Nyuton qonuni. Konvektiv issiqlik almashinishning asosiy qonuni bo’lib Nyutonning sovitish qonuni hisoblanadi. Bu qonunga ko’ra, issiqlik almashinish yuzasidan atrof-muhitga (yoki, aksincha biror muhitdan qattiq jism yuzasiga) berilgan issiqlik miqdori dQ devorning yuzasiga (dF), yuza va muhit haroratlarining farqiga hamda jarayonning davomiyligiga (dF) tochg`ri proporsionaldir, ya’ni:
(19.16)
bu yerda, issiqlik berish koeffitsienti.
Issiqlik berish koeffitsienti quyidagi o’lchov birligiga ega:
O’zluksiz issiqlik almashinish jarayoni uchun (19.16) tenglama quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
(19.17)
Issiqlik berish koeffitsienti a devorning 1 m2 yuzasidan suyuqlikka (yoki muhitdan 1 m2 yuzali devorga) 1 s vaqt davomida, devor va suyuqlik haroratlarining farqi 1°C bo’lganda, berilgan issiqlikning miqdorini bildiradi. Bu koeffitsientning miqdori bir qator kattaliklarga bog`liq: suyuqlikning tezligi , uning zichligi , qovushoqligi , muhitning issiqlik-fizik xossalari (solishtirma issiqlik sig`imi C, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti , suyuqlikning hajmiy kengayish koeffitsienti , devorning shakli, o’lchami (quvur uchun d-diametr, L — uzunlik) va uning g`adir budurligi
Shunday qilib, issiqlik berish koeffitsientining qiymati quyidagi omillarga bog`liq ekan:
(19.18)
Issiqlik berish koeffitsientining bir qator omillarga bog`liq bo’lganligidan, issiqlik o’tkazish jarayonlarining barcha ko’rinishlari uchun a ning qiymatini hisoblab chiqadigan umumiy tenglamani olishning imkoni yo’q. Faqat issiqlik almashinishning asosiy jarayonlari uchun tajriba natijalarini ochxshashlik nazariyasi yordamida qayta ishlash orqali kriterial tenglamalarni chiqarish mumkin. Bu kriterial tenglamalar yordamida issiqlik berish koeffitsientining qiymati hisoblab topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |