Suyuqlik va gazlar harakati, oqimning uzluksizlik teoremasi. Bernulli tenglamasi
Download 370.11 Kb.
|
10 sinf fizika hara gaz yoki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars rejasi Vaqti
- Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism
- 3. Yangi mavzu bayoni: Reja
- Laminar oqim
- 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
- 5. Uyga vazifa berish.
Darsda foydalanadigan metodlar. “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB” metodlkari.
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: O`qituvch dars jihozlarini darsga tayyorlaydi, o`quvchilardan davomat olinadi. 2. O`tilgan mavzu bo`yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib darsni mustahkamlash. O`quvchilar uch guruhga bo`linadi. O`quvchilarga shu metod asosida tuzilgan savollar beriladi. 1. Arximed qonuni nimadan iborat? 2. Arximet kuchi qaysi fizik kattaliklarga bog`liq. 3. Jismlarning suzish shartlari nimadan iborat? 4. Tuxum toza suvda cho`kadi, ammo shor suvda suzib yuradi. Sababi nimada? 5. qanday suvda odam cho`kmaydi? 6. Arximed qonunida qayerlarda foydalaniladi? 3. Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Laminar va turbulent oqimlar haqida ma`lumotlar berish, ularning namoyon bo`lishini va o`zaro farqini misollar orqali tushuntirish. 2. Quvurning turli joylarida ko`ndalang kesimlari orqali bir hil vaqt ichida bir hil hajmdagi suyuqlik oqib o`tishini tushuntirish. 3. Suyuqlikning harakat tezligi quvurning ko`ndalang kesimiga bog`liqligini asoslab berish. 4. Suyuqlik ichidagi bosim haqida ma`lumot berish. 5. Bosimni suyuqlik yoki gazlarning tezligiga bog`liqligi. 6. suyuqlik va gazlarning harakatida bosimning tezlikka bog`liqligidan turmushda va texnikada foydalanish haqida tushuncha berish. O`qituvchi yangi mavzuni boshlashda o`quvchilarga “Klaster” metodi bo`yicha muammoli savollar beriladi. Ular bu savollarga rasm asosida chizib izoxlab berishlari kerak. harakatlanadi
OQIM Laminar oqim yo`liga Turbulent oqim yo`liga jism qo`yilsa, suv parallel jism qoyilsa, uning atrofida qatlamlar bo`lib oqaveradi. Uyurma hosil bo`ladi. O`quvchilar bu rasmlar asosida o`zlarining fikrlarini bildirishadi va baxs munozara asosida darslar tashkil qilinadi. O`qituvchi oqimlar to`g`risida hulosalar to`ldirib o`tadi. Kichik tezliklarda sekin oqadigan suvning o`rta qismi bir tekisda, bitta chiziq bo`ylab harakat qiladigan oqim Laminar oqim deyiladi. Katta tezliklarda, ko`p joylarda girdob, ya`ni uyurma ko`rinishda oqadigan oqim Turbulent oqim deyiladi. Quvurning turli joylarida ko`ndalang kesimlari orqali bir hil vaqt ichida bir xil hajmdagi suyuqlik oqib o`tishini quyidagi chizma asosida tushuntiriladi. S1 S2 V1 V2 Bu chizmadan ko`rinib turibdiki, quvurning turli joylaridagi ko`ndalang kesimlari orqali bir hil vaqt ichida bir hil hajmdagi suyuqlik oqib o`tadi. Quvurning ko`ndalang kesimi kichik bo`lgan joyida oqim tezligi katta bo`ladi. Suyuqlik tinch xolatda turganiga nisbatan harakat xolatida qo`shimcha bosim bo`ladi. Bu bosimga dinamik bosim deyiladi. Bosim suyuqlik yoki gazning tezligiga qanday bog`liq bo`lishini quyidagi tajriba orqali bilish mumkin. Buning uchu 2 varaq qog`oz olib, tik holatda ushlaylik. So`ngra qog`oz orasiga puflaylik. Shunda qog`ozlar bir biriga tomon intilib yaqinlashadi. Buning sababi shundaki, Qog`ozlar orasidagi havo puflash natijasida harakatga keladi va u joydagi bosim kamayadi. Qog`ozlarning tashqi tomonida bosim, ichqi qismidagidan katta bo`lib qolganligi tufayli, qog`ozlarni siquvchi kuch paydo bo`ladi. Baxor paytida uchiriladigan varraklarimizni osmonga ko`tarilishining sababi ham bosimlar farqi hosil bo`lishidadir. Samolyotlarning parvozi ham aynan 2 ta qog`oz varag`I orasida puflaganda bosimlar farqi hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi. Samolyot qanotida kelib urilayotgan shamol, qanotning ostki va ustki tomonidan o`tadi. Qanotning ustki qismida shamol ko`proq, ya`ni shamol tezligi katta bo`ladi. Shuning uchun shamol tezligi katta bo`lgan joydagi bosim P1 shamol tezligi kichik bolgan ostki qismidagi bosim P2 dan kichik bo`ladi. Natijada pastdan yuqoriga yo`nalgan bosimlar farqi hosil bo`ladi P=P2 – P1 hosil bo`ladi. Futbol maydonida burchakdan tepilgan to`pning burilib darvozaga kirishiga sabab, to`pning o`rtasiga emas, balki biroz chetrog`iga usta futbolchi uni harakat davomida aylanishga majbur qiladi. Bunda havo oqimining tezligi o`zgarishi hisobiga oqimlar farqi hosil bo`ladi. Dengiz sohilida yonma turga kemalarning ham bir-biriga to`qnashib ketgan hollari bo`lgan. Buning sababi shuki, ikki kema orasidagi suv oqimi tezligi kattaroq bo`lganligi uchun bosim kamayadi va kemalar bir-biriga yaqinlasha boradi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Bunda “BBB” (Bilardim, Bildim, Bilmoqchiman) metodidan foydalaniladi. O`quvchilar mavzu bo`yicha olgan tushunchalarini yozishadi. O`quvchilarni baxolash, darsda faol ishtirok etgan o`quvcholarni rag`batlantirish. 5. Uyga vazifa berish. Darslikdan o`tilgan mavzuni o`qish. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni topshirish. Download 370.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling