Suyak sistemasi. Odam skeleti


Qo'lning erkin suyaklariga


Download 17.74 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi17.74 Kb.
#1567421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suyak sistemasi

Qo'lning erkin suyaklariga yelka, bilak panja suyaklari kiradi.
Yelka suyagi uzun naysimon shaklda bo'lib, uning yuqorigi uchi kurak suyagi bilan birikib, yelka bo'g'imini, pastki uchi esa bilak tirsak suyaklari bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi.
Bilak suyaklari 2 ta naysimon, ya'ni bilak va tirsak suyaklaridan iborat. Bilak suyagi qo'lning tashqi tomonida, tirsak suyagi qo'lning ichki tomonida joylashgan. Bu suyaklarning yuqorigi uchi yelka suyagi bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi, pastki uchi esa bilakuzuk (kaft usti) suyaklari bilan birikadi.
Qo 'I panja suyaklari uch qismdan: kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Kaft usti suyaklari 8 ta bo'lib, ular 4 tadan ikki qator bo'lib joylashgan. Kaft suyaklari 5 ta bo'ladi.
Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo'ladi. Oyoq suyaklari.
Oyoq suyaklari ikki guruhga: oyoq kamari (chanoq) va oyoqning erkin suyaklariga bo'linadi.
Oyoq kamari ikki tomondan nomsiz suyaklardan, orqa tomondan dumg'aza va dum umurtqa suyaklaridan tashkil topgan. Chanoq suyagining yuqori qismi kengaygan bo'lib, katta chanoq deb ataladi, pastki qismi toraygan bo'lib, kichik chanoq deb ataladi.
Kichik chanoq bo'shlig'ida to'g'ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa, nerv tomirlari va tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan.
Chanoq suyagining tashqi - yon tomonida qo 'ymich kosasi deb ataluvchi chuqurcha bo'lib, unga son suyagining yumaloq boshchasi birikib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi. Bu bo'g'im orqali tananing massasi oyoq suyaklariga o'tkaziladi. Odamning chanoq suyagi ba'zi erkaklarda 1200 kg massadagi yukni ko'tara oladi.
Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va oyoq panjasining suyaklari kiradi.
Son suyagi eng yirik va baquvvat naysimon suyakdir. U 1500 kg gacha bo'lgan yukni ko'tarishi mumkin., bu suyakning yuqorigi uchi yumaloq bo'lib, chanoq suyagining chuqurchasiga kirib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi.

Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling