Suyaklar haqida malumot


Qad-qomatning shakllanishi


Download 473.52 Kb.
bet13/15
Sana18.11.2023
Hajmi473.52 Kb.
#1785692
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Suyaklar haqida malumot

Qad-qomatning shakllanishi

Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog'liq. Qad qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda bo'yin va bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun o/dinga egilish, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Ularning normal holda bo'lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari, qad-qomatning shakllanishida ko'krak qafasi, qo'l va oyoq suyaklari hamda tan a muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat (17-rasm). Qad-qomati normal shakllangan odam (17-rasm) tanasini tik va to'g'ri tutadi, boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi.
Egilgan qad-qomatli odam tik turganda boshi oldinga egilgan, yelka¬lari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi egilishi¬ning esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi.



17-rasm. Qad-qomat turlari.
1- normal qad-qomat; 2- egilgan qad-qomat;
3- lordoz qad-qomat; 4- kifoz qad-qomat;
5- kekkaygan qad-qomat.


Kifoz qad-qomatli odam tik tirganida orqasining yuqori qismi do'ppaygan va yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasini bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlarini normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishning esa ko'p bo'lishi tufayli vujudga keladi.
Kekkaygan qad-qomatli odamning orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomatli umurtqa pog'onasi¬ning ham egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi.
Qad-qomatining buzilishidan faqat odamning tashqi ko'rinishi o'zgarmasdan, balki u ichki a'zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qo;dalariga amal qilish kerak:
- bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shakning qalinva yurnshoq bo'lishi, yumshoq pmjinali karavot, baland yostiq bo¬laning umurtqa pog'onasi qiyshayib qolishiga sabab bo'ladi;
- bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o'n oylik bo'lgun¬cha oyog'ida uzoq vaqt tik turg'azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lgan¬ligi sababli tana massasini ko'tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin.
- 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa pog'onasi egrilanib qolishi mumkin;
- kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari uzoq vaqt bir joyda o'tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurrnasligi, og'ir buyumlarni ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo'lida ish bajarrnasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog'onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad¬qomati buzilishiga sabab bo'ladi (18-rasm);
- bolalar va o'quvchilar bo'ylariga mos parta, stol-stulda o'ti rishi kerak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda); - o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalar¬ga rioya qilishi zarur: o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda,

beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko'krak bilan parta qirrasi orasida 10 srn ga yaqin masofa bo'lsin. Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shu¬ning uchun ana shu yoshgacha bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatil¬gan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to'g'ri, chiroyli bo'lib shakllanadi. Yassioyoqlik.
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-hara¬katlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga mos¬lashgan. To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq),






Download 473.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling