Suyuqliklarni ekstraksiyalash


Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan qurilmalar ekstraktorlar deb ataladi


Download 393.77 Kb.
bet2/5
Sana05.09.2023
Hajmi393.77 Kb.
#1673069
1   2   3   4   5
Bog'liq
davomi

Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan qurilmalar ekstraktorlar deb ataladi.
Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Erituv-chilarga bir qator talablar qo'yiladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi:
1) kerakli komponentga nisbatan tanlab ta'sir qilish hususiyatiga ega bo'lishlik;
2) erituvchining kerakli komponentni o'zida eritib, yutib olish qobiliyati;
3) erituvchi tarkibidan yutilgan komponentni engil ajratib olish ya'ni reekstraksiyalash imkoniyati borligi;

  1. fazalarning qatlamlarga oson ajralishi;

  2. erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo'lishligi;

6) saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va reekstraksiyalash) parchalanib ketmasligi;

  1. narxi arzon bo'lishi;

  2. oson topiladigan, ya'ni kamyob bo'lmasligi;

  1. erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo'lgan suyuqlik zichligidan kam bo'lishi maqsadga muvofiq.

Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar uch guruhga bo'linadi:
1) organik kislotalar yoki ularning tuzlari (alifatik monokarbon kislotalari, naften kislotalari, sufokislotalar, fenollar va hokazo);
2) organik asoslarning tuzlari (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning tuzlari va hokazo);
3) neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, aldegidlar va ketonlar).
Suyuqliklarni ekstraksiyalashni o'rganishda tarqalish koeffltsienti va ajratish omili tushunchalaridan foydalaniladi. Ekstrakt tarkibidagi kerakli komponentning muvozanat holatdagi konsentratsiyasini ushbu komponentning rafinatdagi muvozanat konsentratsiyasiga nisbati tarqalish koeffltsienti deb ataladi:

bu yerda, y* — tarqalayotgan komponentning ekstraktdagi muvozanat ulushi; x — tarqalayotgan komponentning rafinatdagi muvozanat ulushi.
Tarqalish koeffitsientining qiymatiga ko'ra erituvchining ekstraksiya qilish qobiliyatini aniqlash mumkin: m ning qiymati qancha katta bo'lsa, bunday erituvchining suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib olish qobiliyati shuncha yuqori bo’ladi. Ekstraksiya sistemalarida m ning qiymati 1 dan 10000 gacha o'zgaradi.

Download 393.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling