi ko'zoynakdan foydalanish kerak; qorishma nasosi ishlayotgan vaqtda manometrga qarab bosimni kuzatib turish va agar bosim normal bosimdan ortib ketsa, nasosni darhol to'xtatish zarur; forsunka uchligini tozalayotganda awal material o'tkazadigan trubalardagi bosimni yo'qotish va forsunkadagi yoki havo trtibasidagi ventilni berkitish, forsunka yaqinidagi qorishma o'tkazgichni ajratib qo'yish lozim; qorishma nasosi ishlab turganda gayka va salniklarni burab qotirish, shuningdek agregatni (klapanlar, ventillar va hokazo) ta’mirlash hamda tozalash mumkin emas; qorishma nasosi ishlab turganda qorishma o'tkazgich shlanglarni bukish va burash yaramaydi; ulangan shlanglar yoki trubalarni bir-biridan ajratayotganda himoyalovchi ko'zoynak taqib olish lozim; qorishma nasosida biror nosozlik sezilsa, darhol ishni to'xtatish va uni tuzatish uchun mexanikni chaqirish kerak; yangi suvoq is gazi ajratadigan jihozlar bilan quritilayotgan vaqtda shu xona ichida bo'Iish man etiladi. Bu xona qurigandan va yaxshilab shamollatilgandan keyin unga faqat protivogaz kiyib kirishga ruxsat etiladi; tarkibida xlorli ohak bo'lgan qorishmani ishlatayotganda undan gazsimon xlor va insonning salomatligiga xavf tug'diradigan boshqa gazlar ajralib chiqishi mumkinligini e'tiborga olish kerak, xlorli ohak changi nafas olish a’zolarining shilliq pardalariga zararli ta’sir qiladi. Shuning uchun ham tibbiy ko'rikdan o'tgan va shifokordan tegishli ruxsat olgan shaxslat^a xlorli ohak hamda xlorli qorishma bilan bog'liq bo'lgan ishlarda ishlashga ruxsat etiladi; xlorli ohak va xlorli qorishmalar bilan ishlayotganda albatta himoyalovchi bosh kiyim va poyabzal kiyish, ishlayolgan joyda xlorli ohak changi paydo boMganda darhol protivogaz kiyib olish zarur; xlorli ohak bilan ishlaydigan ishchilarning shaxsiy kiyim- boshlari jomakordan alohida joyda saqlanishi kerak; xlorli ohak bilan bog'liq ishlarni bajarayoiganda rezina qo'lqopdan foydalanish lozim; xlor hidi anqiganda yoki yengil yo'tal paydo bo'lganda darhol ishni to'xtatib, xonadan tashqariga chiqish va bu haqda qurilish ma’muriyatiga xabar qilish zarur, xonada xlor hidi yo'qotilgandan keyingina yana ishga kirishish mumkin; xlorli qorishma tayyorlanadigan xonada ovqatlanish mumkin emas; ish olib borilayotgan xonadan xlor hidi kirmaydigan maxsus ajratilgan xonada dam olish, kiyim-boshni almashtirish va yuvinish tavsiya etiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling