Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash Rеjа
Download 76.17 Kb.
|
19-mavzu.Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа
Konduktometrik sath o'lchagichlarning ishlash usuli o'lchanayotgan muhitga tushirilgan maxsus elektrod yordamida suyuqlik yoki sochiluvchan moddalarning elektr qarshiligini o'lchashga asoslangan. Bunday sath signalizatorlarining eng oddiy qurilmasida elektr o'tkazuvchi mahsulotli sig'imga tushirilgan ikki elektrod ulanganda, signal beruvchi lampaning kontaktlari ishlaydi. Bitta elektrod vazifasini yerga ulangan sig'imning metall devori o'taydi, ikkinchi o'lchaydigan elektrod esa undan elektr izolatsiyalangan bo'lishi kerak.
5 - rasmda konduktometrik sath signalizatorining prinsipial elektr sxemasi keltirilgan. Kuchlanishi 7 voltdan katta bo'lmagan o'zgaruvchan tok maxsus tok manbaidan ikki elektrodli o'lchov o'zgartgich (O’O’) ga berilib, tekshirilayotgan mahsulotning sathi unga yetganda zanjir ulanadi. Bu paytda elektromagnit relening kontakti harakatlanib, kerakli signal beruvchi yoki rostlovchi kontraktlarni ulaydi. 5 – rasm. Konduktometrik sath signalizatorining prinsipial elektr sxemasi. Asbobsozlik sanoatida ishlab chiqariladigan bu turdagi sath signalizatorlari neft va gaz sanoatida keng qo'llaniladi. Asboblar mahsulotning ishchi temperaturasi 200°C bo'lganda 5 mm gacha xatolik bilan sath signalini ta'minlaydi. Radioizotopli sath o'lchagichlar boshqa sath o'lchagichlarga nisbatan mukammal bo'lib, bunda suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash uzluksiz va diskret ravishda amalga oshiriladi. Ularning ishlash usuli berk idish ichidagi suyuqlik yoki sochiluvchan moddalarga γ nurlari ta'sir ettirilganda, ularning modda qatlamida yutilishiga asoslangan. Nurlanish manbai sifatida ko'pincha o'zidan γ nurlar chiqaradigan Co (kobalt-60), Cs (seziy-137), Se (selen-75) va boshqa moddalar ishlatiladi. Ultratovushli sath o'lchagichlarning boshqa asboblardan farqi - ular sathni kontaktsiz usulda o'lchaydi, ularning ishlash usuli suyuqlik, gaz (havo) chegarasidan tovush to'lqinlarining qaytishiga asoslangan. Bu esa suyuqlik va havo sirtida akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir bo'ladi. Yuqori aniqlikda va katta diapazonda o'lchashi ularning afzalligini ko'rsatsa, o'lchash sxemasining murakkabligi esa kamchiligi hisoblanadi. Download 76.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling