Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari Reja: Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari


Gazlarning suyuqliklarda erishi. Kavitasiya hodisasi


Download 347.5 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi347.5 Kb.
#1552191
1   2   3   4
Bog'liq
Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari Reja Suyuqlik va gazlar

Gazlarning suyuqliklarda erishi. Kavitasiya hodisasi

Tabiatda va texnikada suyuqlik tarkibida oz miqdorda erigan gazlar uchraydi. Bosim ortishi yoki harorat kamayishi bilan erigan gazlar miqdori ortadi va aksincha, bosim kamayganda va harorat oshganda ularning miqdori kamayadi. Shuning uchun bosim kamayishi yoki harorat ortishi bilan suyuqlik tarkibidagi erigan gazlarning bir qismi ajralib chiqib, pufakchalar hosil qiladi, ya‘ni bu holat suyuqliklarning tutash muhitga ta‘luqli qonunlarini o’z kuchin yo’qotishiga olib keladi. Bu hodisa kavitasiya hodisasi deb ataladi. Erigan gazlar o’rnida paydo bo’lgan bo’shliqqa suyuqlik zarralari intiladi va bo’shliq keskin yopiladi. Bu esa gidravlik zarbani vujudga keltiradi.


Bunday gidravlik zarba va uni vujudga keltirgan kavitasiya hodisasi truba devorlari va mashinalarning suyuqlik harakat qiluvchi qismlarning bo’zilishiga olib keladi.


Xulosa:
Suyuqliklarni harakatlanishi oqish deb, harakatlanayotgan suyuqlik zarralarining to`plamini oqim deb yuritiladi. Suyuqlikning oqim chiziqlari bilan chegaralangan qismi oqim nayi deb ataladi.
Agar suyuqlik zarralarining tezligi har bir nuqtqda o`zgarmay qolsa, u holda oqim qaror topgan yoki stasionar oqim deyiladi.
Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat ham harakat hollarida doimo qattiq jismlar bilan chegaralangan bo’ladi. Suyuqliklar gazlar bilan ham ma‘lum chegara bilan ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt deb ataladi.
Suyuqliklar siljituvchi kuchlarga sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Ularni aniqlash suyuqlik holatini tekshirishda muhim ahamiyatga egadir.

ADABIYOTLAR



  1. K. Sh. Latipov «Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar» T.: «O’qituvchi» 1992 y

  2. M. Ye. Deychi i dr. «Gidrogazodinamika» M.: Energoatomizdat. 1984 g

  3. I. L. Povx. «Texnicheskaya gidromexanika» L.: Mashinostroeniya 1986 g.

Download 347.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling