Suyuqlik sathini o'lchash Optik datchinlarni aniqlash Reja: Sath haqida tushincha


Suyuqlikning sathini o'lchashda asosan ko'rsatish oynasi, qalqovi­chli hamda gidrostatik sath o'lchagichlar qo'llaniladi


Download 9.42 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi9.42 Kb.
#1531319
1   2   3
Bog'liq
Suv sathi haqida -WPS Office

Suyuqlikning sathini o'lchashda asosan ko'rsatish oynasi, qalqovi­chli hamda gidrostatik sath o'lchagichlar qo'llaniladi.
Sathni o'lchashda qo'llaniladigan tuzilishi jihatidan eng sodda asbob ko'rsatish oynasi hisoblanib, bug' qozonlarida hamda turli xil sig'imlarda tozalangan suyuqliklar sathini o'lchashda ishlatiladi. U sathi o'lchanayotgan suyuqlik solingan idish bilan birlashtirilib, trubka sath o'lchov birligida darajalangan shkalaga ega.
Suyuqlik sathining balandligini o‘lchash balandlikni o‘lchash texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sath balandligini o‘lchash texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish apparatida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Sath balandligini o‘lchash asboblari o‘lchanayotgan muhitning tavsifi va ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Mexanikaviy, sathni o‘lchash uchun qalqovich yoki suyuqlik sirtida joylashgan boshqa jismdan foydalaniladi;
2) Gidrostatikli, sathni o‘lchash uchun o‘lchanayotgan muhitning zichligiga teng yoki farqlanadigan muhitlarning tutash idishlardagi sathini o‘lchash uchun foydalaniladi.
3) Pnevmomanometrikli, suyuqlik qatlami tagiga puflanayotgan havoning (yoki boshqa gazlarning) bosimini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
4) Radioizotopli, elektromagnit to‘lqinlar tebranish parametrlarining suyuqlik sathi balandligiga asoslangan.
5) Sig‘imli, suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi elektr sig‘imi o‘zgarishiga asoslangan.
Kimyo, issiqlik elektr stantsiyalari va oziq-ovqat sanoatida bu sath o’lchagichlar bir qator talablarni qanoatlantirmaydi. Bunga sabab ko’pchilik ishlab chiqarish uskunalarining yuqori bosim va haroratlarda ishlashi hamda nazorat qilayotgan moddalarning xususiy xossalaridir (tajovuzkor, zararlilik, o’ta qovushqoqlik va hokazo).
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli talablarga muvofiq suyuqlik sathini o’lchashning turli usullari ishlatiladi. Agar ko’rsatishlarni masofaga uzatish kerak bo’lmasa, suyuqlik sathi talab qilingan aniqlik bilan ko’rsatish oynalari yoki ko’rsatuvchi difmanometr - sath o’lchagichlar yordamida o’lchanishi mumkin. Ko’rsatish oynasi orqali sathni o’lchash tutash idishlar prinsipiga asoslangan. Ko’rsatish oynasining materiali va birikma to’zilishi sathni nazorat qilish kerak bo’lgan suyuqlikning bosim va haroratiga va 300 haroratga mo’ljallangan.
Bugungi kunda har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida ma‘lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki tog’rilanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, muhim vazifa qo'yildi, optik datchiklar asosida monitoring jarayonini tashkil qilish tizimlarini o’rganish.
Optik datchiinlarni loyihalashda optik tola orqali optik nurlanish oqimining o'tishiga asoslanib, faol va passiv bo'lishi mumkin. Optik tola orqali o'tadigan optik nurlanish oqimi boshqa parametrlardan mustaqil ravishda modulyatsiya qilinadigan bir nechta parametrlardan iborat. Modulyatsiya jarayonida konversiya o'lchangan qiymat haqidagi ma'lumotni yo'qotmasdan bo'lishi sharti bajarilishi kerak. Odatda quyidagi parametrlar modellashtiriladi: optik oqimning intensivligi, yorug'lik tebranishlarining chastotasi, yorug'lik to'lqinining fazasi va yorug'lik to'lqinining elektr vektorining tebranish tekisligining burilish burchagi.

Xulosa.Yuqorida aytib o'tilgan optik dachinlarni loyihalash , o'lchash tizimlari, ishlab chiqarishga qo'llash tamoyillari, ulaming hududlaгi, shaxsiy kompyuteг va optik tolali o'lchash tizimlaridan kelayotgan raqamli signalni qayta ishlash usullarini berdi. Optik tolali datchiklarga asoslangan o'lchash tizimlari va uskunalarning ishini o'lchash qurilmalarining umumiy ma'lumotlarni taqdim etish axborotni rivojlantirishda xizmat qiladi.

Download 9.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling