Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash Rеjа


SOCHILUVCHAN MODDALAR SATH O'LCHAGICHLARI


Download 76.17 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi76.17 Kb.
#1506417
1   2   3   4
Bog'liq
19-mavzu.Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа

SOCHILUVCHAN MODDALAR SATH O'LCHAGICHLARI

Sochiluvchan moddalarning sathini o'lchash uchun asosan vaznli sath o'lchagichlar hamda membranali sath signalizatorlari keng qo'llaniladi. Membranali sath signalizatorlarining ishlash usuli sochiluvchan moddaning idish tubiga va idish devorlariga bosim hosil qilish xususiyatiga asoslangan. Ular sochiluvchan moddalarning idishda chegaralangan sathini ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Membranali sath signalizatorining sxemasi 6- rasmda keltirilgan bo'lib, u markazidan shtok 2 bilan qotirilgan membranadan iborat. Sochiluvchan modda hosil qilgan bosim ta'sirida membrana egilib, shton kontakt qurilmasi 3 ga ta'sir ko'rsatadi. Kronshteyn 4 ga qaytaruvchi prujina 5 qotirilgan bo’lib, rostlovchi vint 6 yordamida tortiladi. Signalizator 8 ichida saqlagich (izolyator) qotirilgan. Bu signalizator asosan bunker devorlariga, un, don va boshqa mahsulot saqlanadigan baland minoralarda turli xil balandlikda o'rnatiladi. Sochiluvchan modda hosil qilgan bosim ta'sirida membrana egiladi va shtokning harakati orqali kontakt qurilmasi ulanib, sochiluvchan moddaning sathi berilgan qiymatga yetganligi to'g'risida elektr signal beriladi. Sath kamayganda esa prujina 5 membranani oldingi holatiga qaytaradi va kontakt qurilmasi uziladi (ajratiladi).





6 – rasm. Membranali sath signalizatori.
Nazorat savollari
1. Sath nima? U qanday birliklarda o'lchanadi?
2. Suyuqliklarning sathini o'lchash asboblari qanday turlarga
bo'linadi?
3. Sath signalizatorlari nima?
4. Sochiluvchan moddalarning sathi qanday asboblar yordamida
o'lchanadi?
5. Gidrostatik sath o'lchagichlarning ishlash usuli nimaga
asoslangan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yusufbekov N.R., Muqammedov B.Е., Gulomov SH.M. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. Toshkent. "O`qituvchi", 1997.-704 b. (136 - 154 b).
2. Usmonov A.U., SHomurodova D.M. Avtomatika asoslari. Toshkent. "O`qituvchi", 2001. - 127 b. (52 - 59 b).
3. Muxammedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarni o`lchash usullari va asboblari. Toshkent. "O`qituvchi", 1991. - 319 b.
(197 - 217 b).
4. Yusufbekov N.R. va boshqalar. Avtomatika va ishlab chiqarish protsesslarining avtomatlashtirilishi. Toshkent. "O`qituvchi", 1982. - 351 b. (118 - 129 b).
Download 76.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling