Suyuqlik datchiklari


Dilatometrik va bimetallik


Download 37.71 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi37.71 Kb.
#1263984
1   2   3
Bog'liq
Harorat datchiklari1

Dilatometrik va bimetallik datchiklaming ishlash prinsipi harorat o‘zgarishidagi qattiq jism chiziqli miqdorining o‘zgarishiga asoslangan. Harorat o'zgarishiga bog‘liq boigan qattiq jism chiziqli miqdorining o'zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
Lt=L0(l+B*t), (2.15)
bu yerda, Lt — haroratdagi qattiq jismning uzunligi;
LO — shu jismning 0°C dagi uzunligi
B —chiziqli kengayishning o‘rtacha koeffitsiyenti (0°C dan t°C gacha bo‘lgan haroratlar intervalida).

    1. rasmda dilatometrik termometming tuzilish sxemasi tasvirlangan. Dilatometrik termometrda (2.13, a-rasm) sezgir element sifatida chiziqli kengayishning katta harorat koeffitsiyentiga ega bo‘lgan materialdan (jez va mis) tayyorlangan quvurcha qoMlanilgan.

Korpusga kavsharlangan quvurcha ichida o‘zak joylashgan. 0‘zak chiziqli kengayish koeffitsiyenti kichik bo'lgan materialdan (masalan, invar) ishlangan. 0‘lchanayotgan muhitning harorati ko'tarilishi bilan birga quvurcha uzayadi. Bu hoi o'zakning uzayishiga olib keladi. Shunda prujina shaynning bo‘sh tomonini pastga tushiradi, o‘z navbatida u tortqi va tishli sektor orqali strelkani uning o‘qi atrofida aylantiradi. Strelka esa shkalada o'lchanayotgan harorat qiymatini ko'rsatadi va belgilangan holatda kontaktlami ulaydi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar haroratini o‘lchashda ham haroratni ma’lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizatsiyada qoMlaniladi. Dilatometrik termometrlar 1.5 va 2.5 aniqlik klassida chiqariladi, ulaming yuqori oichash chegarasi 500°C gacha bo‘ladi. 150 °C dan oshmagan haroratlar uchun quvurchalar jezdan, o‘zaklar esa invardan ishlanadi, undan yuqori haroratlar uchun quvurchalar zanglamas poMatdan, o‘zaklar esa kvarsdan ishlanadi.






  1. rasm. Dilatometrik va bimetallik datchiklarning sxemalari.

Afzalliklari: ishonchlilik va sezgirlik ko'rsatkichlari yuqori.
Kamchiliklari: asbob o‘lchamlarining katta hajmligi, haroratning bir nuqtada emas, hajmda o'lchanishi, issiqlik inersiyasining kattaligi, ko‘rsatkichlami masofaga uzatish imkoniyati yo'qligi kabilar.
Bimetalli termometrlaming sezgir elementi ikki kavsharlangan plastinkadan tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinkalaming issiqlikdan kengayish harorat koeffitsiyenti turlicha bo‘lgan metallardan tayyorlanadi. Haroratning o'zgarishi plastinkalaming uzayishiga olib keladi. Plastinkalar bir-biriga nisbatan siljiy olmaganligi sababli prujina issiqlikdan kengayish harorat koeffitsiyenti kam bo'lgan plastinka tomon og‘adi. Plastinkalar uzayishining harorat koeffitsiyenti farqi
qancha katta bo‘lsa, prujinaning harorat o'zgarishidagi og‘ishi shuncha ko‘p boiadi.

  1. rasmda yassi plastinkali bimetalli termometming tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. Harorat o‘zgarishi bilan bimetall prujina pastga egiladi. Tortqi strelkani o‘q atrofida aylantiradi. Strelka shkalada o'lchanayotgan harorat qiymatini ko'rsatadi va belgilangan ko‘rsatkichda kontaktlaming holatini o‘zgartiradi. Sezgir elementlar sifatida yoysimon yoki vintsimon spirallar qoilaniladi. Bimetalli termometrlar bilan haroratni o‘lchash chegarasi -150°C dan 700 °C gacha, xatosi -1 ...1.5%.

Bu turdagi termometrlar haroratni ma’lum darajada avtomatik saqlash va signalizatsiya uchun qo'llaniladi.
Bimetalli termometrlaming kamchiliklari: «charchash» hollari (darajalanishining o'zgarishi, hatto metallaming ajralishi), issiqlik inersiyasining kattaligi, mahalliy sanoq.


  1. Download 37.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling