3 ma'ruza. Gidrostatik mashinalar
Download 53.44 Kb.
|
3-mavzu.Gidravlika. (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 1.Gidrostatik mashinalar
3 - ma'ruza. Gidrostatik mashinalar Ma'ruzaga oid mavzular 1. Gidrostatik mashinalar 2. Taqqoslash tekisligi, potensial napor va napor tekisligi 3. Tekis sirtga ta'sir qiluvchi bosim. Gidrostatik paradoks 4. Gidrostatik bosim kuchining qiya sirtga ta’siri. Bosim markazi. 5. Bosim epyurasi. Ma'ruzaga oid tayanch so`zlar Potensial energiya, potensial napor, gidrostatik bosim kuchi, bosim epyurasi, idishdagi suyuqlik sathining o`zgarmas balandligi, gidrodinamik bosim, geometrik balandlik, pe’zometrik balandlik Ma'ruza oid savollar 1. Napor tekisligi, potensial napor va taqqoslash tekisligi qanday ko`rinishga ega? 2. Bosim kuchi va uning teng ta'sir etuvchisi deb nimaga aytiladi? 3. Tekis devorga bosim kuchining ta'siri va epyurasi qanday bo`ladi? 4. Arximed qonuni va jismlarga qanday kuchlar ta'sir qiladi? Foydalanilgan adabiyotlar 1. K.Sh. Latipov "Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar" Toshkent, O`qituvchi" nashriyoti, 1992 y. 2. K. Latipov, S. Ergashev "Gidravlika va gidromashinalar" Toshkent, "O`qituvchi" nashriyoti, 1986 y 3. A.Yu. Umarov "Gidravlika", Toshkent, "O`zbekiston" nashriyoti, 2002 y. 4. Uginchus, Chugaeva Ye.A. "Gidravlika", Leningrad, 1971 y. 5. V.A. Bolshakov Spravochnik po gidravlike, Kiev, 1974 g. 1.Gidrostatik mashinalar Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb yuritiladi. Ularga gidropresslar, gidroakkumulyatorlar, domkratlar (gidroko`targichlar) va boshqalar kiradi. Gidravlik sistemalarda bosim va suyuqlik sarfining ortib ketish yoki kamayish hollari bo`ladi. Bosim va sarfni normallashtirishi uchun mana shu hollarda gidroakkumulyatorlardan foydalaniladi. Gidroakkumulyatorlar gidrotormozlarda, ko`targichlar, presslar, chig`irlar va boshqa gidromashinalarda qo`llaniladi. Gidropresslar har xil diametrli ikki xil silindrdan iborat bo’lib, kichik silindrning diametri d1 va katta silindrning diametri d2 ga teng bo’lgan ikki porshen harakatlanadi(3.1-rasm). Kichik porshenga OAB richag orqali Q kuch qo’yiladi. Richag qo’l yoki dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Kichik porshen kuch ta’sirida pastga qarab siljiydi va suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim katta porshenga uzatiladi va natijada katta porshen harakatga keladi, stol ustidagi buyum D devorga taqalguncha siqiladi. G idropresslar girostatik qonunlar asosida katta kuchlar hosil qilish uchun foydalaniladi. Gidropresslar har xil diametrli ikki xil silindrdan iborat bo’lib, kichik silindrning diametri d1 va katta silindrning diametri d2 ga teng bo’lgan ikki porshen harakatlanadi(1.8.1-rasm). Kichik porshenga OAB richag orqali Q kuch qo’yiladi. Richag qo’l yoki dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Kichik 1-rasm. Gidropressning sxemasi porshen kuch ta’sirida pastga qarab siljiydi va suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim katta porshenga uzatiladi va natijada katta porshen harakatga keladi, stol ustidagi buyum D devorga taqalguncha siqiladi. OAB richagning B uchiga Q kuch qo’yilgan bo’lsa, u holda kuch momenti quyidagiga teng; Bu tenglamadan kichik porshenga ta’sir qiluvchi kuchni topamiz: U holda kichik porshen ostidagi suyuqlik bosimi: Katta porshen ostidagi bosim esa: (1) bu yerda h – porshenlar ostki sirtlari orasidagi geometrik balandlik. Natijada katta porshenga ta’sir qiluvchi kuch quyidagicha topiladi: (2) Ko’p holda gidropresslarda gidrostatik bosim juda katta bo’lgani uchun ni hisobga olmasa ham bo’ladi, y’ani: (3) Bu keltirilgan sxema soddalashtirilgan bo’lib haqiqiy gidropresslarda juda ko’p yordamchi qismlarga ega. Hozirgi vaqtda mavjud gidropresslarda 25000 t gacha kuch hosil qilishi mimkin. Download 53.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling