3 ma'ruza. Gidrostatik mashinalar
Arximed qonuni. Jismlarning suyuqlikda suzishi. Suzuvchanlik
Download 53.44 Kb.
|
3-mavzu.Gidravlika. (3)
6. Arximed qonuni. Jismlarning suyuqlikda suzishi. Suzuvchanlik.
Arximed qonuni quyidagicha ifodalanadi: Suyuqlik botirilgan jismga siqib chiqaruvchi kuch ta'sir qilib, bu kuchning kattaligi botirilgan jism siqib chiqargan suyuqlik og’irligiga teng bo`ladi . 7-rasm. Arximed qonuniga doir chizma. Suyuqlikka V hajmli jism botirilgan bo’lsin (7-rasm). Unga ta’sir etuvchi kuchlar quyidagilar bo’ladi: 1 Jismga yuqoridan ta’sir etuvchi bosim kuchi , 2. Jismga pastdan ta’sir etuvchi bosim kuchi , 3. Pastga yo`nalgan og`irlik kuchi , 4. Jismga yon tomonlaridan ta’sir etuvchi kuch PH (10) Shunday qilib, jismni siqib chiqarishga harakat qilayotgan kuch jism siqib chiqargan suyuqlikning og`iriligiga teng ekan. Jismlarning suyuqlik sirtiga qalqib chiqishiga yoki suyuqlik ichida suzib yurishi yuqorida qayd qilingan kuchlarning o`zaro nisbatiga bog’liq.Bu kuchni ko`taruvchi kuch deb yuritiladi: va HS=V ekanligini hisobga olsak,teng ta’sir etuvchi kuch . (11) Formuladan jismlarning suyuqlikda suzuvchanligi,ya’ni ma’lum yuk bilan suzib yurish qobilyati to`g`risida xulosa qilishimiz mumkin. Har qanday qalqib yuruvchi jism suzuvchanlik zonasiga ega bo`lib, bu uning suzib yurishini ta’minlaydi; 1. Agar bo’lsa, ya’ni jismning solishtirma og’irligi suyuqliknikidan kam bo’lsa, ko’taruvchi kuch R musbat bo’ladi (yuqoriga yo’nalgan). Bu holda jism suyuqlik sirtida qalqib yuradi. 2. Agar bo’lsa, ya’ni jism bilan suyuqlik solishtirma og’irliklari teng bo’lsa, u holda R = 0, ya’ni jism suyuqlik ichida suzib yuradi. 3. Agar bo’lsa, u holda ko’taruvchi kuch manfiy (pastga yo’nalgan) bo’ladi va jism suyuqlik tubiga cho’kadi Download 53.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling