Suyuqlik datchiklari
Download 37.71 Kb.
|
Harorat datchiklari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqlik datchiklari
- 2.12 - rasm. Suyuqlik datchiklarining turlari
2.5. Harorat datchiklari Harorat barcha texnologik jarayonlaming muhim ko’rsatkich- laridan biridir. Qishloq va suv xo‘jaligida ko'pgina texnologik jarayonlar ular o'tayotgan sharoit haroratiga bog‘liq. Jism, suyuqlik yoki gazning harorati nazorat qilayotgan muhitning yoki u bilan issiqlik kontaktida bo‘lgan maxsus elementning haroratini o‘lchab aniqlanadi. Amalda harorat datchiklarining sezgir elementlari sifatida issiqlik ta’sirida o'zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini keng diapazonda o‘zgartirib, boshqa kattaliklar (namlik, muhitning tarkibi, havo bosimi ta’sirida xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallardan foydalaniladi. Harorat datchiklarining sezgir elementlari issiqlik kengayish koeffitsiyenti maksimal ko'rsatkichiga ega bo‘lishi kerak. Ishlash prinsipi jihatdan harorat datchiklari suyuqlik, bimetallik va dilatometrik datchiklariga hamda termoparalar va termorezistorlarga boiinadi. Suyuqlik datchiklari Suyuqlik datchiklari -200°C dan +750° C gacha oralig'idagi haroratni o‘lchashda ishlatiladi. Shisha termometrlaming ishlatish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo'lganligi sababli sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlaming ishlash prinsipi termometr suyuqligining hajmi harorat ko‘tarilishi yoki pasayishi tufayli o‘zgarilishiga asoslangan. Shishali termometming suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti, efir va boshqalar ishlatiladi. Suyuqlikli datchiklaming kirish signali harorat o'zgarilishi t bo‘lib, chiqish signali kapilyardagi ustunning balandligi bo‘ladi: AH=AV/S, (2.14) bu yerda, AV=V(B-3*AQ) - suyuqlik hajmining o‘zgarilishi; S- kapilyaming kesim yuzasi; B- suyuqlikning issiqlikka kengayish koeffitsiyenti; V- suyuqlikning boshlang‘ich hajmi; I- kapilyar materialining issiqlikka kengayish koeffitsiyenti. S uyuqlik termometrlariga qo‘shimcha elementlar kiritish natijasida ular avtomatika tizimlarida qo'llanish imkoniyatiga ega bo'ladilar (2.12- rasm). Takomillashtirish natijasida suyuqlikli datchiklaming chiqishida harorat o‘zgarilishi bilan aktiv, induktiv, sig‘im qarshiliklari yoki nurlar intensivligi o‘zgartiriladi. 2.12 - rasm. Suyuqlik datchiklarining turlari: a - kontaktli; b - aktiv qarshilikli; d - induktiv qarshilikli; e - sig‘im qashilikli; f- nurlar intensivligi. Dilatometrik va bimetallik datchiklar Download 37.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling