Suyaklarning birikishi


Suyakning ximiyaviy tarkibi


Download 37.01 Kb.
bet3/3
Sana24.04.2023
Hajmi37.01 Kb.
#1394517
1   2   3
Bog'liq
Suyaklarning birikishi

Suyakning ximiyaviy tarkibi. Suyak organik va anorganik moddalardan tuzilgan. Anorganik moddalarga: kaltsiy, fosfor, magniyli va boshqa mineral tuzlar kiradi. Suyak anorganik moddasining 95%ni kaltsiyli tuzlar tashkil qiladi. Suyak tarkibida ossein va osseomukoid degan organik modda bo’lib, ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan va yog’sizlantirilgansuyaklarning 70%ni mineral tuzlar, 30%ni organik moddalar tashkil qiladi. Organik va anorganik moddalar aralashmasi suyakning pishiqligini ta`minlaydi. Suyakning pishiqligi misning qattiqligiga yaqin. Masalan, ko’ndalang qo’yilgan son suyagi 1200 kg, tik boldir suyagi 1650 kg yuk ko’taradi. Suyak tarkibida ximiyaviy moddalar borligini kuzatish uchun ingichka suyak 10—15% li sulfat kislotaga tushirilsa, tuzlar erib ketib, organik qism qoladi. Bunday suyak rezina kabi elastik bo’lib qoladi. Agar suyak kuydirilsa, organik moddasi yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak mo’rt bo’ladi. Yosh organizmning suyaklarida organik moddalar ko’p bo’ladi, yosh oshgan sari anorganik moddalar ortib, organik moddalar kamayib boradi.
Skeletda xilma-xil funktsiya bajaradigan: uzun naysimon suyaklar, kalta suyaklar, yassi suyaklar va aralash suyaklar bo’ladi.
Uzun suyaklar qo’l-oyoqda bo’ladi. Masalan, son, Yelka, bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo’lib, uchlari epifiz, tanasi diafiz deb ataladi.
Kalta suyaklar har xil shakldagi mayda suyaklar bo’lib, bularga kaft usti, tovon suyaklari va boshqalar kiradi.
Yassi suyaklar serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo’lib, bularda suyaknnng g’ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko’krak qafasida va miya qutisida bo’ladi.
Aralash suyaklar shaklsiz, har qaysi qismi har xil ko’rinishda bo’ladi. Bularga chakka suyagi, umurtqalar misol bo’ladi. Bulardan tashqari, skeletda bo’shliqlarida havo saqlanadigan pnevmatik suyaklar uchraydi. Masalan, kalla suyagidagi yuqorigi jag’, peshana suyagi va boshqalar ana shunday suyaklardir. Skeletda ba`zi mayda va erkin suyaklar bo’lib, ular seysmik suyaklar deb ataladi. Masalan, tizza qopqog’i suyaklari va boshqalar.
Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling