Suyuq ovqat nomlari ishtirok etgan paremalarning etnolingvistik tadqiqi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1016401
  1   2   3   4


Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz/ 
376 
SUYUQ OVQAT NOMLARI ISHTIROK ETGAN PAREMALARNING 
ETNOLINGVISTIK TADQIQI 
Nurova Yulduz 
Ubaydullayevna Buxoro davlat universiteti 
Annotatsiya: O‘tmishda suyuq ovqatlarning ham turlari juda ko‘p ekanligi o‘zbek xalq 
paremalarida ko‘zga tashlanadi. O‘zbeklarda suyuq taomlar jazlab yoki jazlanmay pishiriladi. 
Bularni asli go‘sht, suyak, ayrim joylarda (Xorazm va Qoraqalpog‘istonda) baliq sho‘rvasidan, 
ba’zan faqat sabzavotning o‘zidan ham pishiradilar. Suyuq oshga ba’zan go‘shtli quyuq taomlar 
tayyorlashdan qolgan sho‘rvalar ham ishlatiladi. Milliy suyuq ovqat tayyorlashda piyoz, sabzi, 
sholg‘om, karam, bulg‘or qalampiri, baqlajon kabilardan foylaniladi. An’anaviy suyuq 
taomlardan jazsiz pishiriladigan no‘xat sho‘rva, sholg‘om sho‘rva, kalla sho‘rva, darmon 
sho‘rva, kifta sho‘rva, chuchvara sho‘rva, po‘stdumba sho‘rva, chumchuq sho‘rva, tovuq 
sho‘rva, dumbul sho‘rva, mastava, piyova, ugra, manchiza, moshxo‘rda, umoch oshi, go‘ja, 
yorma, loviya oshi kabilar milliy taomlar naqadar boy va lazzatli ekanligini isbotlaydi [1,165]. 
Kalit so`zlar: Donli suyuq ovqatlar, UN mahsulotlaridan tayyorlangan suyuq ovqatlar, sutli 
suyuq ovqatlar, suvli suyuq ovqatlar, piyova, ugra, manchiza, moshhorda, umoch oshi. 
 
Xalq paremalarida suyuq taom nomlaridan yorma, ugra, so‘k oshi, umoch, yovg‘on, ashava, 
go‘ja, moshova kabi leksik birliklar ko„zga tashlanadi. O„zbek xalq paremalarida ishtirok etgan 
suyuq ovqat nomlarini, o„z navbatida, uchga ajratish mumkin: 
II.1. Donli suyuq ovqatlar. 
II.2. Un mahsulotlaridan tayyorlangan suyuq ovqatlar. 
II.3. Sutli suyuq ovqatlar.
II.4. Suvli suyuq ovqatlar.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling