Mavzu: Gidrodinamika. Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikasi reja
Download 284.55 Kb.
|
МАЪРУЗА-2 АТЖ1
Mavzu: Gidrodinamika. Suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikasi REJA: 1. Muvozanat holatining differensial tenglamasi. 2. Gidrostatikaning Kimyoviy tenglamasi. 3.Suyuqlikning harakat rejimlari. 4. Suyuqlikning massaviy va xajmiy sarfi, tezligi. Nisbiy tinch holatdagi suyuqlikning muvozanatini ko’rib chiqamiz. Bu holatda suyuqlikka massaviy kuchlar – og’irlik va enersiya kuchlari, hamda sirtiy kuchlar – gidrostatik bosim kuchi ta’sir etadi. Butun suyuqlik hajmidan elementar, cheksiz kichik dv parallepiped hajmini ajratib olamiz. Parallepipedning dx, dy, dz qirralari x, u, z o’qlarga parallel joylashgan (1-rasm). O’rtacha gidrostatik bosim kuchi, gidrostatik bosimning parallelepiped tomoni yuzasi ko’paytmasiga teng. 1 –rasmdan ko’rinib turibdiki p=f(x,y,z). Ushbu funksional bog’liqlik ko’rinishini aniqlaymiz. Buning uchun elementar parallelepipedga ta’sir etuvchi xamma kuchlarning x, y, z o’qlardagi proeksiyalar yig’indisini topamiz. x, y, z o’qlardagi massaviy kuchlarni massa birligiga nisbatlarini X, Y, Z deb belgilaymiz. Xajmiy kuchlarning x o’qidagi proeksiyasi dQ=Xdm bo’ladi, bu yerda dm=dxdydz yoki dQ = Xdxdydz. Statikaning Kimyoviy qonuniga binoan, tinch xolatdagi suyuqlikka ta’sir etuvchi xamma kuchlar proeksiyalari yig’indisi nolga teng. Shuning uchun, x o’qidagi kuchlar proeksiyasi (2.1) bu yerda pdxdz – chap tomonga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim kuchi; dp/dx-xo’qi biror nuqtasidagi gidrostatik bosimning o’zgarishi; (dp/dx)dx-dx qirra bo’ylab gidrostatik bosimning o’zgarishi. Qarama-qarshi, o’ng tomonga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim p + (dp/dx)dx ga teng va uning x o’qiga proeksiyasi: tenglamada qavsni ochib, tegishli qisqartirishlarni amalga oshirsak, quyidagi ko’rinishdagi tenglamani olamiz: Xuddi shunday usul bilan y va z o’qlari uchun muvozanat tenglamalarini keltirib chiqaramiz: Olingan tenglamalarni sistemalashtirsak: (2) Ushbu tenglamalar sistemasi Eylerning muvozanat xolatining differensial tenglamasi deb ataladi. Download 284.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling