Suyuqliklarning sanoatda qo`llanilishi Reja


Download 255.84 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi255.84 Kb.
#1612783
  1   2   3   4
Bog'liq
11.Suyuqliklarning sanoatda kullanilishi


Suyuqliklarning sanoatda qo`llanilishi
Reja:
1.Suyuqlik to’g’risida asosiy tushunchalar
2.Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar
3.Suyuqliklarning fizik xossalari
1.Suyuqlik to’g’risida asosiy tushunchalar



  1. Juda kichik miqdordagi kuchlar ta‘sirida o’z shaklini o’zgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Suyuqliklar tomchilanuvchi va gazsimon suyuqliklarga bo’linadi. Suyuqliklar deganda tomchilanuvchan suyuqliklarni tushunamiz, ular suv, spirt, neft, simob, turli moylar va tabiatda va texnikada uchrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir.

  2. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:

  3. Hajmi bosim ta‘sirida juda kam o’zgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta;

  4. Harorat o’zgarishi bilan hajmi oz miqdorda o’zgaradi;

  5. Cho’zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko’rsatmaydi.

Sirtida molekulalararo o’zaro qovushqoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi. Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklarga qaraganda ham tezroq harakatlanuvchi zarrachalardan tashkil topgan bo’lib, ular bosim va harorat ta‘sirida o’z hajmini tez o’zgartiradi. Ularda cho’zuvchi kuchga qarshi va qovushqoqlik kuchi tomchilanuvchan suyuqliklarga nisbatan juda kam.
Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat ham harakat hollarida doimo qattiq jismlar bilan chegaralangan bo’ladi. Suyuqliklar gazlar bilan ham ma‘lum chegara bilan ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt deb ataladi.
Suyuqliklar siljituvchi kuchlarga sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Ularni aniqlash suyuqlik holatini tekshirishda muhim ahamiyatga egadir.


2.Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar

Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar quyilish usuliga ko’ra ichki va tashqi kuchlarga ajraladi:


Ichki kuchlar-suyuqlik zarralarining o’zaro ta‘siri natijasida vujudga keladi.
Tashqi kuchlar-suyuqlikka boshqa jismlarning ta‘sirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining ta‘siri, ochiq yuzaga ta‘sir qilayotgan havo bosimi va h.k.)
Ichki kuchlar siljituvchi kuchlarga qarshilik sifatida namoyon bo’ladi va ichki ishqalanish kuchi deyiladi.
Tashqi kuchlarni yuza bo’yicha va hajm bo’yicha ta‘sir qiluvchi kuchlar sifatida ko’rish mumkin. Shuning uchun suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar yuza bo’yicha yoki hajm bo’yicha ta‘sir qilinishiga qarab yuzaki va massa kuchlariga bo’linadi.
Yuzaki kuchlar-suyuqlik hajmining sirtlariga ta‘sir qiluvchi kuchlardir. Ularga bosim kuchi, sirt taranglik kuchi, suyuqlik solingan idish devorining reaksiya kuchlari, ichki ishqalanish kuchi kiradi.
Ichki ishqalanish kuchlari suyuqlik harakat qilgan vaqt da yuzaga keladi va qovushqoqlik xususiyatini yuzaga keltiradi.
Massa kuchlar- suyuqlik hajmining har bir zarrasiga ta‘sir qiladi va uning massasiga proporsional bo’ladi. Ularga og’irlik va inersiya kuchlari kiradi.
Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi asosiy kuchlardan biri gidrostatik bosimdir. Yuza birligiga ta‘sir qiluvchi bosim kuchi gidrostatik bosim kuchi yoki qisqacha gidrostatik kuch deyiladi.



Download 255.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling